Ekoturizmning tamoyillari
Ishlab chiqarishda g‘oya va nazariyalaming shakllanishida ishlatiladigan prinsip so‘zi asos, talab, negiz ma’nolarini anglatgani
uchun davlat tilida tamoyil deb tarjima qilingan. Ekoturizmning tamoyiliari ham ekoturizm yo‘nalishining rivojlanishidagi tartib me’yorlarga asoslanishi lozim. Ya’ni ekoturizmning tamoyillari ekoturizmning mohiyatini, mazmunini, maqsadi va vazifalarini o‘zida aks ettirishi kerak.
Ekoturizmning tamoyillarini “Xalqaro ekoturizm tashkiloti” ishlab chiqqan. Bu tamoyillar jahondagi barcha davlatlarning rahbarlariga tarqatilgan bo‘lib, har bir davlatlar ekoturizmni
tashkil qilganda ushbu tamoyillarga amal qilish talab qilinadi:
1. Ekoturizm tabiatga qaratilgan va tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan bolishi.
2. Ekoturizm ekologik barqaror rivojlanishga va yashash muhitimizga keltirilayotgan ziyonlarni minimallashtirishga asoslangan bolishi.
3. Ekoturizm ekologik taiim va ma’rifatga yo‘naltirilgan boiib, tabiat bilan teng hamkorlikka asoslangan boiishi.
4. Ekoturizm mahalliy ijtimoiy madaniyatni saqiashga va yordam berishga asoslangan bolishi.
5. Ekoturizm faoliyat koisatgan hududlaming barqaror rivojlanishini va iqtisodiy samaradorligini ta’minlashiga asoslangan bolishi kerak.
Ekoturizmning tamoyillarini o‘rganganimizda albatta
turizmning bu muhim sohasini rivojlantirish oson kechmasligini
anglaymiz. Bu tamoyillar asosida ekoturizmni rivojlantirishda
albatta davlatning ekologik boshqaruviga murojaat qilinadi.
Chunki, ekoturizmni yuqorida qayd qilingan tamoyillar asosida
rivojlantirish faqat davlat tashkilotlarining quvatlashi bilangina amalga oshishi mumkin.
Keyinchalik turizm mutaxassislari va olimlari tomonidan ekoturizmning tamoyillari
kengaytirildi va mukammallashtirildi:
1. Tabiati yaxshi saqlangan joylarga sayohat.
2. Tabiat resurslaridan barqaror foydalanish, tabiiy, ijtimoiy va madaniy biologik xilma-xillikni saqlash.
3. Ekoturda belgilangan tartib-intizomga qat’iy rioya qilish.
5. Ekoturlarni tabiat qonunlari asosida mukammal ishlab chiqish.
6. Ekoturizmni hududlarning iqtisodiy rivojiantirish rejalari bilan birlashtirish.
7. Mahalliy ahoüni ekoturizm rivojlanishida qatnashtirish va bu yo‘nalishda ularning iqtisodiy
manfaatdorligini ta’minlash.
8. Ekotiirizm sohasi mutaxassislarini tayyorlash Va qayta tayyoriash.
Ekoturizm bo‘yicha mutaxassislar taklif qilgan tamoyiiiar qatorida T.K.Sergeyevaning taklif qilgan
tamoyillari ham diqqatga sazovor:
1. Rekreatsiyali tabiiy hududlarning biologik xilma-xiUigini saqlash.
2. Ekoturizm sohasiga tortilgan (qo‘shilgan) hududlarnmg iqtisodiy barqaror rivojlanishini oshirish.
3. Ekoturistik faoliyatda qatnashuvchilarning ekoturistik madaniyatini oshirish.
4. Rekreatsiyali hududlarning etnografik statusini (maqomini) saqlash.
“Xalqaro ekoturizm tashkiloti” o‘z navbatida ekoturist uchun qoida ham ishlab chiqdi
1. Yer bilan bog‘liqligini unutmaslik, yoddan chiqarmaslik.
2. Tabiatda faqat izlarini qoldirish, tabiatdan faqat rasmlarni olib ketish.
3. Borgan yerida dunyoni, xalqlar madaniyatini, geografiyasini anglash, biiish.
4. Mahalliy aholini hurmat qilish.
5. Ishlab chiqaruvchilardan atrof-muhitga xavf-xatar soluvchi, keltiruvchi mahsuiotlarni sotib olmaslik.
6. Faqat maxsus solingan so‘qmoqlardan yurish.
7. Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturlarini quwatlash, yordam berish.
8. Imkoniyat boricha airof-muhitni toza saqlovchi usullardan foydalanish.
9. Tabiatni muhofaza qiluvchi tashkilotlarni quvvatlash.
10. Ekoturizm tamoyillari bo‘yicha ishlovchi turistik firmalar bilan sayohatga chiqish.
Ekoturizmning tamoyillari, qoidalari va belgilari bilan tanishib chiqqandan keyin ekoturizmni rivojlantirishdagi ko‘plab tushunmovchilik va noaniqliklar ma’lum boladi. Bu noaniqliklar
shulardan iboratki, jahondagi ko‘plab davlatlarda ekoturizm talablar darajasida birdaniga rivoj topmayapti. Bu holatning asosiy sabablaridan biri shundan iboratki, ekoturizmning asosiy obyektlari
alohida muhofazadagi hududlar, milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari ekanligi hammaga ma’lum bo‘lgan holda, bu tabiiy resurslar davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Bu sharoitda ekoturizmni kuchli rivojlantirishning imkoniyatlari chegaralanib qoladi. Lekin, AQSH, Kanada, Avstraliya, Malayziya, Yaponiya va Yevropa, Afrika davlatlarida ekoturizm yildan-yilga rivojlanib bormoqda
Biz mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda yuqorida qayd qilingan davlatlarning tajribalarini, ekoturizmni rivojlantirish davlat dasturlarini puxta o‘rganishimiz lozim. ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, turizm rivojlangan, shuningdek,
ekoturizm rivojlangan davlatlar 10—15 yillar davomida ichki turizmni rivojlantirganlar, o‘z xalqlarini turizmning barcha sohalarining mazmuni va mohiyatiga tayyoriaganlar. Xususan,
ekoturizmning mazmun-mohiyatini, tamoyillarini o‘rgatganlar. Shuning uchun ham ekoturizm rivojlangan daviatlar o‘z milliy parklaridan va tabiat qo‘riqxonalaridan ekoturizmda foydalanishga ruxsat berganlar. Mamiakatimizda hoziiga kelib milliy bogiarimizdan ekoturizmda foydalanmoqdamiz, tabiat qo ‘ riqxonalaridan ekoturizmda foydalanishga hozircha ruxsat berilmagan. Biz ham, mamiakatimizda aholining ekologik madaniyati va ekologik bilimlarini oshirishga, tabiatni muhofaza qilish qonunlarini yaxshi bilishiga va hurmat qilishiga, tabiatni va uning resurslarini muhofaza qilish dasturlariga ixtiyoriy hamkorlik qilish islilariga tayyorlashimiz, ekoturizmning tartib-qoidalarini, tamoyillarini o‘rgatishimiz lozim bo‘ladi. Ekoturizmning tamoyillarini o‘rganishdan shunday xulosa kelib chiqadiki, ekoturiznmi rivojlantirishda davlatning ekologik boshqaruv siyosatini, dasturini ishlab chiqish talab qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |