Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Sog‘liqni saqlash amaliyotida ko‘pincha qisqartirilgan sxemadan foydalanib, yoshga



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Sog‘liqni saqlash amaliyotida ko‘pincha qisqartirilgan sxemadan foydalanib, yoshga 
doir 5 davrni baholanadi
.
Yangi tug‘ilgan davr
Ko‘krak yoshi davri
Ilk maktabgacha bo‘lgan yosh davri (1-3)
Maktabgacha bo‘lgan yosh davri - 3-7 yosh
Maktab yoshi davri (kichik, o‘rta va katta maktab yoshi)
Turlicha yosh davrlaridagi bolalar organizmida anatomo-fiziologik xususiyatlarning 
asosiylarini ta’riflash va har bir yosh guruhi uchun muhim bo‘lgan gigiyenik tadbirlarni ta’riflashga 
o‘tamiz. Yangi tug‘ilgan davrda chaqaloq bolaning organizmi morfologik va funksional jihatdan 
yaxshi takomillashmagan bo‘ladi. Bu davrda bola organizmi uchun umuman begona bo‘lgan muhit, 
yangi sharoitga moslashish bilan boradi. Bola organizmidagi asosiy organlar va sistemalarning 
yaxshi takomillashmaganligi tufayli atrof muxitning nomuvofik ta’sirotlariga juda sezgirchan 
bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan davrda va 30 kungacha bo‘lgan muddatda bolalar o‘rtasida kuzatiladigan 
o‘lim darajasi bolaning 1yoshgacha bo‘lgan oylaridagiga qaraganda 2-3 marta ko‘p kuzatiladi.Bu 
davrda qayd qilinadigan kasalliklar ichidan eng asosiylari qatoriga - nafas yo‘llari kasalliklari, 
pnevmoniya va yiringli-septik kasalliklar hisoblanadi. Bu davrda uchraydigan kasalliklar darajasini 
kamaytirish uchun eng muhim bo‘lgan tadbirlar qatoriga - tug‘ruqxona xodimlari tomonidan 
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, bolani parvarish qilishda aseptik sharoitlarni yaratgan 
holda bajarish, bolani emizishdan oldin ona ko‘kragini iliq suv bilan yuvish, bola badanini toza 
bo‘lishiga e’tibor qaratish, chaqaloq yotgan xonadagi harorat-namlik tartibini oqilona bo‘lishini 
ta’minlash, (xona havosining harorati 24-26 o S), chaqaloqni to‘g‘ri ovqatlantirish, chaqaloq uchun 
eng muvofik kiyimlarni tanlash muxim ahamiyatga egadir.
Ko‘krak yoshining butun muddati davomida bola organizmida jadal tarzda o‘sish va 
rivojlanish jarayoni kuzatilib, u endokrin bezlarning ta’sirida bo‘ladi (qalqonsimon, buqoq, bo’ylrak 
usti bezlari), asosiy modda almashinuvining ortib borishi, birinchi signal sistemasining shakllanishi 
kuzatiladi. Shu bilan birga bola organizmidagi organlar va sistemalarning to‘liq 
takomillashmaganligi tufayli uning organizmi turli kasalliklarga nisbatan juda sezgir va tez bu 
kasalliklarga tez beriluvchan bo‘ladi, buning natijasida atrof muhitdagi nomuvofik omillar ta’sirida 
quyidagi kasalliklar tez-tez qayd qilinib turiladi: pnevmoniya, otitlar, infeksion-toksik kasalliklar, 
oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kasalliklari. Bu yoshdagi bolalarning kasallanishini oldini 
olish tadbirlari qatoriga - ona tomonidan shaxsiy Gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, bolani to‘g‘ri 
parvarishlar, bola organizmi uchun muvofik mikroiqloim sharoitlarini yaratish, bolani to‘g‘ri 
ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish, toza havoda o‘ynatish, chiniqtiruvchi tadbirlardan unumli 
foydalanish, passiv gimnastika, bolani kunda cho‘miltirish, quyosh nuridan baxramandq kabilan 
juda muhimdir.
1-3 yoshlik va 3-7 yoshlik bolalar organizmida o‘sish va rivojlanish jarayonlari biroz 
sekinlashadi, bola organizmidagi dispraporsiya xanuzgacha saqlanadi, ammo shu sharoitda ichki 
organlarning morfologik strukturasi takomillasha boradi, ikkinchi signal sistemasi ham shakllana 
boshlaydi. Bolaning MNS xam kuchli rivojlanish kuzatilib, uning ongi orta boradi, atrof muxitdagi 
bo‘layotgan hodisalar va borliqqa nisbatan tafakko’rlash qobiliyati paydo bo‘la boshlaydi, bolada 
so‘zlash qobiliyati kun sayin orta boradi. Bolalarning bu yosh davrlarida harakat faoliyati juda 
kuchli taraqqiy etadi va ongli faoliyat tez taraqiy etadi, buning natijasida bu yoshdagi bolalarda turli 
xildagi shikastlanishlar, tasodifan yuzaga keladigan hodisalar uchrab turadi, chunki bola beixtiyor 
ravishda qo‘liga tushgan bo’ylumlarni og‘ziga olib boradi. Yoshdan o‘tgan bolalardagi eng ko‘p 
kuzatiladigan kasalliklar qatoriga bolalar infeksiyalari va invazion kasalliklar juda ko‘plab qayd 
qilinadi. Sauning uchun bu yoshdagi bolalarni gigiyenik tarbiyalash va ular organizmini chiniqtirish 
juda muhim ahamiyatga egadir. Bu tadbirlar fakatgina profilaktik tadbirlar bo‘lib qolmay, balki 
organizmni stimullovchi tadbirlar ham hisoblanadi (cheklangan miqdorlardagi jismoniy mashqlar, 
xarakatli o‘yinlar, bolalar organizmini chiniqtirish, mikroiqlim sharoitlarini o‘zgartirib turish). 
Bolalar uchun tuzib chiqilgan oqilona kun tartibining ahamiyati juda muhim bo‘lib, shu bilan birga 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
95 
bu yoshdagi bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish, sifatli taomlar bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega. 
Bu yoshdagi bolalarni atrof muhitda bor bo‘lgan hodisalarni bilishga juda chanqokligi sababli, 
ularni o‘qishga bo‘lgan munosabatlarinini astalik bilan shakllantirish lozim, ammo nerv 
sistemasining yukori darajadagi labilligini inobatga olib, ular psixikasini zo‘riqtirish maqsadga 
muvofik emas.
Ikkinchi bolalak davrida (kichiq maktab yoshi) o‘sish tempining 
yanada sekinlashishi kuzatiladi, ammo mushaklar massasi, yurak 
mushaklarining massasi orta boradi, ichki organlar xam yaxshi rivojlanadi. 
Badan skeletida suyaklashish jarayoni juda jadal ketadi va sut tishlari 
sekin-asta xaqiqiy tishlar olmashina boshlaydi. MNS uchun qo‘zgalish 
jarayoni tormozlanish jarayonidan ustunlikka ega bo‘ladi, shuning uchun 
bu yoshdagi bolalarda aqliy ish bilan bo‘lgan mashg‘ulotlar ularni tez 
toliqishiga sababchi bo‘ladi va ayniqsa bir xil turdagi mashqlar ularni tez 
toliqtiradi. Skeletlardagi mushaklar, boshqa turdagi mushak guruhlarining 
umumiy massasini ortib borishi bilan birga ular xanuzgacha rivojlanishda 
va to‘liq takomillashmaganligi sababli ayrim mushak guruhlarida (qo‘l 
barmoqlarining mushaklari, xarakat-tayanch organlarining mushaklarida toliqish jarayoni yuzaga 
keladi va bu xolat bolalarning qaddi-qomatini buzilishiga asos bo‘lib qolishi mumkin. Shuning 
bolalarni maktablarda partada to‘g‘ri o‘tirishiga, partalarning razmerlari bolaning bo’yiga muvofiq 
tanlanganligiga e’tiborni qaratish muximdir. Bu yosh davrida shaxsiy gigiyena maxoratlarining 
o‘zlashtirilishi, badanni chiniqtiruvchi mashqlarga moslasha borishi, to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgana 
borishi bilan bir qatorda optimal kun tartibi va maktabdagi dars jadvallarining to‘g‘ri tuzilganligi, 
o‘quv va jismoniy tarbiya mashqlarini dozalarga muvofik tashqil etilganligi, o‘qitish sharoitlarining 
gigiyenik me’yorlar

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish