Y = 0 + 1 x1+ 2 x2 +... + nxn (6.2)
Bunda: n -regressiya koeffitsienti, xn -eksperiment jarayonida o‘zgartirish mo‘ljallangan faktorlar.
Eksperiment natijasida regressiya koeffitsentlarining sonli qiymatlari topiladi va xar bir faktorni, uni maqsad funksiyasiga ta`siriga ko‘ra muximligi aniqlanadi.
Jarayon yoki ob’ektga ta’sir etuvchi faktorlarni tanlash qabul qilingan ishchi gipotezaga muvofiq nazariy ishlanmalarni taxlil qilish asosida amalga oshiriladi. Barcha faktorlar mazkur eksperiment uchun avval muximlik darajasiga koʻra saralanadi, soʻngra ulardan asosiylari va yordamchilari ajratiladi.
Faktorlar soni uncha koʻp boʻlmaganda ularning muximlik darajasi bir faktorli eksperiment boʻyicha aniqlanadi. Agar faktorlar soni katta boʻlsa, koʻp faktorlik taxlil qoʻllaniladi.
Oʻlchash vositalari eksperimentning maqsad va vazifasidan, oʻlchanadigan parametrlar tavsifi va talab etilayotgan aniqlikdan kelib chiqib tanlanadi. Qoidaga koʻra, standart, yalpi ishlab chiqiladigan oʻlchash vositalaridan foydalaniladi. Ayrim xollarda kamyob oʻlchovlar asbob va uskunalari bunyod etiladi.
Eksperiment oʻtkazishning mazmun va tartibi – uslubiyotning markaziy qismi boʻlib, unda eksperiment oʻtkazish jarayoni toʻla quyidagicha loyixalanadi:
- kuzatish va oʻlchash operatsiyalarini oʻtkazish ketma - ketlikda tuziladi;
- ekperiment oʻtkazishning tanlangan vositalarini xisobga olgan xolda xar bir operatsiya ayrim- ayrim mufassal tavsiflanadi;
- operatsiyalar sifatini nazorat qilishda qoʻllaniladigan usullar tasvirlanadi;
- kuzatish va oʻlchash natijalarini yozish uchun daftar tutiladi.
Eksperimental ma’lumotlarni ishlab chiqish va taxlil qilish usullarini asoslash uslubiyotining muxim boʻlimi xisoblanadi.
Eksperimentlarning natijalarini namoyish etish koʻrgazma shakliga keltirilishi lozim (jadvallar, grafik, nomogrammalar va x. k.). Toki ularni qiyoslash va taxlil qilish mumkin boʻlsin. Aloxida e’tibor ishlab chiqish matematik usuli – empirik bog’liqlik, faktorlar va chiqish parametrlari oʻrtasidagi aloqa approksimatsiyasi, mezonlar, ishonchli intervallar oʻrnatish va boshqalarga qaratiladi.
Eksperiment uslubiyoti ishlab chiqilgandan soʻng eksperimental tadqiqot xajmi va mexnat talabligi aniqlanadi. Ular nazorat ishlanmalar chuqurligi va qabul qilingan oʻlchash vositalari tavsifiga bog’liq. Tadqiqotning nazariy qismi qanchalik aniq ifodalangan boʻlsa, eksperiment xajmi va mexnat talabligi shuncha kam boʻladi.
Eksperiment ishlari tasdiqlangan dastur va eksperiment uslubiyotiga muvofiq oʻtkaziladi. Eksperimentni boshlashdan oldin sinovlarni oʻtkazish uslubiyoti va ketma - ketligi tugal aniqlanadi.
Eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish jarayonida quyidagi qator asosiy qoidalarga rioya qilish lozim:
- eksperimentchi oʻlchash natijalariga sub’ektiv ta’sirga yoʻl qoʻymay tadqiq etilayotgan jarayon yoki ob’ekt parametrlarining barcha tavsifini toʻg’ri qayd etishi lozim;
- eksperimentchi extiyotsizlikka yoʻl koʻyishi mumkin emas, chunki bu xol koʻpincha katta xatolik va soxtalashtirish oqibatida eksperimentlarni takrorlashga olib keladi;
- eksperimentchi kuzatish va oʻlchash daftarini albatta yuritishi kerak, uni taritibli va xech qanday tuzatishlarsiz toʻldirib borishi lozim;
- eksperiment jarayonida boshqaruvchi oʻlchash vositalari ishini, ular toʻgʻri koʻrsatayotganligini va qurilma, jixoz, stend va xokazolar ishi barqarorligini, atrof muxit xolatini muntazam kuzatishi, ish zonasiga begonalarini kiritmasligi shart;
- eksperimentchi o‘lchov vositalarini, ular to‘gʻriligini nazorat qilgan xolda ishchi tekshiruvini muntazam o‘tkazishi kerak;
- o‘lchashlar u o‘tkazish bilan bir vaqtda bajaruvchi natijalarni dastlabki ishlab chiqish va taxlil qilishni u o‘tkazishi lozim. Bu tadqiq etilayotgan jarayonni nazorat qilish, eksperimentni to‘g‘rilash, uslubiyotni yaxshilash va eksperiment samaradorligini oshirishga imkon beradi;
- eksperimentchi texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘riqnomalar talabiga amal qilishi lozim.
Yuqorida qayd etilgan barcha qoidalarga ishlab chiqarish eksperimentini o‘tkazayotganda amal qilish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |