Eksperimentlarni loyihalashtirish


Ko’p darajali eksperimentlar



Download 28,44 Kb.
bet4/8
Sana17.05.2023
Hajmi28,44 Kb.
#940034
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Eksperimentlarni loyihalashtirish

Ko’p darajali eksperimentlar – bu uch yoki undan ortiq darajali bir o’zgaruvchi bilan o’tkaziladigan eksperimentlardir. Ayrim tadqiqotchilar ko’p darajali eksperimentlarni funktsional eksperimentlar deb ham ataydilar, chunki ular sizga mustaqil va tobe o’zgaruvchilarni bog`lovchi funktsiyalarning xususiyati haqida muayyan tasavvur hosil qilish imkonini beradi.


Afzalliklari

Ko’p darajali eksperimentning afzalligi asosan shu bilan belgilanadiki, uning natijalari bizga eksperimental aloqaning xususiyati to’g`risida bir to’xtamga kelish uchun imkoniyat yaratadi. Hatto eksperiment faqat uch darajaga ega bo’lgan holda ham u baribir bizga aloqa haqida ikki darajali eksperimentga qaraganda yaxshiroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi.


Biz talabaning tashvishlanish darajasi imtihon ballariga qanday ta`sir ko’rsatishini bilmoqchimiz, deb faraz qilaylik. Biz umumiy psixologiyani o’rganayotgan talabalarning ikki guruhini olishga va ikki darajali guruhlararo mezonni qo’llashga qaror qilamiz. 1-guruhda o’qituvchi har bir jiddiy imtihon oldidan talabalarga fakultetni muvaffaqiyatli tamomlash uchun baholarning muhimligi haqida gapirishga besh daqiqa vaqt sarflaydi. U o’qishni eng Yuqori baholar bilan bitirgan talabalar eng yaxshi ishni olishlarini, ilmiy darajaga ega bo’lgan bitiruvchilar ko’proq pul ishlab topishlarini va hozirgi vaqtda universitetga qabul qilingan talabalar soni me`yordan ortiq ekanini tushuntiradi.
2-guruhda ham o’qituvchi har bir imtihondan oldin besh daqiqali suhbat o’tkazadi. Bu suhbatda u talabalarga yuqori ball olish materialni o’zlashtirish bilan teng darajada muhim emasligini eslatadi. U talabalarga o’n yildan keyin mazkur imtihonda qanday ball olganlarini ular baribir eslay olishmasligini aytib o’tadi. Biz ko’proq potentsial aralashuvchi o’zgaruvchilarni, chunonchi: o’qish yili, imtihonning og`irligi va guruhga berilgan yo’l-yo’riqlarni puxta nazorat qilamiz. Pirovard natijada biz imtihon ballaridagi farqlarni suhbat tufayli paydo bo’lgan xavotirlanish darajasiga bog’lash mumkin, degan qarorga kelamiz. Birinchi nutq talabalarda Yuqori darajada xavotirlanish, ikkinchi nutq esa – pastroq darajada xavotirlanish paydo qiladi, deb faraz qilsak, biz 9.3-rasmda ko’rsatilgan natijalarni olishimiz mumkin.



O’rtacha imtihon balli

Past

Baland

Xavotirlanish darajasi

26-jadval. Ikki darajali eksperimentning o’ylab topilgan natijalari; bunda talabalarning xavotirlanish darajasi o’zgartiriladi va ularning o’rtacha imtihon balli baholanadi.


Hozirgi vaqtda biz haqiqatga ayniqsa yaqin bo’lgan quyidagi farazni ilgari surishimiz mumkin: tashvishlanish darajasi va o’rtacha imtihon bali bir-biri bilan umuman bog`liq emas; ikki nuqta orqali o’tkazilgan to’g`ri chiziq qat`iy gorizontal. Biroq, biz ko’p darajali mezonni tanladik va xavotirlanishning uchinchi darajasi – neytral darajani qo’shdik deb faraz qilaylik. Bunda o’qituvchi besh daqiqali nutq so’zlab, talabalarga imtihonni o’tkazish tartibining ayrim ikir-chikirlarini eslatib o’tishi nazarda tutiladi. 9.4-rasmda bu ko’p darajali eksperiment uchun o’ylab topilgan natijalar ko’rsatilgan.



O’rtacha imtihon balli

Past Neytral Baland

xavotirlanish darajasi

27-jadval. Uch darajali eksperimentning o’ylab topilgan natijalari; bunda talabalarning xavotirlanish darajasi o’zgartiriladi va ularning o’rtacha imtihon bali baholanadi.


Agar ma`lumotlar qiymatlarining uchinchi nuqtasini belgilasak, amalda xavotirlanish darajasi va imtihon ballari o’rtasida muhim aloqa mavjudligini ko’ramiz. Biroq, shunga qaramay, mazkur funktsiya grafigining aniq shakliga nisbatan ayrim shubhalar saqlanib qoladi. Aftidan, 9.4-rasmda ko’rsatilgan uch shakldan istalgan biri mavjud bo’lishi mumkin va psixologik funktsiyalarning aksariyati keskin bukilishlarga ega emasligi va yo’nalishni keskin o’zgartirmasligi bois, biz boshqa aloqalar to’plamining mavjudlik ehtimoli ozligini bilamiz. Ko’rib turganingizdek, qiymatlarning uchinchi nuqtasi bizga eksperimental aloqa xususiyati haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. O’z eksperimentimizga yangi darajalarni qo’shish orqali biz mustaqil va tobe o’zgaruvchilar o’rtasidagi haqiqiy funktsional aloqa to’g`risida yanada aniqroq xulosalar chiqarishimiz mumkin. SHuningdek biz o’z qiymatlar nuqtalarimizdan kelib chiqib interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya amallarini yanada ishonch bilan bajarishimiz mumkin. Bu misolda biz qo’shgan neytral guruh nazorat guruhi sifatida qaralishi mumkin, chunki ayni holda o’qituvchi xavotirlanish darajasiga ta`sir ko’rsatishga aslo harakat qilmagan. Bu erda o’qituvchi aytilgan so’zlarning birortasi xulq-atvorga ta`sir ko’rsatgani yoki ko’rsatmaganini aniqlashga turtki beradigan biron-bir gapni aytmaydigan yana bir nazorat guruhini qo’shish mumkin. Ko’p darajali eksperimentlar bunday moslashuvchanlikni ta`minlaydi.


Bu misol ko’p darajali eksperimentning ikkinchi afzal jihatini ham namoyon etadi: odatda, qo’shilgan darajalar qancha ko’p bo’lsa, mustaqil o’zgaruvchining o’zgarish (qamrov) doirasi qiymati shuncha oz bo’ladi. O’z-o’zidan ravshanki, eksperimentda mustaqil o’zgaruvchilarning darajalari ko’p bo’lsa, ko’rsatib o’tilgan talablarning ikkalasini ham bajarish oson bo’ladi.

Download 28,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish