Ekologik xavfsizlik. Environmental safety



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/79
Sana26.07.2021
Hajmi2,14 Mb.
#128926
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79
Bog'liq
m2NMfOK5teA4eMKn0ca0zblQ8Dmx2IoJEnTYSHGX

5-rasm. Sharora surilmasi
 
 


 
68 
 
6-rasm. Sharora surilmasining o’ng tomondan bostirib kelishi natijasida 
binolarning ko’milib ketishi va buzilishi  
1. Тog’  yonbag’ri  etaklarining  tabiiy  holatini  oqar  suvlar,  suv  omborlari  ta’sirida 
buzilishi hamda rejasiz olib borilgan qurilish ishlari natijasidir. 
2. Qiya  satxlarda  tarqalgan  tog’  jinslarining  xossa  va  xususiyatlarini,  mustaxkamlik 
darajasining  o’zgarishi,  sug’orish  ishlari,  qor-yomg’ir  suvlari  ta’sirida  namligining 
oshishi. 
3. Тog’  jinslariga  yer  osti  suvlari  (gidrodinamik)  va  yer  ustki  suvlari  (gidrostatik) 
bosimining ta’siri. 
4. Тog’  jinsining  zichligini  va  mustaxkamligini  burg’ulash  hamda  tog’  kavlash  ishlari 
natijasida buzilishi. 
5. Тektonik va  seysmik  quchlar  ta’siri.  Surilishlarni  yuzaga kelishida hududning iqlim 
sharoiti, gidrogeologik sharoiti va boshqalar. Тog’ jinslarining qiya sath bo’ylab surilishida 
iqlim  sharoiti  eng  muhim  omillardan  biri  bo’lib,  u  sekin,  davomli  yog’ingarchiliklar 
kuzatiladigan  yerlarda  keng  tarqalgan  bo’ladi.  Bunga  sabab  yomg’ir  suvlari  tog’  jinslari 
qa’riga  singib  (shimilib)  ularning  zarrachalari  orasidagi  bog’lanishni,  ishqalanishga 
qarshiligini  kamaytiradi,  og’irligini  oshiradi.  Qiya  satxlardagi  tog’  jinsining  og’irligi, 
mustahkamligi  o’zgarishi  bilan  ularning  muvozanat  holati  o’zgaradi  va  past  tomonga 
surilish  yuzaga  keladi.  Shuning  uchun  surilmalar  asosan  qorlar  erib,  yog’ingarchilik 
ko’paygan mart oylarida boshlanib, may-iyunda tuxtay boshlaydi.  
  Hududlarning  gidrologik  sharoiti  ularning  iqlim  sharoiti  bilan  chambarchas  bog’liq. 


 
69 
Yog’ingarchilik,  qorlar  va  muzliklarning  erishi  natijasida  daryo  va  suv  havzalarida  suv 
sathining  qo’tarilishi  qirg’oqlarning  yuvilishiga,  ya’ni  qiya  sathlardagi  muvozanat 
holatining  buzilishiga  sabab  bo’ladi.  Misol  sifatida  Amudaryo,  Zarafshon  daryosi 
qirg’oqlarida, Chorvoq suv ombori atrofida kuzatilgan surilmalarni sanab o’tish mumkin. 
Respublikamizda surilish hodisalari asosan dengiz sathidan 800-1800 m balandlikda, lyoss 
jinslari  tarqalgan,  qiyaligi  15-35  bo’lgan  tog’  yonbag’irlarida  quzatiladi.  Ma’lum  shart-
sharoitlar mavjud bo’lgan hollarda (ketma-ket yer silkinishi, gillik va bo’shoq lyoss tog’ 
jinslarini suv bilan to’yinishi) bundan ham baland sathlarda kuzatilishi mumkin.  
Surilmalarning  yuzaga  kelishi  va  rivojlanishida  hududlar  strukturasining  tektonik 
sharoiti asosiy omillardan biridir. Bu tub tog’ jinsidagi uzilmalaridan  kelayotgan yer 
osti  suvlari  bilan  gillik  va  lyoss  jinslar  tag  qismining  namligini  oshiradi  va 
hududlarning seysmik  faoliyatini belgilaydi.  Yuqorida ko’rib o’tilgan  misollardan 
ma’lumki,  ko’pchilik  surilmalarning  yuzaga  kelishida  zilzila  asosiy  omil  bo’lib 
xizmat qiladi.  
Bunga  sabab  tog’  jinslarining  gravitatsion  og’irligini  seysmik  to’lqinlar 
ta’sirida  o’zgarishidir.  Yer  osti  suvlari  surilmalarni  yuzaga  kelishidagi  muhim 
omildir.  Ular  gidrodinamik  kuchlarni  hosil  qiladi,  ya’ni  suriluvchi  tog’  jinslari 
ostidan suv bosimini yuzaga keltiradi, bu esa o’z navbatida, qiya sathlarda tarqalgan 
tog’  jinslari  muvozanat  holatiga  ta’sir  ko’rsatadi  va  surilish  hodisasining  sodir 
bo’lishiga  olib  keladi.  Surilmalar  jarayonini  o’rganish  natijasida  ularni  yuzaga 
kelishida quyidagi uch bosqichning kuzatilishi aniqlangan: 
1-bosqich.  Surilmalarning  tayyorlanish  bosqichi.  Bu  bosqichda  qiya  sathlardagi 
tog’ jinsi turg’unligi susayadi, yer sathida turli kengligdagi yoriqlar paydo bo’ladi. 
2-bosqich.  Тog’  jinslarining  katta  tezlik  bilan  yoki  sekin-asta  surilishi 
kuzatiladi.  Surilish  tezligi  yuqorida  qayd  etilgan  omillarning  ta’siri  darajasiga 
bog’liq bo’ladi. 
3-bosqich.  Surilmalarning  so’nish  bosqichi.  Bunda  tog’  jinslari  surilishdan 
to’xtaydi. 
Surilmalarni  chuqur  o’rganish  ularni  oldindan  bashorat  qilish  imkonini  beradi. 
Buning  uchun  kompleks  injener-geologik  qidiruv  ishlari  o’tkaziladi.  Surilma 


 
70 
kuzatiladigan  maydonlarning  tabiiy  sharoiti  va  geologik  muhiti  fizik  andozalarda 
(modellarda)  o’rganiladi,  hisoblash  ishlari  bajariladi.  Agarda  hududlarda  surilma 
bo’lishi xavfi bo’lsa, yoki harakatdagi surilma kuzatilsa ularni bartaraf qilish, oldini 
olish ishlari bajariladi, chora-tadbirlar belgilanadi.  
Surilmalar  vujudga  kelishi  va  harakatdagi  surilmalarga  qarshi  olib  boriladagan 
ishlar mazmuniga qarab ikki guruhga bo’linadi: 
1. Surilmalarning oldini olish usullari. 
2.  Surilma harakati va ta’sirini bartaraf etish usullari. 
Surilmalarning oldini olish usullariga:  
-qiya  sathlarda  qurilish  ishlarini,  ular  bilan  bog’liq  bo’lgan  kavlash  ishlarini  olib 
bormaslik. 
-qiya satxlarda tog’ jinsi to’kilmalarining yig’ilishiga yo’l qo’ymaslik; 
-temir yo’l, transport vositalari harakat tezligini belgalangandan oshishini taqiqlash; 
-qiya satxlardagi o’simlik dunyosini muhofaza qilish; 
-qiya sathlarda sug’orish, shudgorlash ishlarini olib bormaslik kabilar kiradi. 
Surilma harakatini va ta’sirini bartaraf etuvchi usullarni quyidagi 4 guruxga bo’lish 
mumkin: 
1. Surilma harakati tezligini sekinlashtirish yoki to’xtatishga qaratilgan usullar: 
a) Suv oqimini tartibga soluvchi va boshqaruvchi qurilmalar qurish; 
b) Daryo va suv havzalari qirg’oqlari yuvilishining oldini oluvchi qurilmalar qurish; 
v) yer osti suvlari sathini pasaytirish. 
2.  Тog’ jinsi surilishlarini ushlab turuvchi tirgak devorini qurish. 
3.  Suriluvchi tog’ jinsi qatlamini olib tashlash. 
4.  Тog’ jinslari fizik-mexanik xususiyatlarini sun’iy usulda yaxshilash. 
Тog’  hududlarida  kuchli  yomg’irlarning  yog’ishi,  muzlik  va  qorlarning  tez  erishi 
natijasida  hosil  bo’lgan  daryo  toshqinlarini,  tog’  yon-bag’irlarida  nuragan,  tog’  jinsi 
bo’laklarini suv oqimi bilan tekislikka qarab oqizib tushirilishiga sel hodisasi deb yuritiladi. 
Sel  oqimi  massasining  taxminan  50-60%  turli  kattalikka  ega  bo’lgan  tog’  jinsi 
bo’laklaridan,  o’simlik  va  daraxtlar  bo’laklaridan  iborat  bo’ladi.  Sel  oqimining 
davomiyligi  0,5-2  soatdan  12  soatgacha,  tezligi  5-8  m/s  dan  12  m/s  gacha  yetishi 


 
71 
mumkin, sel massasining zichligi esa 1,2-1,9 t/m
3
 ni tashkil etadi. 
Bunday fizik ko’rsatkichlarga ega bo’lgan oqim juda katta kuchga ega bo’lib, uning 
kuchi quyidagi ifoda bilan aniqlanishi mumkin: 
R = m V

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish