Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv
uslubiy majmua
151
2. Fitopreparatlar nimadan olinadi?
1. mineral moddalardan
2. Dorivor o‘simliklardan
3. hayvon to‘qimalaridan
4. barcha javoblar to‘g‘ri
3. fitopreparatlar nechta guruhga bo‘linadi?
1. 2
2. 3
3. 4
4. 6
4 YAngi terib olingan o‘simliklardan qanday preparatlar olinadi?
1.
damlama
2. surtma
3. sharbat 4. 1 va 3
5. Quritilgan o‘simliklardan mahsulotidan olinadigan preparatga nimalar kiradi?
1. damlama
2. sharbat
3. ekstrakt 4. 1 va 3
6. Konsentratsiyasiga ko‘ra ekstraksiyaning necha turi mavjud?
1. 2
2. 3
3. 4
4. 6
7. Ampulalar nimadan olinadi?
1. drotdan
2. shisha trubadan
3. plastmassadan
4. 1 va 2
8. Ampulani tayyorlash nechta bosqichdan iborat?
1. 6
2. 8
3. 10
4. 7
9. Tayyor dori preparatlarining kukun yoki aralashmasini presslab tayyorlangan dozalangan
qattiq dori shakli bu-?
1. draje 2. tabletka 3. shamcha 4. kapsula
10. Kerakli massaga etkazish maqsadida tabletkaga qo‘shiladigan moddalarni toping
1. agar-agar
2. glyukoza 3. jelatina 4. barcha javoblar
Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi.
Mashg‘ulotning jixozlanishi:
Tarqatma materiallar
Mavzuni asoslash:
Antibiotiklarni ishlab chiqarishda mehnat sharoitlari va ishchilar salomatlik
holatlariga gigiyenik tavsifi
Aholini zaruriy dori vositalari bilan etarli darajada ta’minlashdagi
muhim vazifalardan biri
kasalliklarni oldini olish va davolash maqsadida keng qo‘llanadigan antibiotiklarni ishlab chiqishni
yanada kengaytirish hisoblanadi. Bugungi kunga kelib tibbiy korxonalarda 40 dan ortiq turdagi
antibiotiklar va 100 ortiq dori shakllari ishlab chiqarilmoqda. Ularning umumiy solishtirma og‘irligi
tibbiyotga doir sanoat- mahsulotlari ichida 18-20% tashkil etadi.
Antibiotiklar - mikroorganizmlar, yuqori bosqichdagi o‘simlik va hayvonlarning hayot
faoliyati jarayonida ishlab chiqariladigan va bakteritsid yoki bakteriostatik ta’sir
xususiyatiga ega
bo‘lgan moddalardir. Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida turli xildagi kimyoviy birikmalar
sinfiga taalluqli bo‘lgan 500 ga yaqin antibiotiklar ishlab chiqarilmoqda. Antibiotiklarning
antibakterial xususiyatlari tibbiyotda, xususan, yuqumli kasalliklar va yallig´lanish
jarayonlari
terapiyasi va ularni oldini olish amaliyotida keng ko‘lamda qo‘llanishi uchun asos bo‘ldi.
Antibiotiklar tibbiy amaliyotda qo‘llanishidan tashqari, oziq-ovqat va sut-go‘sht sanoatida
ham keng qo‘llanadi. Ularni hayvonlar va qushlarning vaznini tezroq oshirish maqsadida
ovqatlariga qo‘shib beriladi va x.h.
Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
152
Antibiotiklarni olishdagi texnologik jarayon shunga muvofiq
jixozlarda ketma-ket
bajariladigan bir nechta bosqichlardan iborat: a) ekish materialini etishtirish va antibiotiklarni
biosintezlash (fermentatsiyalash); b) kultural suyuqliklarni birlamchi ishlovdan o‘tkazish; v)
filtrlash; g) ajratish va kimyoviy usulda tozalash (ekstraksiya, ionalmashinish usuli, cho‘ktirish
usuli); d) tayyor dori shakllarini tayyorlash; e) qadoqlash va idishlarga joylash.
Birlamchi
texnologik jarayonlar ekish materialini kolbalar va fermenterlarda o‘stirishga asoslangan
(produtsent). O‘stirilgan ishlab chiqarish produtsent shtammi, uni yanada boyitish maqsadida
maxsus apparatlar-inokulyatorlarga o‘tkaziladi. Inokulyatorlarda mog‘orlar,
bakteriyalarni
etishtirish jarayoni qattiq belgilangan sharoitlarda amalga oshirilib, ular isitish va sovutish tizimlari,
havo berish, o‘stirilayotgan va boyitilayotgan massani aralashtirish uchun maxsus jixozlar bilan
ta’minlanadi. Shundan so‘ng produtsent fermentatsiya jarayoniga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: