Kuzatish usullari
Kuzatuv - tadqiqotchining hodisa va sharoitlarini byevosita to’g’ridan to’g’ri qayd etish yo’li bilan birlamchi ijtimoiy axbarot yig’ish usulidir. Kuzatish voqyealikdagi narsa va hodisalarini muayyan maqsadga muvofiq qaratilgan hissiy bilish usulidir. Kuzatish harakat, o’zgarish va rivojlanishdagi ma’lum ob’yektni tabiiy sharoitda u qanday bo’lsa shu holicha diqqat bilan byelgilangan vaqt ichida, ma’lum maqsad asosida ko’zdan kyechirib borishdir. Kuzatishning qay darajada bo’lishi qo’yilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va hodisalar haqida oldindan bilimga ega bo’lishga bog’liqdir. Kuzatishda sub’yekt asboblaardan foydalanadi. Asbob kuzatish darajasini kyengaytiradi, kuzatilayotgan narsani idrok qilish qobilyatini kuchaytiradi. Kuzatish byevosita (asbobsiz) yoki vositali (asbob bilan) olib boriladi. Kuzatish jarayonida sub’yekt ob’yektning miqdor va sifat jihatlarini in’ikos ettiradi va aniqlab oladi. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda kuzatish dastlabki empirik ma’lumotlarni yig’ish usuli bo’lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o’ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo’ladi. Bu usuldan fodalanishning o’ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borayotgan ob’yektidan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy ma’lumotlar ob’yektiv va xolis, hayotiy bo’lish bilan o’zining ilmiy qiymatiga egadir. SHu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma’lumotlarda sub’yektiv jihatlar ham bo’lishi mumkin. CHunki, ijtimoiy psixologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqyealikka, jarayonga nisbatan qanday munosabatda bo’lishi va qay yo’sinda tavsiflashi asosida boradi. Kuzatish usulining yana bir muhim o’ziga xos jihati: uning muayyan darajada chyegaralanganligi bo’lib, ko’pincha tadqiqot etilayotgan voqyealikni qayta kuzatish imkoniyati bo’lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundaki, kuzatish orqali tadqiqotchini qiziqtirgan savolga kuzatuvchining fikir va hukumni bilish juda qiyin. Barcha hollarda kuzatish hozircha so’z bilan ifodalanadi. Ammo, Ba’zi xulqiy ehtirosli munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so’z orqali ifodalash qiyin bo’ladi. Kuzatish jarayoning xaraktyeriga qarab uning quyidagi tipalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |