3.Ekologik ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullari
Ekologik ekspertiza - ekologik huquqiy mexanizmning tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy inuhitning barqarorligini saqlash, tabiiy boyliklardan unumli va samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo'jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro'yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Ekologik ekspertizaning huquqiy holati konstitutsiyaviy qoidalarda, O'zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to 'g 'risida”, “Ekolo gik ekspertiza to 'g 'risida” gi qonunlarda, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'm itasi, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining ekologik ekspertizani o'tkazish tartibi to'g'risidagi me'yoriy hujjatlarida belgilangan.O'zbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza to 'g 'risida” gi qonunning 3-moddasiga asosan ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o'tkaziladi:
mo'ljallanayotgan xo'jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to 'g risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo'jalik va boshqaxil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilonafoydalanish bo'yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosligini aniqlash.Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va aholining hayoti va sog'lig'iga xavfli va zararli ishlab chiqarish va xo'jalik obyektlarining ta'sirlarini oldini olish, bartaral etish bilan bog'liq preventiv chora-tadbirlami amalga oshirishdan iboratdir. Ekologik ekspertizasi muhim va murakkab faoliyat turi sifatida quyidagi umumiy va o'ziga xos tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
qonuniylik;
ekologik ekspertizaning mustaqilligi;
oshkoraligi;
llmiy-texnikaviy asosliligi;
ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi;
Ushbu tamoyillar muhim ahamiyatga ega bo'lib, ekologik eksperti- zasini o'tkazishning samaradorligini ta'minlashga xizmat qilac., Xususan, qonuniylik tamoyili - ekspertizani tayinlash, o'tkazish, xulosa berish bilan bog'liq barcha jarayon belgilangan qonunchilik hujjatlari qoidalariga mos ravishda o'tkazishni talab etadi. Mustaqillik tamoyili - birinchidan, ekspertizani idoralardan ustun turuvchi davlat organi tomonidan o'tkazishni, ikkinchidan, ekologiya ekspertizani o'tkazish jarayonida boshqa davlat organi, m ansabdor shaxs va fuqarolarning aralashuviga, tazyiq o'tkazishiga yo'l qo'ymasligini ta'minlaydi.
Demokratik tamoyillardan biri hisoblangan oshkoralik ekspertiza xulosalarining aholining keng qatlamlariga yetkazishni taqozo etadi.
Loyihalashtirilayotgan, ishga tushirilayotgan, ishlab chiqarish jarayo- nini amalga oshirayotgan zavod, fabrika va boshqa texnologiya uskunala- rining ekologik talablarga mosligini faqatgina ilmiy-texnikaviy jihatdan
asoslangan malakaviy xulosa bilan ta'minlash mumkin6.
Ekspertiza obyekti sifatida qoralayotgan loyihalarga baho berishda atrof tabiiy muhit baroqarorligi, aholining sog'lig'i va hayotiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarga e'tibor berish ustunligini ko'zda tutadi.
Navbatdagi tamoyil ham ekologik ekspertizasinmg o'ziga xos tamoyillaridan biri bo'lib, har bir xo'jalik va ishlab chiqarish obyekti belgilangan tartibda o'tkazilgan ekspertiza xulosasi asosidagina ekologik jihatdan xavflilik darajasi aniqlanadi.Ekspertiza natijalari to 'g 'ri, odilona bo'lishi uchun biologik, kimyoviy, fizikaviy. texnologik, demografik, agro-ekologik, iqtisodiy va boshqa jabhalardagi bilimlami jam lagan holda keng qamrovli ijodiy mehnat mahsuli bo'lishi va tekshirilayotgan obyektga nisbatan real, obyektiv baho berilishi kerak.Ekologik ekspertizaning muhim tamoyillardan biri sifatida ushbu jarayonda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolaming ishtiroki bo'lib, ekologik ekspertizaning ommaviy va adolatli bo'lishini ta'minlaydi.Shunday qilib, ekologik ekspertiza ushbu tamoyillarga qat’iy rioya etilgandagina, har bir obyektga nisbatan xolisona, keng qamrovli, adolatli, qonuniy, mustaqil va obyektiv xulosa berish mumkin.
Ekologik ekspertiza jarayonida turli shakldagi quyidagi usullardan foydalangan holda ko'zda tutilgan maqsadga erishiladi:
ma’lumotlar to'plash - ekspertizadan o'tayotgan muayyan
obyektga tegishli bo'lgan barcha axborot, ma'lumotlarni yig'ish va to'plash;
umumlashtirish - obyekt haqidagi to'plangan iqtisodiy, texnologiK, ekologik, gidrologik kimyoviy va boshqa ma’lum otlarni o 'z yo'nalishlari bo'yicha ma'lum tizimga keltirish;
tahlil qilish - umumlashgan ma'lumotlar bankini o 'z yo'nalishi va xususiyatlari bo'yicha alohida o'rganish, tasniflash;
- baholash - ekspertiza o'tkazilayotgan obyekt yo'nalishlari, bo'lim lari, tashkil etuvchi qismlari bo'yicha xavfli va zararlik darajasini aniqlash;
- xulosa berish - ekspertiza o'tkazilayotgan obyektning ekologik jihatdan zararli yoki zararsiz, xavfli yoki xavfsiz, ekologik qoida- talablarga mos keladi yoki ushbu qoidalarga zid ekanligi haqida yakuniy, adolatli, obyektiv xulosaga kelish.
Ekologik ekspertiza tizimi
Ekologik ekspertiza keng qamrovli va muhim ahamiyatga ega b o ' lgan jarayon bo'lib, uni amalga oshirish yo'nalishlari, tartibi, qo'Uanilayot- gan usullari, berilayotgan xulosaning mohiyatiga asosan murakkab tizimni tashkil etadi.Tabiat-jamiyat tizimida ekologik ekspertizaning bir necha turlari ya'ni ijtimoiy-iqtisodiy ekspertiza, siyosiy-huquqiy ekspertiza, ilmiy-texni- kaviy ekspertiza, sanitariya-ekologiya ekspertiza, jam oatchilik ekologiya ekspertizalari qo'llanilishi mumkin.Amaldagi qonunchilik hujjatlarida ekologik ekspertizaning ixcham tizimi e ’tiro f etiladi.O 'zbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza to 'g 'risida” g' qonun
ning 4-moddasida ekologik ekspertizaning quyidagi tizimi beliglangan: “Ekologik ekspertiza davlat va jam oat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi”. Shuni alohida ta'kidlab o 'tish kerakki, ekologik ekspertiza tizimining poydevorini davlat ekologiya ekspertizasi tashkil etadi.Davlat ekologik ekspertizasi O 'zbekiston Respublikasi tabiatni mu hofaza qilish davlat qo'm itasi olib boradi va quyidagi asosiy vakolatlarga ega hisoblanadi:davlat ekologik ekspertizasini tayinlaydi va o'tkazadi;
ekologiya ekspertizasiga tegishli bo'lgan me’yoriy-texnik, huquqiy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;ekologik ekspertizasi komissiyasi, uning a’zolari va ekspertlar guruhini tuzadi;davlat ekologiya ekspertizasi xulosalari talablarini bajarilishininazorat qiladi va hokazo.
Ekologiya qonunchilik hujjatlarida ekspertiza o'tkazilishi shart bo'lgan obyektlar belgilangan bo'lib, ular jumlasiga:davlat dasturlarining, konsepsiyalarining ishlab chiqarish kuch- larini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlan- tirish sxemalarining loyihalari;
barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari;
loyiha oldi va loyiha hujjatlari;tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog'liq xo'jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi m e’yoriy-texnik va yo'riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari;texnika, texnologiya, materiallar, mahsulotlami ng yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar hayoti va sog'lig'iga zararli va xavfli ta'sir ko'rsatuvchi ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirayotgan barcha turdagi korxonalar;shahar sozlik hujjatlarining barcha turlari;
maxsus huquqiy rejimli obyektlar va boshqa obyektlar.Ushbu obyektlarga nisbatan davlat ekologiya ekspertizasini o'tkazish majburiy hisoblanadi va mulkchilik shakli hamda ma'muriy bo'ysunishidan qat’i nazar hech bir obyektga bu borada imtiyoz berilmaydi.Davlat ekologik ekspertizasining subyektlari bo'lib, odatda buyurt- machi, pudratchi, iste'molchi hisoblanadi. Buyurtmachi - ekspertizani tayinlash, tashkil etish huquqiga ega bo'lgan maxsus vakolatli organdir. Pudratchi - muayyan obyektni ekspertiza qiladigan tashkilot, bular qatori- da ilmiy-tadqiqot institutlari, korxona yoki maxsus komissiya, ekspertlar guruhi bo'lishi mumkin. Iste'molchi bo'lib, ekologiya ekspertizasi hisob langan korxona, tashkilot, muassasa hisoblanadi.
Davlat ekologiya ekspertizasi jarayoni har bir obyektning hajmi va o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra bir necha bosqichlami o 'z ichiga oladi, ya'ni:
tayinlash - obyektga nisbatan ekologik ekspertiza tayinlash va maxsus komissiya, ekspertlar guruhi luzish,obyekt haqida ma'lumotlarni to'plash, umumlashtirish va baho berish bosqichi;obyektning ekologik qoida-talablarga mos yoki zid ekanligi haqida xulosa tayyorlash va uni tasdiqlash;
obyekt haqidagi xulosani bank muassasalariga yuborish;
davlat ekologik ekspertizasi xulosasi yuzasidan nizolarni hal qilish.
Shuni ta'kidlash kerakki, Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi muhim ahamiyatga ega bo'lib, obyekt haqida salbiy xulosa berilgan taqdirda, bank muassasalari ushbu obyektni moliyalashtirmaydi va faoliyati bekor bo'lishi mumkin.
Xulosa.
Demak, davlal ekologik ekspertizasining ekologiya ekspertizasi tizimida alohida o'rinni egallaydi va ekologik xavfsizlikni ta’m inlashga xizmat qiladi.Ekologik ekspertizasining tizimida jamoatchilik ekspertizasi alohidaahamiyat kasb etadi.Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar tomonidan amalga oshirilib, rejalashtirilayotgan, amal qilayotgan turli obyektlar yuzasidan o'tkazilishi mumkin.Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o'tkazil- ganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya ahamiyatiga ega bo'ladi, davlat hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilishi mumkin.Shuni ta'kidlash joizki, rivojlangan xorijiy davlatlarda jamoatchilik ekspertizasining taraqqiy etganligini, aholining keng qatlamlarining ekolo gik madaniyati saviyasi darajasining yuqoriligini ko'rishim iz mumkin.Ekologiya ekspertiza tizimida ekologik audit ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.Ekologik audit - ekologik auditorlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o'tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir.Ekologik audit davlat ekologik ekspertizasitlan farqli ravishda xo'jalik va ishlab chiqarish obyekti mulkdorining qaroriga binoan o'tkaziladi.Ekologik ekspertiza - muhim va murakkab jarayon bo'lib, atrof tabiiy muhitni barqarorligini saqlash, tabiatdan samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy- huquqiy chora-tadbirlardan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000.
2.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi qonun.O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m.
3.”Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m.
4.O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m.
5.Karimov I.A.Islohotlar strategiyasi –mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir.O’zR
6.Xolmshminov J.,Xayitboev E.”Ekologik xavfsizlik:ekologik huquqiy ta‘lim va tarbiya masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003.
7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992.
9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |