V. Vundt Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt (1832-1920 y.)ning ishlari katta aham iyatga ega bo’ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va oz-o’zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. Vundt eksperiment va o’lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani izohli fanga aylantirishni maqsad qilib quydi. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo’lib qolgan bir qancha metodlarni, ya`ni kuzgatish metodi, ifodalash metodi va reakciya metodlarini kashf etdi ham da rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi. Oradan kup vaqt o’tmasdan (1881 y.) u Berlin universiteti xuzurida eksperimental psixologiya institutini tashkil qildi. Vundt shug’ullangan masalalardan biri usha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita xar xil kuzgatkichga to’plash mumkin emasligi xaqidagi masala edi. Bu xodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda aloxida mayatnik ish uylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo’lingan yoy atrofida xarakatlanadi va xar bir ma`lum vaqtdan keyin shingirlaydi. Bu psixologik elementlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi. Ilmiy (izoxli) psixologiyani oyoqqa turgizish uchun Vundt qo’shimcha vosita sifatida yondosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, etnografiya, tarix, mifologiya va boshqa fanlardan olingan ma`lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi. Leypcig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa universitetli shaxarlarida ham , shuningdek boshqa mamlakatlarda ham , jumladan Franciya, Angliya va Amerikada laboratoriya ham da institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911 yil Moskva universiteti xuzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov raxbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Xozirgi vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Professor A. F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning aloxida turi – tabiiy eksperimental ishlab chiqarilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o’rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda. Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta`sir ko’rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlash qiyin bo’lgan yoki butunlay mumkin bulmagan ko’p ma`lumotlar aniqlandi, ayrim psixik xodisalar o’rtasidagi bog’lanishlar aniqlangan, psixik processlardagi, ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira soxasidagi ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan. Eksperimental analiz yo’li bilan murakkab psixik processlar (idrok, xotira, tafakkur)ning aloxida komponentlari tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik processlarning fiziologik xodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muxit hamda ijtimoiy muxit bilan bo’lgan bog’lanishlari ochilgan. Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanish praktik faoliyatning turli soxalarida – o’quv tarbiya ishlarida, medicinada, mexnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud ishlarida, san`atda juda ko’p foyda keltiradi. XIX va ayniqsa XX asrlarda psixologiya faqat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predmeti, ya`ni urganadigan vokelik soxasi kuchli ravishda kengaydi, bu fanning aloxida yangi soxalari paydo bo’ladi va shakllanadi, yangi, yanada samaraliroq tekshirish metodlari kashf qilinadi. Psixologiyaning bergan ma`lumotlaridan amaliy faoliyatning turli soxalarida foydalanila boshlaydi. Ayni vaqtda, XIX va XX asrlarda idealizm bilan materializm o’rtasidagi kurash yanada chuqurlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |