natijada ko’rish va eshitish qo’zg’atuvchilarining ayrim
xususiyatlariga nisbatan
javob reaksiyasini beradi. Mazkur neyronlar har qanday qo’zg’atuvchilarni
kuchayishida emas, balki kuchsizlanishida ham aktiv harakatni yuzaga keltiradi.
Bu holatni o’rgangan kanadalik neyrofiziolog Djasper yuqorida ta’kidlab
o’tilgan xususiyatlarni nazarda tutib, bu neyronlarni «yangilik neyronlari» yoki
«diqqat katakchalari» deb nomlashni tavsiya qiladi. Uning fikricha, xayvonlarning
signal kutish labirintdan chiqish yo’lini qidirishda, po’stning xuddi shu oblastlarida
neyronlarning 60 foizi paydo bo’lib, aktiv razyadiga aylanadilar.
Agarda hayvonlarda tayyorgarlik holatini boshqarishda limbik oblastning
medial bo’linmasi va bazal boylamlari muhim rol’ o’ynasa, insonlarda esa
murakkab faoliyat shaklsining asosiy markazi miyaning peshona (manglay)
qismlari hisoblanadi.
Ingliz fiziologi Grey Uolter o’z tadqiqotlarida aktiv kutish (masalan,
sinaluvchining 3 yoki 5 signalni kutishi va unga javob tariqasida knopkani bosishi)
holatining har qaysisi miyaning peshona qismida elektr tebranishni paydo qilishini
va ular «kutish to’lqinlari»dan iborat ekanligini dalillaydi. Kutilayotgan signalning
namoyon bo’lish imkoniyati ortganda bu to’lqinlar
nisbatan kuchayadi,
signallarning ehtimoli pasayganda esa, ular kuchsizlanadi yoki butunlay yo’qoladi.
Ushbu holat vujudga kelsa, signal paydo bo’lishini kutish ko’rsatmasi
(instruksiyasi) bekor qilinadi.
Miya
po’stini peshona qismining aktivlik holatini boshqarishda
(regulyatsiyasida) qanday rol’ o’ynashini dalillovchi tajriba M. N. Livanov
tomonidan o’tkazilgan. M. N. Livanovning
guvohlik berishicha, har qaysi aqliy
zo’r berish (matematik topshiriqlarni yechish paytida) miyaning peshona qismida
ko’p miqdorda sinxron tarzda ishlovchi nuqtalarni vujudga keltiradi,
bu holat
topshiriq yechib bo’lgunga qadar saqlanadi, keyin o’z-o’zidan g’oyib bo’ladi. Miya
po’stining peshona qismidagi sinxron tarzda ishlovchi punktlar barqaror
xususiyatga egadir.
YUqoridagi fikrlarga asoslangan holda shunday xulosaga kelish mumkin.
Miyaning peshona qismi qo’zg’ovchini vujudga keltirishda muhim ahamiyatga
ega, chunki odamda aktivlik holatining o’zgarishi unga bevosita bog’liqdir.
SHuning uchun hayvon yoki odam miya po’stining limbik oblastidagi
qo’zg’ovchilarning kuchayishi tushuvchi retikulyar formatsiya to’qimalari bo’ylab
harakat qiluvchi impul’slar manbai hisoblanadi.
Jahonning yirik neyrofiziologlarining
aksariyati, miya po’stining qismlarini
qo’zg’atish miya stvoli yadrosining elektr faoliyatida bir qator o’zgarish yasaydi va
bular, o’z navbatida, oriyentir refleksini jonlanishga olib boradi,
degan xulosaga
kelishgan.
Tadqiqotchi S. N. Narikashvilining tajribasida bosh miya po’stining orqa
qismlarini qo’zg’atish natijasida ko’rish tizimsining ichkari bo’limlarining javob
reaksiyasida ham keskin o’zgarishlar yuzaga kelishi ko’zatilgan. Miya po’stining
sensomotor qismini qo’zg’atish bilan harakat tizimsining po’stosti bo’limlari
faoliyatini susaytirish yoki kuchaytirish mumkin. Ba’zi bo’limlarni qo’zg’atish
oriyentir refleksi tarkibiga kiruvchi xulq reaksiyalari paydo bo’lishiga olib keladi.
YUqoridagi fikrni tasdiqlovchi tajriba Ernandes Peon tomonidan
o’tkazilgan. Uning tadqiqotida miya po’stini qo’zg’alish o’chog’ining kuchayishi
tushuvchi retikulyar shaklsiya orqali o’tib butun stvol bo’ylab tarqalgan. Tajribada
mushukning oyog’i ostiga sichqon
yoki baliq tashlanganda, ularni xidlab ko’rsa,
«shilq»etgan ovozga javob beruvchi eshitish nervi yadrosining aktiv elektr
razryadlari yo’qolgan. Bu dalilning ko’rsatishicha, bosh miya po’stida qo’zg’alish
o’chog’ining vujudga kelishi miya stovoli faoliyatini to’sish yoki aktivlik holatini
boshqarish (regulyatsiya qilish) imkoniyatiga ega.
SHunday qilib, bosh miya katta yarim sharlari po’stini uning stvoli bilan
ikkiyoqlama bog’lab turuvchi ko’tariluvchi va tushuvchi retikulyar tizim tanlab
aktivlashtiruvchi ta’sirga ega bo’lib, organizm aktivatsiyasining
yuksak shaklsi
bilan insonning ongli (mahnat, o’qish, kasbiy) faoliyatini ta’minlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: