122
ekologik muammolarni o’rganish bilan bevosita va bilvosita bog’liq
Ekologik muamolarni o’rganishda eng avvalo, quyidagi muhim yo’nalishlarni
o’rganish lozim:
- biogenotsenozlarning fan-texnika va jamiyat jamiyat taraqqiyoti tufayli yuzaga
kelgan ekologiyasini, ularga antropogen (insonning tabiatga bo’lgan) ta’sirlarining
turli ko’rinishlarini;
-o’zgargan muhitning inson va jamiyatga ko’rsatgan aks ta’sirini;
- insonning ma’naviy jihatdan tubanlashishi (yovuzlik, bosqinchilik, zo’rlik va
boshqalar).
Ekologik muammoni hal etishning ilmiy tahlili uchun uning ijtimoiy turmushining
turli tomonlari bilan bog’liqligini ochib berish va katta ijtimoiy hamda
insonparvarlik
masalalariga murojat etish muhimdir.
Qurilishga yoki boshqa maqsadda ishlatishga mo’ljallangan sanoat
korxonasining, biror qurilma yoki asbobning tabiiy muhitga ta’sirini aniqlash
uchun ular ekologik ekspertizadan o’tkaziladi. Ekspertizaning asosiy vazifasi
tabiiy muhitni insonning zararli faoliyatidan muhofazalashdir. Sanoat korxonalari,
suv inshootlarini kurish yoki ta’mirlash loyihalarini ekspertizadan o’tkazish, yo’l
qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish imkoniyatini beradi. Ekspertizada
qurilish va ta’mirlashdan tashqari, davlat standartlari, kimyoviy moddalarning
ko’llanish texnik sharoitlari, transport vositalari va ularni ishlatish vaqtida muhitga
tarqatilgan zararli moddalari, shovqin, elektromagnit to’lqin kabilar bilan
ta’sirni
kamaytirish maqsadida maxsus qurilmalar quriladi.
Ekspertizalarning davlat va tashkilot turlari bor. Davlat ekologik ekspertizani
tabiatni muhofazalash davlat qo’mitasi o’tkazadi. Ko’p qirrali muhim qurilishlarni
har tomonlama. mukammal o’rganish maqsadida har xil mutaxassislardan
:
iborat
ekspert komissiyalari tuziladi.
Тashkilotlarning ekologik ekspertizasini vazirlik va tashkilotlarning tabiatni
muhofazalash bo’limi va sanitar-epidemiologiya bo’limi xodimlari o’tkazadilar.
Ekspertiza davlatning ekologiyaga o id qonun va qoidalariga asoslanib olib
boriladi, chiqariladigan chiqindi va salbiy ta’sirlar me’yornomada ko’rsatiladi
124
Хulosa sifatida umumlashtirib tabiiy muhitga keltiriladigan zararlarning quyidagi
guruhlarini ko’rsatish mumkin:
1. Havoni tabiiy muhitga va inson salomatligiga zarar keltiruvchi moddalar bilan
ifloslantirish.
2. Хo’jasizlik bilan suvni isrof etish va suv havzalarini ifloslantirish.
3. Yerlarni sanoat, qurilish, maishiy chiqindilar bilan ifloslantirib, ularni
qayta tiklash (rekultivatsiya) choralarini ko’rmaslik.
4. O’rmon, to’qay va cho’l o’simliklarini yo’qotadigan ishlar.
5. Ovchilik qoidalarini buzish va jonivorlar yashaydigan muhitni ifloslantirish.
6. Dehqonchilikda zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish tartiblarini
buzish.
7. Qayta tiklanmaydigan qazilma konlardan xo’jasizlarcha bir tomonlama
foydalanib, kon va kon sanoati korxonalari atrofini zararli chiqindilar bilan
shikastlab, qayta tiklash choralarini ko’rmaslik.
O’z ish faoliyati yoki layoqati tufayli tabiatga zarar keltirgan shaxslar tashkiliy,
iqtisodiy va hatto jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: