Ekologik turizmni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari Reja



Download 438,36 Kb.
bet3/3
Sana16.04.2022
Hajmi438,36 Kb.
#557543
1   2   3
Bog'liq
Ekologik turizmni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari

Milliy parklar - bu tabiiy landshaftni har taraflama muhofaza qiluvchi va dunyoning ko‘plab davlatlari ekoturizmda foydalanayotgan, biri-birini quvvatlab kelayotgan tabiiy majmualardir. Hozirgi vaqtda dunyoda 3,4 ming milliy parklar mavjud.
Tabiat qo‘riqxonalarining tabiatidagi umumiy jozibador, betakror ko‘rinishlarining reklamasini ishlab chiqishda ham turizm bozori, turizm haridori talab qiladigan shartlari bor. Ular quyidagilar:

  • tabiat qoriqxonalarida ekoturizm soqmoqlari, marshrut yollari atrofida ozgaruvchan tabiiy landshaft uchastkalari ajratiladi (archali soy, qoyatoshli dara, togyoki soydagi buloq, tekis otloqzor va h.k.).

  • agar tabiat qoriqxonasi toglarda joylashgan bolsa qoriqxona hududidagi soylar, daralar kop bolib osimliklari, relefi tuzilishi boyicha oxshash bolsa, bu korinishlardan eng jozibadori, betakrori reklamaga olinadi.

  • qoriqxonalarimizning tashkil qilinganiga 60 yillardan koproq vaqt otdi. Shuning uchun ham ko‘plab qo‘riqxonalarimizda 100, 200 hatto ming yillik daraxtlar bor. Anashu daraxtning hozirgi ko‘rinishi va xalq so‘zlari bilan ifodalanadigan qisqacha tarixi bilan tabiatning umumiy ko‘rinish reklamasiga alohida rasm va lavhalar bilan qo‘shiladi.

  • agar tabiat qo‘riqxonasida bir necha tabiat lanshaftlari bo‘lsa har bir tabiat landshaftlaridan eng chiroyli ko‘rinishlari reklamada berilishi kerak.

O‘zbekistonda ekologik sayohatni rivojlantirish borasida mahalliy aholini jalb qilish loyihalari ishlab chikilmoqda. TASIS tashkilotining moliyalashtirishga asosan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston davlatlari davlatlararo G‘arbiy Tyan-Shan bioxilmaligini saqlash bo‘yicha loyiha tuzdilar. Bu Nurota-Qizilqum tabiatni muhofaza qilish kompleksida, ruxsat etilgan jonivorlarni ov qilish faoliyatidan daromad keltirib va bu jonivorlarning ko‘payishini va tiklashga yordam beradigan harajatlarga ishlatiladi.
13.4. O‘zbekiston Respublikasining ekoturistik rayonlari
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining mutaxassislari O‘zbekistonning ekoturistik rayonlari haritasini ishlab chiqishgan. Haritaga muvofiq, butun mamlakatimiz hududi XIV ekoturistik rayonga ajratilgan. Har bir ekoturistik tumanga ekoturistik zona deb ham qarash mumkin. Ular jumlasiga Ustyurt, Orol va Orolbo‘yi, Amudaryo, Qizilqum, Nurota, Zarafshon, Aydarkul, Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron, Farg‘ona, Turkiston, Qashakadaryo, Hisor, Surxondaryo ekoturistik rayonlari kiritilgan.
Har bir rayon o‘zining ekoturistik holati, imkoniyatlari, shart-sharoitlari va rivojlanish istiqbollari nuqtai nazaridan ajralib turadi. Masalan, Ustyurt ekoturistik rayonini oladigan bo‘lsak, u O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy Qoraqolpog‘istonda joylashgan plato bo‘lib, uning umumiy maydoni 200 ming km2 ni tashkil etadi. Bu joylar dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik qoyali jarlari, davolash xususiyatiga ega bo‘lgan juda katta-1000 km tuzli Borsakelmas sho‘rxoki bilan mashhur. O‘simlik qoplami siyrak, osh tuzi va balchiqli tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi qurib bitkazilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi aynan ana shu tuzlar hisobiga ishlaydi.
Neolit davridan qolgan «Ustyurt makoni» ham noyobdir. Unda 60 ga yaqin qadimiy odamlar yashagan tabiiy ob’ektlar aniqlangan. Ularning ichida ham tarixiy, ham ekoturistik ahamiyatga moyil «Tempa» makoni bo‘lib, undan Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi qadimiy mehnat va ov qurollarini topgan.
Orol va Orolbo‘yi ekoturistik rayoni ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo‘lgani uchun ham ekstremal ekoturistik ob’ekt bo‘lib hisoblanadi. Ekoturistik marshrutlar bir paytning o‘zida ham Orolning qurigan, ham uning ta’sirida bo‘lgan Orol atrofi hududlarini qamrab oladi. Ekoturlar nafaqat treking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertolyotlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Amudaryo ekoturistik rayoni. Amudaryoning o‘zaniga yaqin sohillarida to‘qayzorlar mavjud bo‘lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft hisoblanadi. Quyi Amudaryoning o‘ng sohilida to‘qay landshaftidagi qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto‘qay qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Ornitafaunani saqlash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil etilgan. Bulardan tashqari, Qizilqumning g‘arbiy qismida, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, kembriy va kembriygacha davrda burmalangan tog‘ jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Uvays tog‘lariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo rayonida O‘zbekistonning ko‘hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan, uning arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Ekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olib borish mumkin.
Qizilqum rayoni cheksiz qumliklardan iborat bo‘lsada, lekin boy o‘simlik va hayvonot olamiga ega. Masalan - rekreatsion, geoekologik, geomorfologik, geodemografik, geopolitik, geokartografik, geobotanik rayonlar va h.k. Ekoturistik ob’ektlardan biri bo‘lgan qo‘riqxonada Buxoro bug‘usi (xongul), to‘ng‘iz, qirg‘ovul, echkemar, jayron, qum charxiloni, Turkiston kobrasini va hattoki, Prjivalskiy otlari saqlanadi. Qizilqumda bahor oylarida kishilarga estetik zavq berib, hordiq chiqaradigan chiroyli gulli o‘simliklar lola, chuchmoma, eremurus, boyg‘alcha, lolaqizg‘aldoq, boychechak kabilar o‘zgacha go‘zallik kasb etadi.
Tuyalar karvoni esa unga yanayam ekzotik tus beradi hamda uni jozibadorligini oshiradi.
Nurota ekoturistik rayoni o‘zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975- yilda tashkil etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo‘lgan Nurota tog‘ yong‘oqzor-meva qo‘riqxonasi mavjud. Bu qo‘riqxonaga «Ekosan» qoshidagi «Ekosantur» firmasi tomonidan ko‘plab marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog‘ning janubiy yon bag‘rida joylashgan shamol ta’sirida tebranib turuvchi bahaybat harsang toshli «Sangijumon», «Koriz qoldiqlar» kabi tabiat yodgorligi ekoturizmning muhim ob’ektlaridan bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘p asrlik ziyoratgoh «Chashma buloq» yaqinida «Chilustun» masjidi, madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qal’asi joylashgan. Qoratog‘ tizmasining janubiy yon bag‘rida «Sarmish darasi»dagi qoyalarda avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan.
Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m, maydoni 163 m keladigan «Maydon karst g‘ori», Shimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130 m, absolyut balandligi 1100 m, maydoni 70 m keladigan «Xonaixudo karst g‘or» da g‘orshunoslikni rivojlantirish mumkin. Bulardan tashqari, XI asrda bunyod etilgan va XVIII asr boshlarigacha turgan «Raboti Malik karvonsaroyi» sayyohlarning to‘xtash joyi shuningdek, savdogarlarning savdo qilish joyi bo‘lgan. Raboti Malik yonida ming yillik tarixga ega bo‘lgan madaniy yodgorlik-sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 m botirilgan sardobada butun yoz bo‘yi muzdek va toza suv saqlangan.
Zarafshon ekoturistik rayonida Zarafshon daryosi bo‘ylarida joylashgan to‘qay landshafti, undagi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun tashkillashtirilgan «Zarafshon qo‘riqxonasi» mavjud. Buxoro viloyatining Shofrikon o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan qum cho‘l landshafti, u yerdagi o‘simliklar va hayvonlar hamda tarixiy yodgorliklar (Vardanza shahar harobalari) davlat tomonidan qo‘riqlanadi. «Vardanza qo‘riqxonasi», «To‘dako‘l flora va faunasini boyitish buyurtmaxonasi», Qoravulbozor xo‘jaligida joylashgan «Jayron- ekomarkazi», suv va botqoqqa moslashgan qushlarni ko‘paytiruvchi «Dengizko‘l buyurtmaxonasi», Zarafshon tog tizmalaridagi Omonqo‘ton va Temurlang karst g‘orlari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ tizmalaridagi ko‘p qavatli «G‘untak g‘ori» va boshqalar diqqatga sazovordir.
Aydarko‘l rayonidagi ko‘llar tizimining paydo bo‘lishi bevosita Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi bilan bog‘likdir. Sizot suvlari hamda zovur-drenaj suvlarining Aydarko‘l botig‘i tomon harakatlanishi natijasida botiqdagi Tuzkon ko‘lining kengayishi Arnasoy hamda Aydarko‘l ko‘llarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Botiqdagi keyingi dinamik o‘zgarishlar Chor-dara suv omboridagi (1969 y.) ortiqcha suvlarning tashlanishi bilan bog‘liq. Bu suvlarning to‘planishi natijasida Arnasoy ko‘llari birlashib yagona Aydarko‘llar tizimini va undagi faunani boyitib beruvchi "Arnasoy buyurtmaxonasi"ni tashkil etilishiga olib keldi.
Sirdaryo rayoni Sirdaryo rayoni o‘zanidagi to‘qayzorlari bilan ajralib turadi. Sirdaryoning ba’zi joylarida doimiy yoki mavsumiy orolchalar mavjud bo‘lib, unda juda ko‘p qushlar yig‘iladi va manzarali ekoturistik ob’ekt bo‘lib hisoblanadi.
Chirchiq-Ohangaron tog‘li ekoturistik rayonida xalqaro ekologik rezervat joylashgani uchun ham uning huquqiy maqomi tabiatga aralashmaslik prinsipiga moslashtirilishi lozim. Undagi ekoturistik sayohatda vertolyot va samolyotlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Ekoturlar oldindan belgilab berilgan kichik yo‘lakchalar orqali, kam sonli turistik guruhchalarga bo‘lingan tarzda, yilning hayvonot olamida uchramaydigan va ko‘paymaydigan davrlarida piyoda va otlarda aylanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur ekoturistik marshrutlarda mahalliy aholining xizmatidan atroflicha foydalanish ularni noekologik yo‘naltirilgan turmush tarzini ijobiy tomonlarga o‘zgartiradi.
Farg‘ona rayoni ekoturizmni rivojlantirishda muhum ahamiyat kasb etadi. Chunki undagi landshaftlarining turli-tumanligi markazdagi cho‘llardan tortib, to maftunkor tog‘ cho‘qqilari barchani o‘ziga jalb etadi. Tog‘lardagi tezoqar va ba’zida kechuv qiyin bo‘lgan daralarda raftlarda oqish (raf ting), Janubiy
Farg‘onadagi balandligi 10 m keladigan, dam olayotgan tuyalarni eslatuvchi ekzotik relef shakllariga hamda "Yozyovon davlat tabiat yodgorligi"dagi ajoyib tabiiy qum massivi (1994-yilda tashkil etilgan va maydoni 1,9 ming ga) piyoda turlar uyushtirish mumkin. Koksu vodiysida 120 yil avval vujudga kelgan, oq, kulrang qoyalar bilan o‘ralgan toza, muzdek suvli ko‘k va yashil ko‘llar ham ekoturizm ob’ektidir.
Farg‘ona vodiysida milliy hunarmandchilik juda ham rivojlanganligi tufayli uni ekoturizm bilan uyg‘unlikda olib borish mumkin. Rishtonda avloddan-avlodga o‘tib keluvchi kulolchilik san’ati, Chustda do‘ppido‘zlik, pichoqchilik va temirchilik, Marg‘ilonda atlas to‘qish kabi milliy xunarmandchilik asrlar davomida taraqqiy etib kelmokda.
Turkiston ekoturistik rayonida ekoturlarni alohida muhofaza etiladigan hududlarga uyushtirish mumkin. Chunki bu rayonda Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘rida 1959- yilda tashkil etilgan, absolyut balandligi 1760-3500 m, umumiy maydoni 21735 ga bo‘lgan «Zomin davlat qo‘riqxonasi», maydoni 24110 ga bo‘lgan noyob tog‘-archa ekosistemalarini tiklash va rekreatsiya maqsadlarda foydalanish uchun 1978- yilda tashkil etilgan «Zomin milliy bog‘i» mavjud.
Qashqadaryo ekoturistik rayoni cho‘l, dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida cho‘l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog‘ oldi va tog‘li hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979-yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo‘lgan, MDH davlatlari ichida yagona «Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi», 1992-yilda tashkil etilgan «Muborak buyurtmaxonasi», 1992- yilda tashkil etilgan «Sechenko‘l buyurtmaxonasi» mavjud.
Hisor rayoni 1983-yilda tashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv vazirligiga qarashli, absolyut balandligi 1150-4349 m. bo‘lgan, 870 xil o‘simlik, 140 xil hayvonot olamiga ega, maydoni 80,9 ming ga bo‘lgan Hisor davlat qo‘riqxonasi mavjud. Bu rayonda ekoturlarni mahalliy aholining madaniyatini aks ettiruvchi "Boysun" etnografik folklor ansambli chiqishlari bilan uy g‘unlikda olib borish sayohlarni o‘ziga ko‘proq jalb qilish imkoniyatini beradi.
Surxandaryo ekoturistik rayonida Ko‘hitang tog‘li hududda 1987-yilda tashkil etilgan, 53,7 ming ga maydonda 800 xil o‘simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan «Surxon davlat qo‘riqxonasi» mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning o‘ziga xos rayonlaridan biri, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko‘p oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor1.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yetarli, imkoniyatlar katta. Ekoturni yilning barcha fasllarida o‘tkazish va uni tarixiy, diniy turizm bilan qo‘shib olib borish mumkin.
Toshkent shahriga yaqin bo‘lgan Xumson-Oqtosh zonasining turistik salohiyati tur mahsulot xizmatlarining narxi uncha baland emasligi va xududning katta imkoniyatlari bilan farqlanadi. Xumsonga qilinadigan tashriflarning o‘rtacha soni har mavsumda 10 ming kishiga yetadi, Xumsonning-Oqtosh zonasiga bir kunlik tashriflarni ham qo‘shib hisoblaganda kamida 120 ming kishiga yetishi mumkin.
Xumson xalqaro turizm yo‘nalishida kam tilga olinadi. Chet el sayohatchilari bu yerlarga faqat Toshkentga qilgan tashriflari doirasida kelishadi (ularning ulushi atigi 2% ni tashkil qiladi, bo‘lish muddatlari 2 kungacha). Bu hol xalqaro miqiyosda reklama ishlari hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligini anglatadi. Shu bilan birga, Xumson-Oqtosh turistik zonasiga qiziqish bildiradigan mahalliy turoperatorlar mavjud. Masalan, Asia rast, Ecosan tour, Elena tour, AST, Ark- Osiyo firmalari shular jumlasidandir. Xumson-Oqtosh zonasi bo‘yicha tavsiya qilinadigan turistik mahsulot yo‘nalishlari:

  • tog‘da otda yurish marshrutlari;

  • tog‘da piyoda yurish marshrutlari;

  • folklor va gastronomiya;

  • tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, joylarga ekologik turlar uyushtirish;

  • baliq ovi, dorivor o‘simliklar yig‘ish.

Yuqorida ko‘rsatilgan marshrutlar o‘tkazish uchun eng qulay vaqtlar:

  • trekkinglar-aprel-iyun oxiri va sentyabr-oktyabr o‘rtalari;

  • tog‘larga chiqish-may-sentyabr;

  • suvda sayr qilish-may-iyul;

  • otda sayr qilish iyun-iyul va sentyabr-oktyabr;

  • iznes iva sayr qilish-may-oktyabr;

  • paraglayding va deltaplenerlik-may-oktyabr;

  • tog‘ chang‘isi va taxtalari (snoubording)-yanvar-mart oxiri.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. Aleksandrova A.Yu. Mejdunarodniy turizm. Uchebnik.- M: Aspekt Press, 2004.- 470 str.

  2. Mamatqulov X.M. Turizm infratuzilmasi. O'quv qo'llanma. -T.: «O'zbekiston faylafuslar jamiyati» nashriyoti, 2011.- 273b.

  3. Durovich A.P., Bondarenko G.A. Organizatsiya turizma. Uchebnoye posobiye. 2-ye izd. ispr. - Mn.: Novoye znaniye, 2005.-640 str.

  4. Mirzayev M.A., Aliyeva M.T. Turizm asoslari. O'quv qo'llanma.-T.: O'zbekiston faylafuslar jamiyati, 2011.- 287b.

  5. Kvartalnov V.A. Turizm. Uchebnik.-M., Finansi i statistitka 2004.-320str.

  6. Tuxliyev I.S., Qudratov G'.H., Pardayev M.Q. Turizmni rejalashtirish. Darslik. - T.: «Iqtisod-moliya» nashriyoti. 2010.-263b.

  7. Tuxliyev I.S., Ibadullayev N.E. Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari.O‘quv qo‘llanma.Samarqand, SamISI, 2011.

http.://www.uzbektourism.uz
http.://www.study-tourism.uz



1O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza kilish Davlat ko‘mitasi ma’lumotlari asosida


Download 438,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish