O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Urganch Davlat Universiteti Amaliy psixologiya yoʻnalishi(sirtqi) 213-guruh talabasi Djumaniyozova Lolaxonning eksperimental psixologiya fanidan tayyorlagan slayd-taqdimoti
Mavzu:
Eksperimental muomala,eksperimentator va uning shaxsi va faoliyati.
REJA:
1.Eksperimental metod.
2.Eksperimental muomala.
3.Eksperimentator shaxsi va faoliyati.
Psixologiya fanida ekspriment metodining tabiati toʻla toʻkis aks etgan yoʻriqnoma deyarli yoʻq boʻlishi ham mumkin emas.Uni bir martadayoq butunlay oʻrganip boʻlmaydi.
Eksperimentni oʻtkazish bir vaqtning oʻzida oʻta murakkab va shu bilan birga qiziqarli,ijodiy jarayondir.Eksperimentni oʻtkazish tadqiqotchidan kasbiy mahorat va oʻtkazish texnikasidan xabardor boʻlishni talab etadi.Har qaysi eksperimentning muvaffaqiyatli psixologik tadqiqoni oʻtkazishda quyidagi talablarni amalga oshirishni taqozo etadi.
1.Eksperimentni rejalashtirish:
-tadqiq qilinayotgan psixologik faoliyatga tasir etuvchi omillarning koʻpligini hisobga olish;
-ushbu psixologik faoliyatga kompleks tasirni taxlil qilish;
-yechimini kutayotgan masalalarning murakkabligini hisobga olish;
-beriladigan xulosalarning oqibatini chamalap koʻrish;
-psixologik faoliyat matematik-statistik va taxminlar nazariyasi metodlari yordamida amalga oshiriladi.
2.Tashqi muhitning tasirini maksimal oʻrganip chiqish maxsus moslashtirilgan xonalar (labaratoriya) boʻlishini talab qiladi.Labaratorya tashqi shovqin-suronlardan holi boʻlib,shovqin oʻtkazmas xona hisoblanadi.Bu xona sanitar-gigienik,texnik,psixologik talablarga mos boʻlishi shart.
3.Texnik jixozlanish(apparatura) eksperimentni aniq tashkil qilishga imkon beradi.Lekin qoʻyilgan ilmiy vazifalarni amalga oshirishning muvaffaqiyati texnik vositalarga bogʻliq boʻladi.
4.Tekshiruvchilarni saralash,tadqiqotning vazifalari va metodikasidan kelip chiqadi.Oʻrganilayotgan jarayonga nisbatan tekshiriluvchilarni deyarli sifat xarakteristikasi jihatdan bir xillari saralanadi.
5.Tadqiqotchi har qanday eksperimentning borishida bevosita va faol ishtirokchi hisoblanadi. Uning tashqi koʻrinishi,xarakteri,nutqi va xulq- atvori, temperamenti,kayfiyati va koʻpgina mayda ikir chikirlar,tekshiriluvchilarga emotsional munosabati ham real eksperimentga oʻz tasirini oʻtkazadi.
6.Tekshiriluvchilarning diqqatiga qaratilgan yoʻriqnoma ham ekperimentning muhim qismi hisoblanadi.Aynan yoʻriqnoma tekshiriluvchini tadqiqot vazifasi bilan tanishtirip,unga aniq tayyorlanish imkonini beradi va uning faoliyatiga aniqlik kiritadi.
Amerikalik psixolog R Rozental bu hodisani grek afsonasi personaji nomi bilan "Pigmalion hodisasi" deb ataydi (haykaltarosh Pigmalion ajoyip qiz Galateyaning haykalini yasaydi.U shunchalik goʻzal ediki,Pigmalion Galateyaga oshiq boʻlib qoladi va xudolardan haykalga jon berishlarini iltijo qilib soʻraydi.Xudolar uning iltijolariga quloq soladilar va qizga jon kiradi).
Tadqiqotchining kutganlari tajriba natijalarini yozib borishiga ham tasir koʻrsatadi.Masalan, Kennedi va Ipxoff tajriba natijalarini yozib borishda tadqiqotchining xatolarga yoʻl qoʻyishiga uning munosabati tasir koʻrsatishini aniqlagan.Tajriba "telepatiya fenomeni"ni oʻrganishga bagʻishlangan edi.Telepatiyaga ishonuvchi va ishonmaydigan odamlar teng sonli inkita guruhlari ajratib olinadi.
Psixolog har bir eksperiment o'tkazuvch iuchun, shu jumladan, uning o'zi ham – odam va odamga xos bo'lgan hamma, xislatlar unda ham borligini hisobga olishga majbur. Birinchi navbatda - xatolar, ya’ni tajriba qoidasini bilmagan holda chetlashish, tushunib turib aldash, natijalarni buzib ko'rsatishlarni bu yerda o'rganib chiqmaymiz.Xatolar bilan ish cheklanmaydi – ularni ba’zan tuzatish mumkin.Eksperiment, shu jumladan, psixologik tajriba har qanday boshqa tadqiqotchi tomonidan takrorlanadigan bo'lishi kerak.Shuning uchun uni o'tkazilishi chizmasi oddiy bo’lishi kerak, ya’ni natijalarni takrorlash tajriba o‘tkazuvchining mahorat bilan kasbiy harakatlariga, tashqi vaziyatlarga yoki hodisalarga bog‘liq bo'lmasligi kerak.
Faoliyatli yondashish nuqtayi nazaridan, tajriba bu – sinaluvchining psixikasi xususiyatlarini aniqlash uchun uning faoliyati sharoitlarini o‘zgartirib sinalayotgan odamga ta’sir ko‘rsatuvchi tajriba o'tkazuvchining faoliyati. Eksperiment jarayoni ekspcrimcntatoming faoliyati darajasi bo‘ lib xizmat qiladi: u sinovdan o‘tuvchining ishini tashkil etadi, unga topshiriq beradi, natijalarni baholaydi, tajriba sharoitlarini o‘zgartiradi, sinovdan o‘tuvchining xulqini, uning faoliyati natijalarini qayd etadi.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |