Ekologik turizmning mazmun va mohiyato



Download 265,57 Kb.
bet2/7
Sana22.11.2022
Hajmi265,57 Kb.
#870394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekologik turizmning mazmun va mohiyato

1-chizma.Ekoturizmning ekologik fanlar bilan bog‘langanligi
Ekologik turizm bilan tabiatshunoslik va tabiatni muhofaza qilish fanlari va amaliyotlari tobora o‘zaro yaqinlashib bir maqsadga intilib bormoqda. Mavzu boshlanishidagi mulohazalardan kelib chiqib ekoturizmning bosh maqsadi ham tabiatni va uning barcha resurslarini hozirgi va kelajak avlodlar uchun muhofaza qilish va saqlab qolishni bildiradi. Ekoturizmning maqsadini belgilashda jahonda ekoturizmning kelib chiqishi va shakllanishini puxta o‘rganishni talab qiladi. Hozirgi kunda ekoturizm jahon turizmida jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalish hisoblanadi. Shu o‘rinda ekoturizm insoniyatning XXI asrdagi eng og‘ir sayyoraviy ekologik muammolarining yechimlarini ham topilishida najot yo‘llaridan biri ekanligining mazmunini, mohiyatini tushunib olishni talab qiladi.
Turizmning ko‘plab turlari o‘z mavzusi yoki atalishi bo‘yicha bir yo‘nalishni yoki bir maqsadni bildiradi. Masalan, tarixiy obidalar bilan bog‘liq turlar turdagi tarixiy obidalarning tarixi yoki ularning mo‘jizaviy qurilishlari, ulug‘vorligi, qadimiyligi bilan insonlarni o‘ziga jalb qiladi. Albatta, tarixiy obidalarga qiziquvchi turistlarni yoki ziyorat turizmini misol qilganimizda, ziyoratchi turistlar birinchi navbatda o‘zi uchun muqaddas bo‘lgan ziyorat makonlarni tanlaydi va ziyoratni amalga oshiradi, so‘ngra ushbu ziyoratgohning tarixi bilan qiziqishi mumkin. Ekoturizmda esa majmuali masalalar qo‘yiladi va birinchi navbatda insonning tabiat boyliklaridan foydalanishi, tabiat bag‘rida dam olishi va ushbu tabiat boyliklarining o‘z farzandlariga ham tegishli ekanligini anglab bilishi, muhofaza qilishi, ongli ravishda saqlashga, ko‘paytirishga harakat qilishi tushuniladi. Chunki, Butunjahon Turizm Tashkiloti ekoturizmni rivojlantirishda, uning maqsadi va vazifalarini belgilashda BMTning insoniyatning hozirda og‘ir ekologik inqirozlarga duch kelganligini va sayyoramiz hayotini saqlab qolishdagi global ekologik muammolarini hal qilishda ekoturizm najot yo‘llaridan eng maqbuli ekanligini hisobga olgan. Shuning uchun ham, mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishda birinchi navbatda ekoturizmning maqsadi va vazifalarini puxta o‘rganib olishimiz talab qilinadi. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasi mukammal ishlab chiqilgan. Bu muhim hujjatda ekoturizmning maqsadi va vazifalari ekoturizmning xalqaro talablari va huquqiy-me’yorlari berilgan. Ushbu Konsepsiyada belgilanganidek, ekoturizmning maqsadi:
• hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tabiatdan turistik yo‘nalishda oqilona foydalanish hisoblanadi. Ekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarnibajarish talab etiladi:
• ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlar ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yaratish;
ekoturistik fan, ta’lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
• aholining ekologik ongi va madaniyatini ekoturizm orqali o‘stirish;
• ekoturizm bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
• ekoturizm monitoringini va istiqbolini olib borishni yo‘lga qo‘yish;
• milliy davlat hududini ekoturizm bo‘yicha rayonlashtirib chiqish;
• biologik xilma-xillikni saqlash;
• davlatning ekoturizmga oid taktik reja va strategik dasturlar hamda tadbirlarini ishlab chiqish
Ekoturizmning yuqoridagi maqsadi va vazifalarini o‘rganganimizda bu turni mamlakatimizda rivojlantirishda ko‘plab muammolarni hal qilishimizga to‘g‘ri kelishini va albatta birinchi vazifalarimiz ekoturizmning asl mohiyatini, uning talablarini, ekoturizmni rivojlantirishga tayyorliligimiz va mas’ulliligimizning, bilimliligi mizning qanday darajalarda ekanligini to‘g‘ri baholashimiz lozim. Ikkinchidan, mamlakatimizda ekoturizm muammolarini o‘rganuvchilar va uni tashkil qiluvchilar ekoturizm kuchli rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini mukammal o‘rganishlari va ularning tajribalaridagi usullar, texnologiyalar yoki amaliyotlar bizning ekoturizmimizga qanchalik muvofiq kelishliklarini yaxshi bilishlari lozim.
Keltirilgan jadval ma‘lumotlari bilan tanishib chiqib Respublikamizda ekoturizm rivojlanishi kerak bo’lgan birinchi navbatdagi ekoturizm resurslari davlat muhofazasida ekanligi ma‘lum bo’ladi. Bu holat juda to’g r’i qaror qilingan. Dunyoning barcha davlatlarida ham 1-jadvaldagi tabiiy hududlar o’zining o’simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan qattiq qo’riqlanadi. Shu bilan birga ta‘kidlash lozimki, juda ko’plab davlatlarda, ayniqsa tabiatda noyob o’simlik yoki hayvon turlari muhofaza qilinadigan qo’riqxonalardan ham ekologik turizm maqsadlarida samarali foydalanishadi. Bunga misol qilib Afrika, Kanada, Amerika, Avstraliyadagi qo’riqxonalar, rezervatlar va milliy parklar haqidagi kino seriallarning tobora ommaviylashib borayotganligini keltirish mumkin. Bu holatning eng muhim sababi, bu muhofazadagi manzillardan ekoturizmda foydalanishning huquqiy-qonuniy me‘yorlari yaratilganligidir va bu qonunlarga «mehmonlar» ham «mezbonlar» ham qattiq rioya qilishadi.


  1. Download 265,57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish