Ekoturizm rivojlanishi asoslari



Download 95 Kb.
bet1/4
Sana16.03.2022
Hajmi95 Kb.
#498866
  1   2   3   4
Bog'liq
Ekoturizm rivojlanishi asoslari


EKOTURIZM RIVOJLANISHI ASOSLARI


Reja:
1. Turizmning hududiy tomonida tasnifi.
2. Ekologik rayonlashtirish tushunchasi.
3. Maxsus turistik yo’nalishlar va turizm turlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyot


1. Turizmning hududiy tomonida tasnifi.
Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishni hududiy tashkil etish Ekologik – iqtisodiy rayonlashtirishnazariyasi va amaliyotiga asoslanadi. Ekologik – iqtisodiy rayonlashtirishdoirasida mintaqalar va hududlar xo‘jaligining ixtisoslashishi va majmua rivojlanishi masalalari bir qatorda xo‘jalik va tabiatning konkret hududlarda o‘zaro ta’sirining maqsadga muvofiq shakllari ham belgilanadi.
SHu sababdan mintaqalar tabiatidan foydalanishning hududiy xususiyatlarini faqat Ekologik – iqtisodiy rayonlashtirishorqali aniqlashmumkin. Ekologik – iqtisodiy rayonlashtirishmamlakatda tabiiy – Ekologik imkoniyatni har tomonlama hisobga olgan holda mamlakat iqtisodiyotini hududiy rivojlanishini takomillashtirishga va mintaqalarning tabiiy resurs imkoniyatidan unimli foydalanishni hududiy boshqarishni tashkil etishga xizmat qiladi. Mintaqalarning ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishkuchlarini samarali joylashtirishning muhim omilidir.
Ekologik turizm jamiyati (AQSH) 1992 yilda taklif qilgan ta’rifga ko‘ra, ekoturizm – “tabiati nisbatan tegilmagan joylarga mazkur hududning tabiiy va madaniy-etnografik xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilishuchun Ekologik sistemalarning yaxlitligini buzmasdan, tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilishmahalliy aholi uchun iqtisodiy foydali bo‘ladigan sharoitlar yaratishyo‘li bilan sayohatlarni tashkil etish”.Jahon turistik tashkiloti qabul qilgan ta’rifga ko‘ra, “ekoturizm – bu tabiiy turizmning nazorat qilinadigan shakli: turistlar tabiiy hududlar bo‘ylab mahalliy gidlar kuzatuvida piyoda safarlar yoki sayohatlarga chiqadilar, bunda gidlar ularga mahalliy flora, fauna va ekologiya haqida tushuntirishlar beradi. Ekoturizm ekologiya bilan tanishish, qishloqlar va fermalarga tashrif buyurishni ham o‘z ichiga olishi mumkin”. Mazkur talqin ekoturizmning shunday bir barqaror rivojlanishini nazarda tutadiki, bunda turizmning tabiiy, madaniy va boshqa resurslari kelajakda doimiy foydalanishuchun saqlab qolinadi va hozirgi vaqtda hamjamiyatga foyda keltiradi. Barqaror rivojlanishkonstepstiyasi xalqaro maydonda 1980-yillarning boshidan keng tarqaldi. Ammo bundan oldinroq ishlab chiqilgan turizmni rivojlantirishdasturlarining aksariyatida ham turistik resurslarni saqlashhisobga olingan. Turistik o‘zlashtirishjarayonida ob’ektlarning eng maqsadga muvofiq tipini va ularni joylashtirishni aniqlashda atrof muhitni sinchkovlik bilan kuzatish, uning barcha elementlarini tahlil qilishva hisobga olishni nazarda tutadigan Ekologik rejalashtirishbarqaror rivojlanishni ta’minlashning asosiy usullaridan biriga aylandi.
Bu erda misol tariqasida umum e’tirof etilgan ta’riflarning yana ikkitasini keltirishmumkin. Avstraliyaning “Ekoturizm milliy strategiyasi”da quyidagi ta’rif qo‘llanilgan: “ekoturizm – zamirida tabiat yotadigan, atrof tabiiy muhit bilan tanishishva uni tushuntirishni o‘z ichiga oladigan Ekologik jihatdan barqaror turizm”. Kanada atrof muhit masalalari bo‘yicha Maslahat Kengashi taklif qilgan ta’rifga ko‘ra, “ekoturizm – Ekologik sistemani saqlashga ko‘maklashadigan va mahalliy jamiyat yaxlitligini buzmaydigan saboq bo‘ladigan tabiiy sayohat”.
Tabiatni muhofaza qilishXalqaro uyushmasi (IUCN) qabul qilgan ta’rif Ekologik turizm haqida ancha aniq tasavvur hosil qilishimkonini beradi: “ekoturizm – nisbatan tegilmagan tabiatli joylarga lazzatlanishva mazkur hududning tabiiy va madaniy-tarixiy xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilishmaqsadida atrof muhitga nisbatan mas’uliyat bilan yondashishga asoslangan sayohatlar”. Bunda barcha sayohatlar tabiatni muhofaza qilishga ko‘maklashishi va tabiiy resurslarni muhofaza etishdan mahalliy aholi naf ko‘rishi uchun iqtisodiy sharoitlar yaratishi lozim.
SHunday qilib, xalqaro va milliy darajalarda rasmiy qabul qilingan ta’riflarda Ekologik turizmning uni:
nisbatan tegilmagan tabiatli va jalb qiluvchan madaniy-tarixiy muhitli joylarga saboq bo‘ladigan sayohatlar sifatida;
mamlakatlarni Ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tabiiy va madaniy-tarixiy muhitni muhofaza qilishdan mahalliy aholi naf ko‘radigan usuli sifatida tavsiflovchi ikki mezoni ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish