Ekskursiya xizmatini tayyorlash texnologiyasi reja



Download 43,31 Kb.
bet2/6
Sana05.07.2022
Hajmi43,31 Kb.
#742978
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ekskursiya mustaqil ish

Tanishuv qismi – qoidaga ko‘ra 2 qismdan iborat:
- tashkiliy, ya’ni gid guruh bilan tanishadi, xavfsizlik qoidalari, marshrutda o‘zini tutishi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazadi;
- axborot, ya’ni gid ekskursantlarga mavzu haqida, marshrutning masofasi, davomiyligi, jo‘nash va qaytish vaqti, sanitar bekatlar va ekskursiya xizmatining tugash joyi haqida ma’lumot beradi.
Asosiy qism – aniq ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatish va hikoya qilish asosida tuziladi. Asosiy qism bir nechta mavzuostilardan iborat bo‘lib, bitta umumiy mavzuda umumlashadi va ob’ektlarda yoritiladi. Mavzuostilar odatda 5 tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ekskursiya xizmatini tayyorlashda shunday ob’ektlarni tanlash kerakki, vaqt bo‘yicha aniq rejalashtirilgan va ekskursiya xizmati mavzusining mazmunini yoritishga yordam qilsin.
Yakuniy qism – bu qism ham tanishuv qismi kabi 5-7 daqiqali bo‘lib, ekskursiya ob’ektlari bilan bog‘liq emas. Bu yerda ekskursiya xizmatining mavzusi bo‘yicha yakuniy xulosalar qilinadi, bugungi yoritilgan mavzuni kengaytirishi, chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa ekskursiya mavzulari haqida ma’lumotlar beriladi. Yakuniy qism ham tanishuv va asosiy qism kabi muhimdir.
Ekskursiya xizmati qiziqarli bo‘lishi bilan birga keraksiz ma’lumotlar oqimi bilan yuklanmasligi, ma’lumotlarni taqdim etish usuli toliqtiradigan bo‘lmasligi, turli toifadagi ekskursantlar tomonidan qiziqarli tarzda qabul qilinishi kerak. Shuning uchun, ekskursiya mavzusi albatta aniq bir toifa ekskursantlarga yo‘naltirilishi kerak (kattalar, bolalar, yoshlar, shahar yoki qishloq aholisi, turli kasb egalari, chet ellik turistlar va h.). Ekskursiya xizmatida bunday yondashuv differensial yondashuv deyiladi. U nafaqat iste’molchilar manfaatlarini, balki maqsadlarini ham hisobga oladi. Agar ekskursiya xizmati folklor tur tarkibida tashkil qilinayotgan bo‘lsa, asosiy e’tibor hududning milliy qiyofasi, obidalari va tarixini ko‘rsatib, hikoya qilishga qaratiladi. Agar ekskursiya xizmati ish yuzasidagi turizm tarkibiga kirsa, e’tibor o‘sha hududning umumiy, ishga aloqador markazlariga qaratiladi. Kurort dam olishlarda ekskursiya xizmati tashkil etilsa, tabiiy landshaftlar ob’ekt sifatida tanlanadi.
Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayonida bir nechta bosqichlarni ajratish mumkin. Ularni ekskursiya muassasalari amaliy faoliyatida yo‘lga qo‘yilgan ketma-ketlikda ko‘rib chiqamiz. «Ekskursiya xizmatini tayyorlash bosqichi» tushunchasi birinchi marotaba 1976 yilda amaliyotga qo‘llanila boshlandi va unda quyidagi 15 ta bosqich ajratildi:

  1. Ekskursiya xizmatining maqsad va vazifalarini aniqlash;

  2. Ekskursiya xizmati mavzusini tanlash;

  3. Zaruriy adabiyotlar ro‘yxatini tuzish;

  4. Ekskursiya ma’lumoti manbalarini aniqlash. Mavzu bo‘yicha muzey, arxiv fondlari va ekspozitsiyalari bilan tanishish;

  5. Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish;

  6. Ekskursiya marshrutini tuzish;

  7. Marshrutni ko‘zdan kechirish;

  8. Ekskursiyaning asosiy matnini tayyorlash;

  9. «Gid portfeli» ni tahlash;

  10. Ekskursiya xizmatini o‘tkazishning usullarini aniqlash;

  11. Ekskursiya xizmatini olib borish texnikasini aniqlash;

  12. Uslubiy ishlanmalarni tayyorlash;

  13. Ekskursiya xizmatining individual matnini tuzish;

  14. Sinov ekskursiyasini o‘tkazish;

  15. Ekskursiya xizmatini tasdiqlash.

Ekskursiya uslubiyatining talablaridan biri bilim olish jarayoni sifatida ekskursiya xizmatining uzluksizligini ta’minlash, ya’ni ma’lumotlarni ekskursantlarga ta’sirini butun bir ekskursiya xizmati davomida ta’minlay olish hisoblanadi. Ekskursiya xizmatini olib borish vaqti ob’ektlarni ko‘rsatish, hikoya qilish, mavzuostilar oralig‘idagi tanaffuslar va mavzuning asosiy savollari jamlanmasidan iborat bo‘lishi kerak.


Download 43,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish