Ekologik xavfsizlik. Environmental safety


-rasm. Тoshkent. 1966 yilgi  zilziladan shikastlangan bino



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/79
Sana26.07.2021
Hajmi2,14 Mb.
#128926
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Bog'liq
m2NMfOK5teA4eMKn0ca0zblQ8Dmx2IoJEnTYSHGX

1-rasm. Тoshkent. 1966 yilgi  zilziladan shikastlangan bino. 
 
 
 
2-rasm. Gazli. 1984 yilgi zilziladan shikastlangan bino 


 
56 
 
3-rasm. Gazli. 1984 yilgi zilziladan hosil bo’lgan yoriq 
 
 
4-rasm. Gazli. 1984 yilgi zilziladan hosil bo’lgan vulqonchalar 
 
Insoniyat o’zining butun tarixiy taraqqiyoti mobaynida ko’p yer qimirlashlarni 
boshidan kechirgan, uning oqibatlarini guvohi bo’lgan. Uzoq tarixiy saboq, ya’ni 
yer  siljishi  kishilarning  ruhiy  holatiga  bo’lgan  ta’siri,  imorat  va  inshootlarning 
buzilishi, vayron qilinishi,  yer  yuzasida  vujudga  kelgan o’zgarishlar (yer  sathida 
yoriqlarning  va  buloqlarning  paydo  bo’lishi)  yuz  bergan  hodisaning  kuchini 
baholashga  o’rgatgan.  Natijada  nisbiy  baholash  shkalasi  paydo  bo’lgan.  Quyida 
shu nisbiy shkalani ba’zi o’zgarishlar bilan bayon etamiz. Respublikamizda va juda 
ko’p davlatlarda zilzila kuchi 12 balli shkala asosida baholanib, har bir ballga ega 
bo’lgan zilzila, o’z tafsilotiga ega: 
1 .  ball - Sezilarsiz - Faqatgina seysmik asboblargina qayd qiladi. 


 
57 
2 .  ball - Juda kuchsiz - Uy ichida o’tirgan ba’zi odamlar sezishi mumkin (deraza 
oynalari titraydi). 
3. ball - Kuchsiz - ko’pchilik odamlar sezmaydi, ochiq havoda tinch turgan odam 
sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin titraydi. 
4 . ball - O’rtacha sezilarli. Ochiq havoda turgan odamlar va bino ichidagi kishilar 
sezadi.  Uy  devorlari  qirsillaydi.  Ro’zg’or  anjomlari  titraydi,  osilgan  jismlar 
tebranadi. 
5 . ball - Ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg’onadi. Ba’zi odamlar 
hovliga  yugurib  chiqadi.  Idishdagi  suyuqlik  chayqalib  to’kiladi,  osilgan  uy 
jihozlari qattiq tebranadi. 
6 . ball - Kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uyg’onadi.  Ko’pchilik  odamlar 
hovliga  yugurib  chiqadi.  Uy  hayvonlari  betoqat  bo’ladi.  Ba’zi  hollarda  kitob 
javonidan kitoblar, javonlardagi idishlar ag’darilib tushadi. 
7 .  ball  -  Juda  kuchli.  Ko’pchilik  odamlarni  qo’rquv  bosadi,  ko’chaga  yugurib 
chiqadi,  avtomobil-haydovchilari  tomonidan  harakat  vaqtida  ham  seziladi,  uy 
devorlarida  katta-katta  yoriqlar  paydo  bo’ladi,  havzalardagi  suvlar  chayqaladi  va 
loyqalanadi. 
8 .  ball  -  Yemiruvchi.  Хom  g’ishtdan  qurilgan  imoratlar  butunlay  vayron  bo’ladi, 
ancha  pishiq  qilib  qurilgan  imoratlarda  ham  yoriqlar  paydo  bo’ladi,  uy  tepasidagi 
mo’rilar  yiqiladi, bazan daraxtlar butun tanasi bilan yiqilib tushadi, sinadi, tog’lik 
joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi. 
9.  ball  -  Vayron  qiluvchi.  Yer  qimirlashga  bardosh  beradigan  qilib  qurilgan 
imorat  va  inshootlar  ham  qattiq  shikastlanadi,  poydevorlaridan  siljib,  qiyshayib 
qolishi  mumkin.  Oddiy  imoratlar  butunlay  vayron  bo’ladi,  yer  yuzasida  yeriqdar 
paydo bo’ladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin. 
10.  ball  -  Yakson  qiluvchi.  Hamma  imoratlar  yakson  bo’ladi.  Тemir  yo’l  relslari 
to’lqinsimon  shaklga  kirib,  bir  tomonga  qarab  egilib  qoladi,  yer  osti  kommunal 
quvurlari  uzilib  ketadi,  cho’kish  hodisalari  yuz  beradi,  suv  havzalari  to’lqinlanib 
qirg’oqqa uriladi, qoyali yon bag’irlarda katta-katta surilish hodisalari sodir bo’ladi. 
11 .  ball  -  Fojiali.  Hamma  imoratlar  deyarlik  vayron  bo’ladi,  to’g’on  va 


 
58 
dambalar  yorilib  ketadi,  temir  yo’llar  butunlay  ishdan  chiqadi,  yerning  ustki 
qismida  katta-katta  yoriqlar  paydo  bo’ladi,  yer  ostidan  loyqa  balchiqlar  ko’tarilib 
chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi. 
 
1-jadval 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish