Ekologiya fanining tarixi


Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi



Download 32,43 Kb.
bet2/4
Sana01.01.2022
Hajmi32,43 Kb.
#290058
1   2   3   4
Bog'liq
Ekologiya fanining tarixi

Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi. Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd qilingan. O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al Xorazmiy (782-847), Abu Nasr Farobiy (870-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonot dunyosi, inson hayotining atrof muhit bilan bog'liqligi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.

XIX asrga kelib ekologiya ilmiy asosda A.Gumboldt, J.Lamark, K.Rule, Ch.Darvin, E.Gekkel asarlarida yoritildi. Lekin, ekologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab, o'simliklar va hayvonlar ekologiyasi, XX asrning 20-yillaridan ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi rivojlandi. 30-yillarda ekologiyaning yangi tarmog'i hisoblangan populyasion ekologiya vujudga keldi. Uning asoschisi Ch.Elton hisoblanadi.

Evolyusion va ekologik masalalarni o'z ichiga qamrab olgan ekologiya, ya'ni tabiatda turning yashashi uchun zarur bo'lgan muhitning barcha omillari yig'indisi haqidagi tushunchalar g'arb olimlari J.Grinnell, Ch.Elton, R.Makartur, D.Xatchinson, G.F.Gauzelarning xizmati tufayli fanga kiritildi. 40-yillarning boshlarida tabiiy sistemalari o'rganish jarayonida yangi yo'nalish kelib chiqdi, 1935 yili ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar, 1942 yilda esa V.N.Sukachev biogeosenozlar haqidagi ta'limotni ilgari surdilar.

20 – 30 yillarda o'rta Osiyo Davlat universitetida D.N.Kashkarov va YE.N.Korovinlarning ekologiya – gesgrafiya maktabi tashkil etilib, o'lkamiz tabiatini ekologik tadqiq qilish boshlanadi.

Ekologik ishlarning dolzarbligi munosabati bilan O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida o'simliklar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi. O.H.Hasanov, R.S.Vernik va boshqalar tomonidan ko'pchilik o'simliklarning ekologik – biologik xususiyatlari o'rganildi.

Zoologiya tadqiqotlari O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Zoologiya va parazitologiya instituti faoliyati bilan bog'liqdir. D.N.Kashkarovdan so'ng O'zbekistonda ekologik yo'nalish uning davomchilari V.A.Selevin, T.Z.Zohidov, I.I.Kolesnikov, A.M.Muhammadiev, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov va boshqalarning ishlarida rivojlandi.

Qarshi cho'lini o'rganish natijasida D.Kashkarov, A.Zokirov, A.Petrovalar birgalikda. “Qarshi cho'lining umurtqali hayvonlari ekologiyasi”ni yaratdilar. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ulardan foydalanish yo'llari ishlab chiqilgan.

Shuni ta'kidlash lozimki, respublikamizdagi iqtisodiy tanglikdan chiqish ekologik tanazzulning oldini olish uchun xalqimiz orasida qadimdan ma'lum bo'lgan ekologik madaniyatni tiklashimiz, undan hozirgi sharoitda foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak.

1940-50 yillarda sobiq ittifoqda ekologik bilimlarning rivojlanishi susayib qoldi. Atrof muhit holati tez o'zgara boshlagan XX asrning 60-yillariga kelib ekologiya jadal rivojlandi, turli yangi yo'nalishlari vujudga keldi.

Ekologiyaning bo'limlari.

Ekologiya to'rt bo'limga bo'lib o'rganiladi.

1. Autekologiya (“autos”-yunoncha so'z bo'lib, “o'zi” degan ma'noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini, turlarning qanday muhitga ko'proq va uzviy moslashganligini yoritadi.

2. Populyasion ekologiya (“populyatsion” fransuzcha so'z bo'lib “aholi” degan ma'noni bildiradi) populyasiyalarning tuzilishi va dinamikasini o'rganadi, ma'lum sharoitlarda turli organizmlar sonini o'zgarishi sabablarini tekshiradi.

3. Sinekologiya (“sin”-yunoncha so'z bo'lib, uning ma'nosi birgalikda demakdir). Biogeosenozlarning tuzilishi va xossalarini ayrim o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatlarini o'rganadi.

4. Ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo'limi, ya'ni biosfera (yunoncha “bio”- hayot, “sfera” shar) haqidagi ta'limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta'limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar va ularning ta'sirida o'zgargan hayot qobig'i “biosfera” deb aytiladi. Biosfera atmosferaning qo'yi troposfera qismini, butun gidrosferani va litosferaning ustki qismi bo'lgan nurash qobig'ini o'z ichiga oladi. Organizmlar hosil qilgan yoki o'zgartirgan barcha jonsiz jinslarni ham hisobga olganda biosferaning qalinligi taxminan 40 km dan ortadi.

Biosferadagi barcha tirik organizmlar yig'indisini V.I.Vernadskiy “jonli modda” deb ataydi va uning tarkibiga insoniyatni ham kiritadi. Biosferaning o'zgarishida inson ongi butunlay yangi, qudratli omil ekanligini ta'kidlaydi. Aqlli inson paydo bo'lganidan beri biosferani o'zgartirib keladi. Biosferaning o'z taraqqiyotida inson tomonidan boshqariladigan yangi sifat holati – noosfera (aql, tafakkur qobig'i)ga o'tishi muqarrardir. V.I.Vernadskiyning fikricha noosfera bizning sayyoramizdagi yangi geologik xodisadir. Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi. U o'z aqli va mehnati bilan yashash makonini o'zgartiradi va qaytib bunyod qiladi.


Download 32,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish