Arestotelning shogirdi Teofarst Erezeyskey o’simliklar dunyosini o’rganib ,ularning turli sharoitlarda har xil shaklda bo’lishlarini qayt qiladi .Bu o’simliklarni shakllariga qarab daraxtsimon, butasimon va o’tsimon turlarga bo’linadi. O’simliklarning turli shaklda bo’lishi ular o’sayotgan muhutning iqlim va tuproq sharoitlariga bog’liq ekanligini ko’rsatgan. Ularning inson hayotidagi rolini alohida ta’kidlaydi.
Gippokrat inson salomatligiga suv ,havo va u yashab turgan muhit nihoyatda katta ta’sir ko’rsatishini qayt qilgan edi . Bularning bari tabiat boyliklaridan to’g’ri foydalanishning nihoyatda zarur ekanligini ko’rsatadi/ O’rta Osiyo allomalari AL- Xorazmiy,Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolar ham tabiiy fanlarning rivojiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar .
Do'stlaringiz bilan baham: |