28
okeanlar suv sathi yiliga 1,4—1,5 mm ko’tarilmoqda, yoki okeanlar suvi yiliga 520-
540 km
3
ga ko’paymoqda. Buni ustiga kimyoviy gazlarning normadan oshib ketishi
oqibatida quyoshning ultrabinafsha nurlarini ushlab qoluvchi yupqa ozon qatlamini
yemirib, uni zaiflashtiradi. Natijada ultrabinafsha nurlar yer yuzasiga ko’proq
tushib, insonlarda har xil kasalliklarni, xususan, teri rakini ko’paytiradi, okeanlarda
plankton va chig’anoqsimon, organizmlarning qirilib ketishiga, ekinlar hosilining
keskin kamayishiga olib keladi. Bulardan tashqari sanoatlashgan xududlarda
atmosfera tarkibida antropogen aerozollar (yiliga 6 mln. tonnagacha yetadi)
ko’payib, ular kondensatsiya yadrosi vazifasini o’tashi tufayli bulutlar ko’proq
vujudga keladi, ifloslangan yog’inlar miqdorining ko’payishi mumkin.
Dunyodagi shaharlarning umumiy maydoni 0,5 mln. km
2
. Bu Yer kurrasi
territoriyasining 0,3%ini tashkil etadi. Dunyo aholisining 45 %i aholisi 100
mingdan ortiq bo’lgan shaharlarda yashaydi. Shahar aholisi AQSh butun aholining
74%ni, Yevropada 69%ni, Buyuk Britaniyada 80% tashkil etadi.
Shahar havosi tarkibidagi har xil zaharli gazlar va ayniqsa antropogen changlar
transportlardan, sanoatdan, isitish inshootlaridan, qurilishdan chiqadi. Shaharlarda
havo aylanishining sustligi tufayli diametri 4-10 mikron bo’lgan changlar 1 km gacha
ko’tarilib, radiusi 10 km bo’lgan maydonga tarqaladi. Diametri kattaroq (10
mikrondan katta) bo’lgan changlar uncha yuqoriga ko’tarilmay atrofga yoyilib,
300-500 m balandliklarda uchib yuradi va so’ngra shaharga chang, qurum sifatida
qaytib tushadi. Parij shahrining 1 km
2
yuzasiga 260 t, Nyu-Yorkda 300 t, Тokioda -
408 t, Moskvada 120 t qurum, chang tushadi. Germaniya territoriyasiga
avtomobillardan va zavodlardan chiqqan chang, qurum hisobiga har soatda 230 t
qattiq zarrachalar tushadi. Germaniyaning Myunxen shahrida
atmosferaga avtomobil
shinalaridan (tormoz berish tufayli) yiliga 1000 t changsimon rezinalar qo’shiladi.
Katta shaharlarda atmosferaning chang, qurum, gaz va tutunlar bilan ifloslanishi
tufayli quyoshning to’g’ri radiatsiyasi 40% gacha kamayadi. Bu miqdor Moskva
shahrida 7-10% dir. Shahar havosining ifloslanib chang-to’zon miqdorining
ko’payishi ultrabinafsha nurlarning o’tishini kamaytiradi, bu esa havoda kasal
tarqatuvchi bakteriyalarning ko’payishiga sharoit yaratadi. Shaharlar havosining
29
chang, qurum va boshqa qattiq zarrachalar bilan ifloslanishi kondensatsiya yadrosi
vazifasini o’taydi. Natijada, shahar ustida tumanli kunlar ko’payib, yog’in miqdori
ortadi. Masalan,
Samarqand
shahrida bir yilda 14 kun tuman bo’lib, 328 mm yog’in
tushsa, uning atrofidagi qishloq rayonlarida 8 kun tuman bo’lib, 317 mm yog’in
yog’adi.
Shaharlarda avtomobillardan, zavodlardan har xil zaharli gazlarning atmosferaga
chiqariladi. Bu gazlar atmosferaga ko’tarilib, suv bug’lari hamda kislorod bilan
reaksiyaga kirishib sulfat (N
2
SO
4
) va nitrat (NNOz) kislotalarini hosil qiladi. So’ngra
yomg’ir bilan aralashib yana yerga tushmoqda. AQSh hududida atmosferani
ifloslanishidan vujudga kelgan «kislotali yomg’ir» o’ta zaharli bo’lib, Kanada
territoriyasidagi o’tloq va o’rmonlarni zaharlab, quritib qo’ymoqda, odamlar
kasallanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: