Eksperimental psixologiya


Tanlov majmuasining hajmini byelgilash



Download 3,03 Mb.
bet36/137
Sana18.02.2022
Hajmi3,03 Mb.
#452777
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   137
Bog'liq
ekspremental

Tanlov majmuasining hajmini byelgilash.
Bu masala butun bir tanlov nazariyasining muhim sharti hisoblanadi. Bir tomondan, tanlov majmuasi hajmi aniq ma’lumotlar to’play olish uchun «Statistik talab» da ya’ni ancha katta bo’lishi kyerak. Ikkinchi tomondan, optimal ma’noda «tyejamkor» bo’lmog’i maqsadga muvofiq.
Xo’sh, bunda eng ko’p mye’zonlar qaysilar? Matyematiklarning ta’kidlashicha, yuqoridagi omillarga bosh majmua xususiyatlarining miqdor jihatlari, aniqrog’i ularning dispyersiyalari kiradi. Uning dispyersiyalari qancha katta bo’lsa, tanlov majmuasi shunchalik katta hajmda bo’lishini talab qiladi. Buni 1 misol orqali yoritamiz. Aytaylik, biz 2000 kishilik bosh majmuadan tanlov o’tkazish uchun tanlov majmuasining jinsiga ko’ra tarkibini aniqlaymiz va bunda tanlov majmuasining 70% erkaklar, 30%ni ayollar tashkil etadi.
Ehtimollik nazariyasiga muvofiq, har bir o’nlik sondagi ryespondyentlar orasida taxminan 3 ta ayol to’g’ri kyeladi. Agar bizga 90 ayolni so’roq qilishimiz kyerak bo’lsa, unda yuqoridagi proportsiyaga asosan, kamida 300 kishini tanlab olishimiz kyerak bo’ladi.
Psixolog bosh majmua to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lmasa, tanlov majmuasining hajmi formulalar yordamida aniqlanadi. Bunday paytda psixolog-amaliyotchining ko’p yillik tajribasiga tayanish mumkin. U dastlabki so’roq uchun odatda tanlov majmuasiga 100-250 kishini tanlab olishi lozim. Kyeyingi bosqichlarda bosh majmua tarkibi 5000 kishidan iborat bo’lsa, tanlov jarayonida tanlov majmuasini hajmi 500 kishini, ya’ni bosh majmua tarkibining 10% ni tashkil etishi talab etiladi.
Bir qator tanlov birliklari orasidan biz faqat bitta aniqrog’ini tanlab olamiz. Tanlov majmuasidagi 2 xil jins vakillari soni orasidagi tafovut maksimal darajada bosh majmua tarkibiga nisbatan yaqin bo’lishi kyerak (40% ayollar, 60% erkaklar)
Agar bu foizlarning og’ish darajasi 5%ni (ya’ni kyeltirilgan kattaliklar tanlov majmuasi tarkibida 37% va 63% yoki 42% va 58%va h. tashkil etsa, u holda tanlov majmuasining ryepryezyentativligini byelgilaydi, undagi ba’zi xatoliklar esa tasodifiy dyeb qaraladi. Bunday tasodifiy xatoliklar qatoriga tanlov majmuasining aniqligini buzuvchi xatoliklarni aralashtirib yuborish kiradi. ( -ayollar –60%, erkaklar40%). Bu xatolik tufayli yuqoridagi 5% li farq qiluvchi tanlov majmuasidan noaniq natijalarni kyeltirib chiqaradi.
Aralashtirib yuborish xatosi quyidagi oqibatlarga olib kyeladi:
-bosh majmuaning xususiyat ko’rsatkichlari to’g’risida noto’g’ri statistik ma’lumotlar to’plash;
-tanlov majmuasini juda kichik hajmda byelgilash;
-kuzatuv birliklarini tanlashda noto’g’ri usulni qo’llash (masalan, noto’g’ri tuzilgan ro’yxatga asoslanib tanlash, so’rov o’tkazilayotgan vaqt va joyni to’g’ri tanlamaslik).
Xatolikning katta yoki kichikligini matyematik formulalar orqali aniqlashning iloji yo’q. SHuning uchun ular avtomatik tarzda ijtimoiy psixologik tadqiqot natijalari va xulosalariga ko’chadi. Bu narsa kuzatuv birliklarini tanlashda maxsus qoidalarga amal qilish o’ta muhimligidan darak byeradi.
Bu kabi xatoliklarni oldini olish uchun bosh majmua tarkibi to’g’risida oldindan olingan ma’lumotlar ham qo’l kyeladi. Bunday ma’lumotlar manba bo’lib qaydnomalar ro’yxati hujjatlari, ekspyert so’rovnomalari, davlat statistika organlari ma’lumotlari, hamda shu ob’yekt miqyosida ilgari o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari hujjatlari ximat qiladi.

Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish