Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning huquqiy holati. Reja I. Kirish. II. Asosiy qism Ekologik nazoratning tushunchasi



Download 95 Kb.
bet2/3
Sana04.06.2022
Hajmi95 Kb.
#635401
1   2   3
Bog'liq
Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning huquqiy holati

2. Ekologiya nazoratining tizimi
Ekologiya nazorati murakkab jarayonlardan iborat bo'lib, ta'sirlar- ning holatini kuzatish, tabiiy resurslaming holatiga baho berish va ularning istiqbolini belgilash, ekologik qoida-talablaming barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, salbiy ekologik oqibat va zararli ta'sirlami oldini olish va cheklash, tabiatni muhofaza qilishning keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarini amalga oshirish, ekologik bilimlarni targ'ibot qilish va aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlami amalga oshirilishini muvo- fiqlashtirishga qaratilgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, musta­ qil xo'jalik yurituvchi subyektlar va jam oat tashkilotlarining faoliyatlarini qamrab oladi.Ekologiya nazoratini amalga oshirishda nafaqat davlat hokimiyati va boshqaruv organlari balki, xo'jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxona, tashkilot va muassasa hamda jam oat tashkilotlarining faoliyati alohida o'rinni egallaydi.
O 'zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to 'g 'risida” gi qonunnng 29-moddasiga asosan ekologiya nazorati tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
Atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish davlat xizmati;
Davlat ekologiya nazorati;
Idoraviy ekologiya nazorati;
Ishlab chiqarish ekologiya nazorati;
Jamoatchilik ekologiya nazorati.1
Ekologiya nazorati tizimida Atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish davlat xizmati muhim ahamiyatga ega bo'lib, tabiatda bo'ladigan fizikaviy, kimyoviy biologik, gidrologik, seysmologik va boshqa o'zgarishlam i kuzatish, ma'lumot to'plash, yer, suv, o'sim lik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosi hamda aholi hayoti va sog'lig'iga xavlli va zararli ta'sir etuvchi omillarni o'rganish, atrof tabiiy muhitda bo'ladigan o'zgarishlam i davlat organlari va keng aholi qatlamlariga yetkazish kabi faoliyatini o 'z ichiga oladi.Atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish davlat xizmatining asosiy yo'nalishlarini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Markazi amalga oshiradi.
Atrof muhitda ro'y berayotgan tabiiy-ekologik jarayonlam i kuzatib borish bilan bir qatorda har bir tabiiy resurslaming holatiga ta'sir etuvchi tabiiy va antropogen omillarning hisobini yuritish, xalq xo'jaligining turli sohalarida yer, suv, o'sim lik va hayvonot dunyosi va yer osti boyliklaridan oqilona foydalanishni ta'minlashda tabiiy resurslar kadastrini y uritish ham ushbu xizmatning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida qarashimiz mumkin.
Bundan tashqari, har bir tabiiy resurs bo'yicha alohida kadastr xizmati tegishli maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilib, tabiiy resurslaming holati va ularda bo'ladigan o'zgarish- lar haqidagi ma'lumotlarni to'plab, iqtisodiyotning barcha jabhalarida tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta'minlshga xizmat qiladi.Ekologik nazorati tizimida davlat ekologiya nazorati markaziy o'rinni egallaydi.Davlat ekologiya nazorati - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish,tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo'm italari, idoralar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi yuzasidan maxsus vakolatli organlarning tekshirish va choralarni ko'rish bilan bog'liq faoliyatini o 'z ichiga oladi.
O 'zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to 'g 'risida” gi qonunning 31-moddasida: “Tabiatni muhofaza qilish sohasida” gi davlat nazorati, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, maxsus vakolatli davlat tabiatni muho­ faza qilish idoralari tomonidan amalga oshiriladi.Quyidagilar:
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'm itasi; O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi;
O'zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal- maishiy sektorda ishlaming bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;O 'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O 'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi;
O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'm itasi maxsus vakolatli davlat tabiatni muhofaza qilish idoralari hisoblanadi Maxsus vakolatli davlat tabiatni muhofaza qilish idoralari tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirishda qatnashishga idoraviy ekologik xizmat bo'linm alarini belgilangan tartibda jalb etishlari m um kin.Ushbu sohada davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari tizimida O 'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo'm itasining faoliyati muhim ahamiyatga egadir3.
O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo'm itasi tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ulami qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqamvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun tumvchi va muvofiqlashtimvchi maxsus vakolatli organ bo'lib, o 'z faoliyatini amalga oshirish jarayonida O 'zbekis­ ton Respublikasi Oliy M ajlisiga bo'ysunadi va hisobot beradi.
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi o 'z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari me'yoriy ahamiyatga ega bo'lib barcha vazirlik, davlat qo'm italari va idoralari, yuridik shaxslar, mansabdor shaxs va fuqarolar ijro etishlari shart.
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'm itasi quyidagilar ustidan davlat nazoratini olib boradi:
ekologiya tizimlari, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalaming, o'sim lik dunyosi va biologik suv obyektlarining, yovvoyi hayvonlar yashash muhitining holati;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarining bajarilishi holati;
yangi va qayta qurilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joyiashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik normativlar, standartlar va talablarga mosligini;atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish, ulami saqlash va qayta tiklash dasturlari va topshiriqlarini bajarish va boshqalar.1
Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda O 'zbekiston Respubli­ kasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'm itasi ushbu sohadagi boshqa davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi ham davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi muhim davlat organi hisoblanib, aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlami amalga oshiradi.O 'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi respublika sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi mavjud bo'lib, qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya, gigiyena va epidemiologik qoida-talablar, normativ va standartlarning bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini olib boradi.Respublika sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi O'zbekiston1 O'zbekiston Respublikasi Tiibiatni muhofaza qilish davlat qo'm itasi to 'g 'risida Nizom. O'zbekistonning yangi qonunlari. -T : Adolat, 19%. 13-son.
Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati to 'g 'risid a”gi qonuni va boshqa me'yoriy hujjatlarga asosan sanitariya, gigiyena va epidemiologik qoida-talablaming barcha vazirlik, davlat qo'm itasi, idoralar, korxona, tashkilot, muassasa, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan og'ish­ may amal qilinishini nazorat qiladi.Usnbu sohada davlat nazoratini amalga oshirishda bevosita O 'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'm itasi va boshqa idoralar bilan hamkorlik qiladi4.
O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni, yer monitoringini tashkil etish, davlat yer kadastrini yuritish, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorati qilish sohasidagi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va o 'z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari barcha, yuridik va jism oniy shaxslar uchun majburiy ahamiyatga egadir.O 'zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 2004 yil 19 oktabrdagi 483-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston respublikasi yer resurslari, Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'm itasi to 'g 'risida” Nizomga muvofiq Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'm itasining asosiy vazilalariga quyidagilar kiradi:yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlar monitoringini tashkil qilish, tuproq unum- dorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash bo'yicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlash;
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;yerlardan oqilona foydalanilishi va ular muhofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
geodeziya va kartografiya faoliyatini boshqarish;
davlat geodeziya nazoratini tashkil etish;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organla­ rining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, shuningdek Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish.
Davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi alohida o'rinni egallaydi.Ichki ishlar vazirligi tizimida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashfaoliyatini olib boruvchi boshqarma mavjud bo'lib, atmosfera havosini avtomobil tamsportlari tomonidan ifloslanishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlami amalga oshiradi.Ushbu boshqarma davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda qo'yidagi vakolatlarga ega:atmosfera xavosini avtomobil tamsporti vositalari tomonidan ifloslanishini oldini olishga qaratilgan tushuntirish va ogohlantirish bilan bog'liq choralami belgilash;atmsofera havosiga belgilangan normativ va standart darajasidan yuqori bo'lgan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganligi uchun transport vositasini boshqarishni cheklash, to'xtatib qo'yish, boshqarish huquqidan mahrum etish;atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortish;
avtomobil transporti tomonidan atmosfera havosiga yetkazilayot- gan ta'sir va zararni kamaytirish, aholining ekologik madaniyatini oshirish­ ga qaratilgan profilaktik tadbirlar tizimini amalga oshirish va boshqalar.Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish qoida-talablarini barcha yuridik va jism oniy shaxslar tomonidan bajarilishini nazorat qilish О zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosiy yo'nalishlaridan biridir.
O 'zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal- maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ("Sanoatkontexnazorat" davlat inspeksiyasi) respublika hudu- didagi barcha yuridik va jismoniy shaxslaming sanoatda ishlarni bexatar olib borish, yer osti boyliklaridan foydalanish va ulami muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.O 'zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal- maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o 'z faoliyati to 'g 'risida O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.Demak, yuqorida sanab o'tilgan davlat organlari davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda umumiy mazmun va shakldagi vakolatlarga ega bo'lib, ular quyidagilardan iborat:barcha turdagi ishlab chiqarish va xo'jalik korxona, tashkilotlari faoliyatining ekologik qoida-talablarga mosligini tekshirish huquqi;
korxona, tashkilot hududida va ishlab chiqarish jarayonida tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni talab qilish, ko'rsatm a berish;yer, suv, yer osti boyliklari, o'sim lik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish, foydalanish limitlarini belgilash;ekologik qonunchilik qoida-talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ma'muriy huquq tartibda jarim a jazosini qo'llash, yetkazilgan zararni qoplash, undirib olish bo'yicha da'vo qo'zg'atish, jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan prokuratura organiga hujjatlami taqdim etish; ekologik xavfli va zararli ishlab chiqarish, xo'jalik korxona,tashkilotlarning faoliyatini cheklash, to'xtatish va bekor etish yuzasidan qarorlar qabul qilish;ekologik bilim, qoida-talablami aholi orasida targ'ibot qilish, ahoMning ekologik ongini oshirishga qaratilgan tadbirlami belgilash va boshqlar. Shuning uchun ham, ekologiya sohasida maxsus vakolatli davlat Di tMiiI.n mmg ekologiya na/.orali li/.imida tutgan o 'm i beqiyos bo'lib, labi iini m uholaia qilish, tabiiy boyliklardan foydalanish, aholining ekologik xavTsi/.ligini l.i mmlashga xizmat qiladi.
Ekologiya nazoratining navbaldagi turi - ekologiya sohasida idoraviy nazorat hisoblanadi.Ekologiya sohasida idoraviy nazorat respublikamizdagi faoliyati tabiiy resurslardan foydalanish va tabiatni muhofaa qilish bilan bog'liq barcha vazirlik, davlat qo'm italari, idoralari tizimi doirasida olib boriladi.Barcha vazirlik, davlat qo'm ita va idoralarda ushbu faoliyat bilan maxsus shug'ullanuvchi ekologiya xizmati tuzilmalari mavjud bo'lib, tegishli vazirlik ichki tizimi doirasida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish jarayonining ekologik qoida-talablariga mosligini kuzatish, tekshirish, chora-tadbirlarni belgilashdan iboratdir.
Ekologiya sohasida ishlab chiqarish nazorati ham idoraviy nazorat bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatini olib borayotgan korxona, muassasa, tashkilotlarda olib boriladi. O 'zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to 'g 'risida” gi qonunning 32-moddasiga asosan, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ekologiya xizmati amalga oshiradi va tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tiklash, atrof tabiiy muhitni sog'lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlaming talablar bajarilishi yuzasidan dasturlar hmda ayrim tadbirlar ijrosini, tekshirish maqsadini ko'zlaydi.Ekologiya sohasidagi jamoat nazorati jam oat birlashmalari, mehnat jamoalari, siyosiy partiyalar, turli uyushma va jamiyatlar, fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.Jamoat tashkilotlari tomonidan olib borilgan tekshirish natijalari tavsiya ahamiyatiga ega bo'lib, davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilishi mumkin.
Demak, Ekologiya nazorati murakkab tizimdan iborat bo'lib, ekologik qonunchilik hujjatlarining bajarilishiga va ekologik xavfsizlikni ta’m inlshga xizmat qiladi5.



Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish