Ekologiya ta’limida o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirish yo`llari
O’quvchilar ana shu tushunchalarga nisbatan dialektik materialistik dunyoqarashni shakllantirish ekologik darslarida alohida o’rinni egallashi kerak.
Turli hududlar misolida aholining tabiatga ta’siri nima uchun bir-birdan farq bog’liqligini o’quvchilar puxta egallashlari lozim. O’quv materiallarini mazmuni o’quvchilarda dunyoqarash shakllantira oladigan darajada bo’lishi kerak.
Ekologik obyekt va hodisalar maktab sharoitida o’rganish bir-biriga bog’liq bo’lgan uch yo’nalishda olib borilishi maqsadga muvofiq.
1. Tabiiy muhit va uning qismlari mavjudligi.
2. Obyektning mavjudlik shakli va maqomda joylashishi.
3. Vaqt o’tishi bilan obyektlarning o’zgarishi.
Yuqoridagi g’oyalarni ajratish shartli bo’lib, asosan “Tabiat va inson” g’oyasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Dialektika qonunlari shakl va mazmun, miqdor va sifat inkomi-inkor, mohiyat va hodisa, tasodif va zarurat, haqiqat va ehtimollik maktab ekologiyasida qo’llaniladi.
Dialektika qonunlari g’oyalarsiz tabiiy muhit va uning qismlarini o’quvchilar ongiga yetkazish mumkin emas. Shuning uchun dastlab o’quvchilarga tabiiy muhit tushunchasining mohiyatini ochib berish kerak. Ya’ni geografik qobiq: Yer qobiqlarining bir-biri bilan bog’langan va bir-biri bilan ta’sir qiladigan bir butun tizimi ekanligini, geografik qobiq tarkibi bir xil emasligi uning har bir qismi o’ziga xos alohida xususiyatga egaligi shuning bilan birga geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari unga ta’sir bog’liqi, geografik qobiqning rivojlanishi tarkub jihatdan murakkablashishi, chiqish va tashqi kuchlar ta’sirida davr o’tishi natijasida o’zgarishi kabi belgilar xosligi haqida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish bilan birga ularda tabiatdagi barcha voqea va hodisalar bir-biriga bog’liq ekanligi g’oyalarini ham shakllantirishga yordam beradi.
Geografik qobiqning sifat xususiyatlari va uning qismlarini o’rganish litosfera gidrosfera atmosferani biosferani o’rganishda yanada konkretlashadi. Geografik qobiq haqidagi g’oyalarni o’quvchilar ongida shakllantirishda ta’lim vositalarini qo’llanmasdan amalgam oshirish qiyin. Bularga tabiiy qo’llanmalar, rasmlar (tog’ jinslari qatlamlarining yotishi mitosfera qalinligi, atmosfera qatlamlari dunyo okeani suvlari tarkibi) va boshqalar kirishi mumkin.
Mahalliy tabiatni bevosita kuzatishning ham o’quvchilarda zarur tasavvurlami hosil bog’liqda ahamiyati katta. Geografik qobiqning tashkil etgan qismlarini o’rganishda o’quvchilarning boshqa fanlardan masalan, ximiya va biologiya geografiya fanlari kurslaridan olgan bilimlari, xususan fotosintez, o’simlik va hayvonlarning mikroorganizmlar ta’sirida suv, ammiak va hokazo moddalarga parchalanib ketishi kabi masalalarni bilishlari han muhimdir.
Geografik qobiqning bir butunligi g’oyasi yerning yagona tabiiy mujassam ekanligi o’quvchilarga aniq misollar yordamida yetkazilishi lozim. Bunda suv, havo, tog’ jinslari, mikroorganizmlar ta’sirida tabiiy hududiy mujassa qismlari: Relyef, havo massalari, suv tuproq qatlami, o’simliklar hayvonlardan tashkil topadi. Har bir tabiiy hududiy mujassam kattaligidan qatiy nazar umumiy tabiat qonunlariga bo’ysunadi. Shu bilan bir payt ular alohidalikka ham esa. Tabiiy hududiy mujassam mustaqil bo’lish bilan birga, ayni vaqtda geografik qobiqning bir qismi bo’lb, unga ta’sir ham qiladi.
Maktab ekologiyasining muhim metodologik masalalaridan biri insonning xo’jalik faoliyati bilan tabiat o’rtasidagi aloqadorlikni ochib berishdan iborat. Maktab ekologiyasi mazmunida quyidagi eng muhim: geografik qobiqlik bu kishilik jamiyati g’oyasi yotadi.
Insonning yashash sharoiti va aholisining xo’jalik faoliyatini yaxshilash uchun ana shu muhit boyliklaridan oqilona foydalanishda unga atroflicha yondashish lozimligini o’quvchilar egallashi kerak.
Inson va tabiat g’oyasi inson xo’jalik faoliyatida tabiatning ahamiyatini baholash nuqtai nazaridan kelib chiqishi lozim, chunki tabiat insonga yashashi uchun zarur bo’lgan barcha narsalarni: oziq-ovqat, qurilish materiallari, sanoat xom ashyosi, energiyani, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqalarni beradi.
Ekologiya kursida Respublika hududidagi har bir tabiiy hududiy mujassamalar misolida insonning tabiiy muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va u muhofaza qilish yo’llari bilan tanishadilar.
O’quvchilar odatda tabiat qismlarining relyef ichki suvlar, tuproq, atmosfera havosi, organik dunyosining inson xo’jalik faoliyati uchun ahamiyatini hamda tabiatni muhofaza qilish borasidagi tadbirlar to’g’ri aytadilar.
Ammo o’quvchilar tabiat mujassamasi qismlari o’rtasidagi mustahkam aloqadorlik mavjudligini juda zaif biladilar. Tabiiy mujassamaning bitta qismiga o’ylamasdan ta’sir qilish uning boshqa qismlariga ham salbiy ta’sir o’tkazish mumkinligini yetarlicha anglab olmaydilar. Bunga Orol fojiasini misolida o’quvchilar ongiga yetkazish juda foydalidir. Amudaryo suvidan tejab-tergab foydalanmaslik, paxta yakka hokimligi, Amudaryoning quyi mintaqasida tuproq tarkibini bo’zdi, ko’plab gerbitsidlaming qo’llanilishi esa suvning zaharlanishiga, hayvonlarning qirilib ketishiga olib keldi. O’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tinimsiz mehnat va muntazamlik asosida olib borishni talab qiladi. Ekologiya ta’limini shunday tashkil qilish kerakki, tabiatda sodir bo’ladogan voqea va hodisalar bog’liqlikda, aloqadorlikda doimiy o’zgarishda va rivojlanishda ekanligini har bir o’quvchi mustahkam egallashiga e`tabor berish kerak. Demak maktab ekologiyasida o’quvchilar dunyoqarashini shakllantiruvchi g’oyalar quyidagilar:
1. Tabiatning moddiyligi.
2. Dialektik munosabatlar (qarama-qaeshilik, miqdor va sifat, inkorni inkor)
3. Hozirgi zamon tabiatining bir butunlikda rivojlanishi.
4. Tabiiy muhit va resurslardan oqilona foydalanish
5. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni aholi punktlariga nisbatan oqilona joylashtirish.
6. Tabiat musaffoligini ta’minlash.
7. Xo`jalikni joylashtirishda tabiatning ahamiyati.
8. O’quvchilarda ekologiya darslarida mehnat tarbiyasi va mehnatga muhabbat hislarini shakllantirish
9. Ona-Vatanga, tabiatga muhabbat.
Ko’rinadiki, maktab eklogiyasi mazmunida falsafiy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy va geografik mazmundagi g’oyalar bor. Ularni darslarda bir-biridan ajratish samarali natijalar bermasligini tajribalar ko’p marta isbotlangan.
Ilmiy texnika taraqqiyotining rivojlanishi, tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi murakkab aloqadorlik kelgusida ekologiya ta’limi jarayonida yangi g’oyalami yuzaga keltirish mumkin.
Ekologiya o’qitish uslubiyati bilan ekologiya fani uzviy bog’liqdir. Ekologiya o’qitishning mazmuni o’quvchilarga ekologik ob`yektlar, hodisalar, voqealar va ularning sabablarini tushuntirishdan iborat. Shu jihatdan olganda o’quvchilarning yuqoridagilarni o’rganishi, ularni bilish yo’llari qandaydir tadqiqotga o’xshab ketadi. O’quvchilar ekologiyani o’rganishda olimlar tomonidan ilmiy jihatdan tekshirilgan vatahlil qilingan faktlar hamda ilmiy xulosalarga asoslanishi bilan birga ba’zi ekologik manbalarni o’rganish asosida ekologik voqea va hodisalardan umumiy xulosalar chiqarishda foydalanish mumkin. O’qitish jarayonida o’quvchilar ekoogiya fanining ba’zi taqiqot usullarini bilib oladilar. Ekologik ta’lim usuli bo’yucha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish uchun quyidagilarga e`tabor berish kerak:
1) o’qituvchi tomonidan o’ ish tajribasiga tanqidiy nuqtai nazardan yondashish;
2) boshqa o’qituvchilarning ayniqsa ilg’or ekologiya o’qituvchilarining ish tajribasini o’rganish;
3) o’z bilimini tinmay oshirib, ekologiya ta’limi bo’yicha ilmiy-uslubiy va tadqiqot ishlariga doir adabiyotlar bilan tanishib borish;
4) pedagogika, ruhshunoslik, didaktika fanlaridagi ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishish va hokazo.
Ekologiya ta’limi uslubi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar uzaytirishda ham boshqa fanlar qatori materialistic-dialektika metodologiyasiga amal qilinadi. Chunki tadqiqot usullari xilma-xil bo’lishi bilan birga ilmiy bilish metodologiyasi esa faqat bittaginadir.
Ekologik ta’lim uslubi bo’yicha dialektik materialism asosida ilmiy tadqiqot ishlari olb boorishda eksperemental-emperik usul va nazariy usullarga tayaniladi. Eksperemental-emperik usul tadqiqotning ilk bosqichlarida, ya’ni tadqiqot muammolari bo’yicha faktlar yig’in jarayonida keng qo’llaniladi. Bu usul ayniqsa xulosalar qayta tekshirish va aniqlashda qo’l keladi. Emperik usul maktablar tajribasini o’rganish va eksperemental usullariga tayangan holda amalga oshiriladi.
Xususan, bilimlarning didaktik jihatdan tahlil qilish orqali o’quv predmetini yaratish, o’quv materiallardagi ekologik iqtisodiy, geografik tushunchalarni tahlili shular jumlasiga kiradi.
Ayniqsa o’qituvchi faoliyati bilan o’quvchi o’rtasidagi bog’liqlik masalalari, dars maqsadi bilan mazmuni, ta’lim usullari bilan ta’lim vositalari bilimlarni egallash jarayoni bilan tarbiya orasidagi aloqalarni tadqiq qilish nazariy usullar negizini tashkil qiladi.
Hozirgi kunda ekologiya o’qituvchilari o’z ishlariga yondashish orqali ham ilmiy ishlami boshlashi mumkin. Bunday ishlar darslami rejalashtirishdan boshlanishi kerak.
O’qituvchi har bir darsning vazifasini, maqsadini, mazmunini qanday usul va vosita qo’llashishi, o’quvchilarning faoliyati nimalardan tashkil topishini oldindan aniqlab olish kewrak. Eng muhimi darslar o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikning nimalarda aks etishi darslar rejalarida aks etgan bo’lishi lozim.
Tadqiqot usullarini qo’llash qo’yilgan maqsad va vazifalarga bog’liq. Eng avvalo qo’yilgan uslubiy muammoning dolzarbligining maqsad va vazifalarini belgilash uchun adabiyotlami nazariy jihatdan tahlil qilish zarur. Agar bilim ko’nikma va malakami shakllantirishning usul va vositalarini yuzlamoqchi bo’lsak, avvalo o’quv jarayonini kuzatishdan boshlamoq kerak. Buni eksperiment asosida o’qitish so’rovnoma yordamida o’quvchi va o’qituvchilar bilan suhbatlar tarzida uyushtirish mumkin. Tadqiqot usuli ichida nazariy usuli yetakchi o’rinni egallaydi. U o’z navbatida bir qancha usullami xususan adabiyotlar tahlili, statistik-matematik, tarixiy taqqoslash va boshqalami o’z ichiga oladi.
Ekologiya ta’lim uslubi bo’yicha tadqiqot olib boruvchilar eng avvalo ekologiya falsafa didaktika pedagogika psixologiya logika bilim nazariyasi faktlarini chuqur o’rganib chiqishi kerak. Ulardan tadqiqot uchun taqqoslash qiyoslashga oid bo’lgan ma’lumotlar to’planadi.
1. Uslubiy tadqiqotlarda statistik matematik usullaming roli katta. Bunda tajriba o’takazilayotgan sinflar va maktablardagi ish natijalarini e`tiborga olish keng qo’llaniladi. Olingan miqdoriy ko’rsatgichlarga tayanib u yoki bu usulning vositalaming qanchalik samara berishligini aniqlash imkoniyati tug’iladi. Statistik matematik usul eng muhim xususiyatlaridan biri shuki uning yordamida pedagogika uslubiy hodisalar o’rtasidagi qonuniyatlami ochish imkoniyati yaratiladi. Masalan tajriba sifatida qo’llanilayotgan ta’lim usuli o’quvchilarini bilim va ko’nikmalariga bilim faoliyatiga aktivligiga qay darajada ta’sir qilishini o’rganishga yordam beradi.
2. Ekologiya o’qitishda tarixiylik usulining ham o’rni bor. Uning mazmuni shundan iboratki, vaqt o’tishi bilan u yoki bu usul hamda vositasining o’zgarishi va rivojlanishiga tarixiy nuqtai nazardan yondashib xulosalar chiqarildi. Masalan: Tadqiq etilayotgan muammoning bundan 30 yillar oldingi holatini hozirgi kundagi usul bilan qiyoslab tanqidiy nuqtai nazardan yondashish tarixiylik usulining negizini tashkil etadi.
3. Taqqoslash usuli ham tadqiqot ishlarida keng qo’llaniladi. Ayniqsa ilg’or tajribalarni qiyoslash, chet ellaeda ekologiya o’qitishda qo’llanilayotgani bilan taqqoslash samarali natija beradi.
4. Eksperimental empirik tadqiqot usullariga ta’lim jarayonini kuzatish pedagogik ilmiy-uslubiy saviyasini oshirishda katta rol o’ynaydi. Ekologiya o’qitish borasidagi ilmiy ishlarda odatda bir nechta tadqiqot usullari birgalikda qo’llaniladi. Aytaylik o’quvchilarning bilimi, ko’nikmalari haqida ma’lumotlar to’planayotgan bo’lsin, bu yerda kuzatish. So’rovnoma o’tkazish, o’quvchilar bilan suhbat, maktab hujjatlarini o’rganish kabi boshqa bir necha usullardan unumli foydalanish zarur bo’ldi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida: «Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar» va 55-moddasida esa: «YEr va er osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boyliklardir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat mudofaasidadir» - deb juda o'rinli ta'kidlangan. Fuqarolarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi.
O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni, «Sog'lom avlod uchun» ordenining ta'sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg'armasining tuzilishi va 2000 yilning «Sog'lom avlod yili» va 2005 yilning «Sihat-salomatlik yili» deb e'lon va davlat dasturi ishlab chiqilishi ekologik tarbiyaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilganligini ko'ramiz.
Aholi sonining tez o'sib borishi natijasida ekologik ijtimoiy muammolar ham tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, aholini er, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta'minlash haqidagi muammolar butun dunyo ijtimoiy muammolariga aylanib bormoqda. YEr kurrasida insoning farovon yashashi endi ekologik muammolarni echishga bog'liq bo'lib qolmoqda. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik va psixologik yo'nalishlari mavjud. Pedagogik yo'nalishda ekologik ta'lim va tarbiya berish ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim deganda aholiga berilishi lozim bo'lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham turli yoshdagi kishilarda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
Ekologik ta`lim deganda-o`quvchilarga berilishi lozim bo`lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilmilar tizimi tushiniladi.
Ekologik tarbiya-insoning atrof muhitga nisbatan munsobatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta`lim tarbiya umumiy ta`lim tarbiyaning yangi qismi bo`lib, maktabda va o`quv yurtlarida barcha fanlarni o`qitishda amalga oshirish ko`zda tutiladi. Uning asosiy maqsadi yoshlarda atrof-muhitga ongil munosabatni shakllantrishdan iborat.
Ekologik savadxonlik-va madaniyat, birinchi navbatda oiladan boshlanadi, agar oila ba jaaryon shakllanmasa uni maktabda yoki keyingi boqich o`quv yurtlarida qaror topitirish qiyin bo`ladi, Bu borada bizda juda kattatarixiy tajribalar bor. Bunday unumli foydalanish foydadan xoli e`mas. Ms: axlatga bo`lgan munosabat, hojatxonalarni joylashtrish. Daraxtlarga, hayvonot dunyosiga, suvga er va havoga bo`lgan munosbatlarda juda katta tarixiy ana`analar bor.
Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o`z ichiga oladi.
-Atrof muhit va uning shaxsi ma`naviy dunyosiga ta`siri.
-Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash:
-Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilaning hamkorligi.
-O`zi yashab to`rgan joyni, uyni ko`kalamzorlashtrishga qiziqtirish.
-Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari.
-Tabiatni muhofaza qilish da ota-onalarning namunaligi.
-Oilada, maktabda tabiatni, o`simlik va xayvonoit dunyosini e``zozlashag o`rganish jonivor va qushlarni parvarish qilish .
Tabiatga ongli munosabat jarayonida o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish.
-milliy an`ana va udumlarni qayta tiklash.
YOshlar e`kologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari kerak.
Tabiat xaqida tushuncha, tabiiy muhit tabiiy omillar va ular oarsidagi bog`lanish.
Tabiat boyliklaridan tejab foydalanish va ularni muhofaza qilish .
Atrof muhitni ifloslanishadn saqlash.
Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy xolda qoldirishga intilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |