Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yig‘indisi. Bularga tuproq, iqlim, topografik va boshqa fizik omillar kiradi.
Biotik omillar. Bunga tirik tabiat omillari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga ta’siri) kiradi.
Antropogen omillar. Bunga inson faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan omillar kiradi.
Omillarning organizmga kompleks ta’siri. Cheklovchi omillar. Tirik organizmlarga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. O‘sha omillarning ayrim organizmlarga ta’sir natijasi esa xilmaxildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omilning eng yuqori darajasi — maksimumi va eng quyi darajasi — minimumi bo‘ladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun ma’lum ekologik omilning o‘z maksimumi, minimumi va optimumi bo‘ladi (84-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |