Ekskursiyalarni tashkil qilish, kasb hunarga yo‘naltirishda ommaviy axborot vositalarning ahamiyati
Ekskursiyalarni tashkil qilish, kasb hunarga yo‘naltirishda ommaviy axborot vositalarning ahamiyati
keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va boshqalar) va/yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb koʻrsatilgan
Ekskursiya
Ekskursiya (lot. — sayr qilish) — bilimni boyitish, amaliy tajriba hosil qilish yoki madaniy-maʼrifiy maqsadida diqqatga sazovor joylar (madaniyat maskanlari, tabiatning goʻzal goʻshalari, muzeylar, korxonalar va h.k.)ga jamoa boʻlib borish. Koʻpincha turizm bilan birga amalga oshiriladi.
Ekskursiya mehnat ta’limining shunday bir shaklidirki, uning borishi jarayonida o'quvchilar asbob-uskunalarni, texnologik jarayonlarni va mehnat jarayonlarini ishlab chiqarish sharoitida mehnatni tashkil etishni kuzatadi va o'rganadi.
Ekskursiya mehnat ta’limining shunday bir shaklidirki, uning borishi jarayonida o'quvchilar asbob-uskunalarni, texnologik jarayonlarni va mehnat jarayonlarini ishlab chiqarish sharoitida mehnatni tashkil etishni kuzatadi va o'rganadi.
Korxonaga ekskursiyalar o'quvchilarni korxona bilan, uning asbob-uskunalari , mehnat jarayonlarining tashkil etilishi va ishlab chiqariladigan mahsuloti bilan umumiy va aniq soha tarzida tanishtirish maqsadida ham ishlab chiqarishning aniq masalalarini, ya’ni asbob-uskunalarining eng yangi namunalarini va ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasini, ilg‘or ish usullari va mehnatni ilmiy asosda tashkil etish metodlarini o'rganish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin. Demak, ekskursiyalar o'tkazishdan maqsad avvalo o'quvchilarda hozirgi zamon ishlab chiqarishi haqida tasavvur hosil qiiishdir
Korxonaga o'tkaziladigan har qanday ekskursiyaning mazmuniga quyidagi aniq, ajratilgan uchta bosqich kirishi lozim:
Korxonaga o'tkaziladigan har qanday ekskursiyaning mazmuniga quyidagi aniq, ajratilgan uchta bosqich kirishi lozim:
1. Kuzatish obyektini oldindan tanlash, uning aniq maqsadlari va vazifalarini aniqlash, korxonaga dastlabki tarzda borib ko'rish, zarur hujjatlarni, ekskursiyani o'tkazish tartibi, o'quvchilar uchun beriladigan topshiriqlar va hisobotlarning shakllarini tayyorlash - dan iborat bo'lgan tayyorgarlik bosqichi.
2. Mehnat o'qituvchisi yoki ekuskursiyani olib boruvchi to monidan ekskursiyaning maqsadlari hamda vazifalari, korxona hovlisida va boshqa belgilangan joylarda o'zini tutish qoidalari, kuzatish obyektlari, ekskursiya marshruti to'g'risida suhbat o' t kazish, o'quvchilarni bevosita zarur vazifalarni bajarishi nazorat qilinadi.
3. Ekskursiyaga yakun yasash ekskursiya jarayonida paydo bo'ladigan masalalarni hal qilishga qaratilgan yakulovchi suh-bat o'tkazish bilan cheklanmaydi. Mehnat bo'yicha navbatdagi mashg'ulotlarda bajariladigan vazifalarni va hisobotlarni tahlil qilish hamda jamoada erkin ravishda muhokama qilish yo'li bilan ekskursiyaga uzil-kesil yakun yasaladi
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |