3.Ekonometrikaning qo‘llanish sohalarini tushuntirib bering?
Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi iqtisodiy
munosabatlarga miqdoriy o’lchamlarni berishdan iborat. “Ekonometrika”
iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan
(u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga
algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda xo’jalik faoliyati natijalari
to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish mumkin” deb ta’kidlagan.
Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan bo’lsada, “ekonometrika” iborasi
iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.
Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi.
“Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika”
so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida
ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning
mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va
munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy
hodisalarni o’lchash va tahlil qilish haqidagi fandir.
Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta fanlarni
birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika
va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish natijasida yuzaga kelgan.
Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi
tadbiq etilgan. 1933 yilda R.Fisher tomonidan “Ekonometrika” jurnaliga asos solindi. Jurnalda u ekonometrikaga quyidagicha ta’rif bergan: “Ekonometrika-bu o’sha iqtisodiy statistika emas. Ko’p qismi miqdoriy xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy nazariyaning ham o’zi emas. Ekonometrika matematikani iqtisodga qo’llash ham emas. Tajriba shuni ko’rsatadiki har uchchala statistika, iqtisodiyot nazariyasi va matematika
fanlarining komponentalari zamonaviy iqtisodiy xayotni miqdoriy tomonlarini
anglash uchun zaruriy, lekin etarli bo’lmagan shartlaridir. Bu-uchta fanning birligidir.
Bu birlik ekonometrikani tashkil etadi”. Shunday qilib, ekonometrika-Bu iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’zaro bog’lanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fandir. Ekonometrik usullar oliy statistika deb nomlanuvchi juft va ko’p o’lchovli regressiya, juft, xususiy va ko’p o’lchovli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va boshqa davriy qatorlar komponentalari, statistik baholash usullari asosida yuzaga kelgan va rivojlangan. R.Fisher shunday deb yozgan: “Statistik usullar ijtimoiy fanlarda muhim element hisoblanadi va aynan shu usullar yordamida ijtimoiy bilimlar fan
darajasigacha ko’tarilishi mumkin”.
Birinchidan –ekonometrika o’ziga xos bo’lgan usullar tizimi sifatida iqtisodiy
o’zgaruvchilar va ular orasidagi bog’lanishlarning xususiyatlarini tasvirlagan xolda
o’zining masalalarini aniqlashtirish bilan rivojlana boshladi. Regressiya tenglamasiga
na faqat birinchi darajali o’zgaruvchilarni kiritildi balki natijaga maksimal yoki
minimal (ozmi-ko’pmi) darajada ta’sir etuvchi qiymatlarni akslantiruvchi iqtisodiy
o’zgaruvchilarning optimal xususiyatlarini ifodalash maqsadida, ikkinchi darajali
o’zgaruvchilarni ham kiritila boshlandi. Masalan: Ekinlarni o’g’itlantirishning
hosildorlikka ta’sirini ko’radigan bo’lsak, ekinlarni ma’lum bir darajada
o’g’itlantirish uning xosildorligini oshiradi; lekin o’g’itlantirish me’yor darajasidan
ortishi hosildorlikni ortishiga olib kemaydi balki, hosildorlikni pasayishiga olib
kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |