Suvni qaynatish.
Suvni qaynatish oddiy usul bo‘lishi bilan bir qatorda, suvni
zararsizlantirishda juda ishonchli usul ham hisoblanadi. Patogen mikrobldrning vegetativ formasi
80°S haroratda 20—40 sekund ichida o‘ladi. Shu sababli 3—5 daqiqa qaynatilgan suv butunlay
zararsizlantirilgan hisoblanadi. Suv 30 daqiqa muddatida qaynatilganida ko‘pchilik sporali
mikroblar ham yo‘qoladi, bunda suv deyarli sterillangan bo‘ladi, bundan tashqari, botulizm toksini
parchalanib ketadi. Lekin, ommaviy iste’mol uchun suvni qaynatib etkazishga iqtisodiy imkoniyat
va vaqt etishmasligi bois, bu usulni keng qo‘llashning iloji yo‘q.
Markazlashgan usulda zararsizlantirilmagan suvlar qaynatish yo‘li bilan tozalanib, kam sonli
aholi, kasalxonalar, maktablar, bolalar muassasalari, dorixonalar, temir yo‘l stansiyalarining
ehtiyojlarini ta’minlaydi.
Ichish uchun mo‘ljallanib, suvni saqlaydigan idishlarning tozaligiga alohida ahamiyat berish
va mikroblarning qaynatilgan suvda tez rivojlanishini hisobga olgan holda, uni har kuni yangilab
turish darkor.
Suvni sterilizatsiya qilish.
Suvni sterilizatsiya
qilganda uning tarkibidagi bakteriyalarning hamma turlari
va sporalilari ham qirilib ketadi. Bu usulning katta
kamchiliklaridan biri, bunda ko‘p miqdordagi suvni
zararsizlantirib bo‘lmaydi, qolaversa, sterillash jarayonida
suv tarkibidagi butun tuzlardan xoli bo‘ladi. Bu o‘z yo‘lida
suvning
organoleptik
xususiyatlariga
salbiy
ta’sir
ko‘rsatadi, shu sababli sterillangan suv tibbiyot
amaliyotida hamda ba’zi bir korxonalarda ishlatiladi.
Suvni ultrabinafsha nurlar (UBN) bilan zararsizlantirish.
Ultrabinafsha nurlarning
bakteritsidlik xususiyati tez ifodalanadi, 1—2 daqiqa nurlash natijasida patogen mikroblarning
vegetativ shakli qirilib ketadi. Tarkibida temir tutgan, rangli, loyqa suvlarda ultrabinafsha nurlar
ta’sirida zararsizlantirish sust o‘tadi. Shuning uchun ham ultrabinafsha nurlar ta’sirida suvni
zararsizlantirishdan oldin uni rangsizlantirish, temir va uning tuzlaridan hamda loyqalardan bartaraf
etish muhim ahamiyatga ega.
Ultrabinafsha nurlar ta’sirida suvni zararsizlantirishning xlorlashga nisbatan bir qancha
afzalliklari bor. Bakteritsid xususiyatga ega nurlar suvning tarkibida bo‘lgan oqsil birikmalarini
denaturatsiyaga uchra-tadi. Suvning organoleptik xususiyati o‘zgarmaydi, bundan tashqari, keng
spektrli antibiotik ta’sirga ega. Ultrabinafsha nurlar xlorga chidamli mikroblarga, viruslarga, gijja
tuxumlariga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda ko‘p miqdorli bakteritsid ta’sirga ega bo‘lgan nur chiqaruvchi simob-argonli
lampa sanoat usulida chikarilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |