O‘zbekistonda tekislik mintaqasida Baday – to‘qay va Qizilqum qo‘riqxonalarini joylashgan. Ularning tabiiy sharoiti va boyliklari tog’ mintaqasi qo’riqxonalaridan farq qilsada, O’zbekistonda tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari bilan beqiyos ahamiyatga ega.
Boday-to‘qay qo’riqxonasi.O‘tgan asrning 60-yillarida Amudaryo suvi quyilishining to‘xtashi va to‘qayzorlardan foydalanish kengaygani oqibatida bu o‘rmonzorlar va hayvonlarning yashash joylari keskin qisqardi. To‘qay changalzorlari yagona yashash joyi bo‘lgan Buxoro bug‘ularining butunlay qirilib ketish xavfi tug‘ildi.
O‘zbekiston Respublikasida to‘qay o‘rmonzorlar Amudaryo, Sirdaryo, Surxondaryo Zarafshon, CHirchiq va Qashqadaryo daryolarining quyi qismi vodiylarida ensiz tasma bo‘lib tarqalgan (1973).
70-yillarga kelib Badayto‘qay hududining Amudaryo etaklarida to‘qayzor eng ko‘p saqlanib qolgan hudud ekanligini ko‘rsatib o‘tish kerak. Unda to‘qayzorga xos bo‘lgan hayvonot va o‘simliklarning barcha xususiyatli turlari mavjud bo‘lgan. Ana shularning hammasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida yagona qo‘riqxona barpo etilishiga zamin yaratdi.
«Baday-to‘qay» davlagg qo‘riqxonasi O‘zbekiston hukumatining 1971 yil 26 apreldagi farmoyishiga asosan tabiiy to‘qayzorlar va uning hayvonot dunyosini saqlab qolish maqsadida barpo etilgan.
Bugungi kunda «Baday-to‘qay» qo‘riqxonasi maydoni 6462 ga maydonni tashkil etadi.
Joylashuv o‘rn i va chegarasi. Qo‘riqxona Amudaryo o‘ng sohilida Sultonuvays tizmasi yonbag‘rida Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqhonalar va milliy bog‘lar hamda ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi tasarrufiga kiradi.
Hudud oval shaklda, janubda Amudaryo daryosi bilan tutashgan, janubi- sharkdan shimoli-g‘arbga yo‘naltirilgan va Taldiq o‘rmoni bilan chegaradosh, shimoldan va shimoli-g‘arbda esa Ko‘kdaryo oqimi bilan tasmalangan. 1969 yilda Ko‘kdaryoning Amudaryo bilan tutashgan yuqori irmog‘i to‘g‘on bilan bo‘g‘ilgan, hozirgi paytda Ko‘kdaryoga Biybozor kollektorining suvi quyilmoqda.
1971 yilda qo‘riqxonaning 1362 ga maydoni muhofaza etiladigan hudud sifatida ajratilgan. U qo‘riqxonaning shimoliy va sharqiy tomoni bo‘ylab ensiz 500 dan 700 metrgacha tasma shaklida joylashgan.