Ekspert tizimlari



Download 1,29 Mb.
bet4/5
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#796480
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekspert tizimlari

Bilimlar bazalari. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar oralig‘idagi mantiqiy bog‘liqni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoida-lar egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda nima qilish kerakligini belgi-laydi va u ikki qismdan iborat bo‘ladi:
  • Birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shart-sharoit. Ikkinchisi, agar sharoit bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilish kerak bo‘lgan xatti-harakat.
  • Ekspert tizimida foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil etadi. Bu tizim oddiy tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalarni o‘z ichiga oladi.
  • Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim bo‘yicha mutaxassisning) malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada o‘xshash-lik bilan bir yoki bir necha semantik modellar yordamida ifodalanishi mumkin.
    • Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum hatti-harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga ham uning muammolarini echish variantlari taqdim etiladi.
    • Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi: ma’lumotlar bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki.
    • Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni paytda reja, jismoniy, hisob-kitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari muxim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi
    • Tizimni yaratish moduli. U qoidalar to‘plamini yaratish uchun xizmat qiladi.
    • Tizimni yaratish modulining asosi bo‘lgan ikkita yondoshuv mavjud: das-turlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va ekspert tizimi qobig‘idan foydalanish.
    • Bilimlar bazasini tasvvur etish uchun maxsus lisp va prolog tillari ishlab chiqilgan, garchi bundan boshqa har qanday ma’lum algoritmik tildan foydalanish mumkin bo‘lsa ham.
    • Ekspert tizimi qobig‘i. Tegishli bilimlar bazasini yaratish orqali ma’lum bir muammoni hal etishga moslashgan tayyor dasturiy muhitni ifodalaydi. Ko‘pgina hollarda qobiqdan foydalanish dasturlashdan ko‘ra tezkor va osonroq tarzda ekspert tizimini yaratish imkonini beradi.
    • Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish mumkin:
    • erishilgan puxta bilim, asos yo‘qolmaydi, u hujjatlashtirishi, uzatilishi, ijro etilishi va ko‘payishi mumkin;
    • nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa ishonchsiz omillar bo‘lmaydi;
    • tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past. Umuman qiyoslaganda esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq tushadi.
    • YAngi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi ekspert tizimining kamchiligidir. Ko‘p hollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar o‘rnini bosa oladi, ammo ba’zan past malakali ekspertga muhtojli joylar ham bo‘lib turadi. Ekspert tizimi eng oxiridagi foydlanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
    • Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan.
    • Bashoratlovchi ekspert tizimlari o‘tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak ssenariysini oldindan aytib bermog‘i, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak. Buning uchun bashoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik parametrik modellar qo‘llaniladi.
    • Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan hodisalarning normal emasligi sabablarini topish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar to‘plami tahlil uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular yordamida etalon hatti-harakatdan chetlanish aniqlanadi va tashhis qo‘yiladi.
    • O‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan sohada tashhis qo‘yish va tahlil etish imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xatti-harakat to‘g‘risidagi farazni yaratish, tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlash talab etiladi.
    • Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:
    • tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
    • ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli sohaning mavjudligi;
    • ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada echimlar o‘xshash-ligining bo‘lishi;
    • muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo‘lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
    • masalani echish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;
    • predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qo‘llash.

    Download 1,29 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish