Korrelyasion bog'lanish
|
–
|
bu shunday to'liqsiz bog'lanishki, unda omillarning har bir qiymatiga turli zamon va makon sharoitlarida natijaning har xil qiymatlari mos keladi.
|
Korrelyasion-regression model
|
–
|
bu o'rganilayotgan hodisalar orasidagi bog'lanishni natijaviy belgi bilan muhim omillar o'rtasidagi ishonchli miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdir
|
Korrrelyasion tahlil
|
–
|
hodisalar orasidagi bog'lanish zichlik darajasini baholash usulidir.
|
Mavsumiy tebranish
|
–
|
ayrim fasl va oylarda ko'p yillik qatorlarda muntazam ravishda kuzatiladigan barqaror tebranishlardir.
|
Masshtab samarasi
|
–
|
bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi surati bilan mahsulot ishlab chiqarishni o'sish surati o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi deyiladi
|
Mediana
|
–
|
bu to'plamni teng ikki qismga bo'luvchi belgi qiymatidir
|
Moda
|
–
|
to'plamda eng ko'p uchraydigan belgi qiymatidir
|
Model
|
–
|
lotincha modulus so'zidan olingan bo'lib, o'lchov, me'yor degan ma'nolarni anglatadi
|
|