Nomzodning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: • nomzodni attestatsiyadan o'tgan deb e`tirof etish va unga guvohnomani berish;
• nomzodni attestatsiyadan o'tmagan deb e`tirof etish va unga guvohnomani berishni rad etish.
Attestatsiya natijalari komissiya a`zolari orasida ovoz berish jarayoni tamom bo'lgandan keyin darhol e`lon qilinadi.
Komissiya qaroridan norozi bo'lgan nomzodlar attestatsiya natijalari e`lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida Apellyatsiya komissiyasiga ariza (shikoyat) bilan murojaat qilishlari mumkin.
Guvohnomaning amal qilish muddati — 3 yil. Guvohnoma blankalari qat`iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega bo'ladi.
O‘zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining “Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017 yil 20 iyundagi 411-sonli Buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 21 iyuldagi 2899-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Nizomga asosan, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar xar uch yilda bir marotaba suhbat shaklida attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiyadan ijobiy natijalar bilan o‘tgan nomzodlarga attestatsiyadan o‘tganlik haqida guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Ushbu buyrug‘ e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
O’zstandar” agentligi O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo’yicha milliy organi bo’lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi:
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar sertifikatlanishini o’tkazish bo’yicha xalqaro me’yorlar va standartlar bilan uyg’unlashgan umumiy qoidalar hamda tartiblarni o’rnatadi;
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo’yicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko’rib chiqish uchun taqdim etadi;
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo’shilish haqidagi qarorlarni qabul qiladi hamda standartlashtirish natijalarini o’zaro tan olish xususida kelishuvlar tuzadi;
O’zga davlatlar bilan o’zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda sertifikatlanishi majburiy bo’lgan mahsulotlar ro’yxatini belgilaydi;
Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlar olib borishni Sinovlar va sertifikatlashtirish Respublika markazi (hududiy bo’linmalari bilan) va bir xildagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditatsiyalangan organlar amalga oshiradi. Sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va rahbarlikni moslikni tasdiqlash sohasidagi texnikaviy siyosatni boshqarish boshqarmasi amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasining milliy muvofiqlik belgisi