Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv
uslubiy majmua
121
yuborib, olingan natijalarni solishtirib ko‘rish
va statistika, patomorfologiya hamda boshqa
usullardan foydalangan holda aniqlanadi.
O‘ldiradigan eng katta miqdor deb, tajribadagi hayvonlarning hammasini o‘ldiradigan
miqdorga aytiladi. Bu miqdor LD
max
bilan ifodalanadi. Kimyoviy birikmaga gigiyenik va
toksikologik jihatdan baho berishdan maqsad, o‘sha moddaning hayvon
organizmiga surunkasiga
uzoq vaqt kirib turganida zaharli ta’sir ko‘rsatmaydigan miqdorini aniqlashdir. Buning uchun
odatda laboratoriya shiroitida hayvonlar yangi kimyoviy birikmaning boshlang‘ich miqdori
aniqlanadi, moddaning boshlang‘ich miqdori yoki dozasi deb, o‘sha moddadan uzoq muddat
davomida (4-6 oydan 10-12 oygacha) hayvonga har kuni berib turilganda uning organizmida
bilinar-bilinmas vaqtincha o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan eng kam miqdorga aytiladi.
Boshlang‘ich miqdori odatda hayvon vaznining har kilogrammiga to‘g‘ri keladigan modda miqdori
bilan ifodalanadi. Kimyoviy birikmaning boshlang‘ich miqdori tajribada
maxsus usullar bilan
aniqlangandan keyin shu ma’lumotlardan foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlarida, ichimlik suvida,
havoda va tashqi muhitning boshqa manbalarida yo‘l qo‘yiladigan miqdor (PDK), ya’ni me’yori
belgilanadi.
Ko‘pchilik zaharli birikmalar o‘tkir va surunkali zaharlanish alomatlarini (benzol, uglerod
oksidi, fosfor va xloroorganik birikmalar). ba’zilari esa faqat o‘tkir zaharlanish (sinil kislotasi) yoki
surunkali zaharlanish (qo‘rg‘oshin, marganets va h.k.) belgilarini paydo qiladi.
Kimyoviy birikmalarning organizmga kirishi, to‘qimalarga tarqalishi uning fizik-kimyoviy
xossasiga bog‘liq. Shu jihatdan asosiy ko‘rsatkich kimyoviy birikmaning yog‘larda va lipoidlarda
erish xususiyatiga bog‘liq.
Erish miqdori E.N.Lyublina va A.A.Golubevalar tavsiya etgan formula bilan aniqlash
mumkin:
K=0.053 M.M.-3.68; K-tarqalish koeffitsienti;
M.M.-molekulyar miqdor (molekulyar og‘irlikning hajm og‘irligiga nisbati).
Kimyoviy birikmalar
organizmga nafas organlari, me’da jarohatlanmagan teri va shilliq
qavatlar orqali kirish mumkin.
Nafas a’zolari bilan kirgan kimyoviy birikmalar yuqorida aytganimizdek chuqur
o‘zgarishlarni keltirishi mumkin, chunki bu a’zolar orqali yuqori fizikaviy faollikka ega (yuqori
dispesrli va gazsimon) zaharli birikmalar oragnizmga kiradi va katta qon aylanish sistemasi (jigarga
kirmasdan) orqali to‘qimalarga tarqalib o‘z ta’sirin ko‘rsatadi.
Alimentar yo‘l bilan kirgan zaharli birikmalar me’dadan jigarga o‘tib, qisman parchalanib,
o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.
Jarohatlanmagan teri hamda shilliq qavatlar orqali organizmga asosan yog‘da va lipoidlarda
eriydigan zaharli birkmalar kiradi.
Havo tarkibidagi kimyoviy birikmalarni tahlil qilish uchun bir qancha asboblar, jumladan
fotokalorimetrlar,
spektrofotometrlar, polyarograflar, xromatograflar va boshqalar qo‘llaniladi.
Kimyo sanoatida tezlik bilan kimyoviy tahlil qilish maqsadida tezkor (ekspress) usuli
qo‘llaniladi. Shu maqsadda universal gazni tahlil qiluvchi shaxta indikatorlari va boshqa asboblar
ishlatiladi.
Bunday asboblarda qo‘shimcha tarzda indikatorlik naychalar yig‘indisi, reaktiv qog‘oz,
standart shkalasi maxsus eritmalar va h.k. mavjud.
Korxonada zaharli birikmalar miqdorini doimiy nazorat qilish uchun avtomat usulda zaharli
birikmalar miqdorini qayd etuvchi, gazni tahlil qiluvchi va gaz miqdori oshganda fotometrik,
temokimyo, ionizatsion usullarga asoslangan ogohlantiradigan
signal beruvchi moslamalar
o‘rnatiladi.
Havodan namuna olishda Polejaev, Zaysev, Petri, Rixter va boshqalar tavsiya qilgan o‘ziga
singdiruvchi
eritmalardan
foydlaniladi.
Havoni
tortuvchi
sifatida
aspiratordan,
havo
purkagichlaridan, ejektorlardan, nasoslardan, pnevmometrlardan, gaz soatlaridan, gazli
pipetkalardan, maxsus kamera yoki butilkalardan foydalanish mumkin.
Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
122
Tahlil uchun olingan havo namunasi (V
o
) yuqorida qayd etilgan me’yor sharoitga keltirish
zarur.
Kimyoviy birikmalardan zaharlanishning oldini olishda texnikaviy (uzil-kesil), sanitar-
texnikaviy, sanitariya-gigiyenik va profilaktik davolash usullari qo‘llaniladi.
Texnikaviy usulni qo‘llash mehnat uslubini tubdan o‘zgartirishi mumkin, bunda texnologik
jarayon zamonaviy moslamalarda (zich yopiq holda) ma’lum masofadan turib bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: