Ekologik muammolar O’zbekistonning energetika sohasidagi muammolari Ekologik madaniyatni shakillantirish


Energetika sohasidagi mavjud muammolar



Download 60,37 Kb.
bet2/2
Sana10.06.2022
Hajmi60,37 Kb.
#651957
1   2
Bog'liq
Bugungi kunning dolzarb ekologik va energetik muammolari.

Energetika sohasidagi mavjud muammolar
Yurtimizda 42 ta energoblok mavjud bo‘lib, ularning deyarli — 50%i ma’nan va jismonan eskirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta yoqib elektr energiya ishlab chiqarmoqdamiz”, degan mazmundagi so‘zlaridan shuni anglasa bo‘ladiki, bundan buyog‘iga uni tejab-tergab ishlatish va O‘zbekiston hukumatining gaz turbinalardan voz kechish siyosatini yurgizish ehtimoli yuqori bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu ishlarni tabiiy qazilma resurslarni qazib olish sohasi — ya’ni, gaz va neft sanoatida (Sho‘rtangaz, Gazli, Muborak va x.k) ham qo‘llash mumkin. Bu sohada ham mazkur muammolar mavjudligi ehtimoldan holi emas.
Oʻzbekiston energetikasi rivoji uchun tabiiyiklim sharoitlaridan oqilona foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasi, shamol kuchi, yer osti suvlari harorati va kichik gidroelektrostyalardan foydalanish masalalari borasida keng tadqiqot ishlari olib borildi (G. A. Grinevich, R. A. Zohidov). Energetika jarayonlarini avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalash hamda energetika tizimlarida oʻlchash texnikasi, oʻlchash aniqligi, puxtaligi va samaradorligini oshirish kabi ilmiy natijalarga erishishda muhim tadqiqotlar amalga oshirildi (akad. J. Abdullayev). Issiqlik E.si va issiklik texnikasi sohasida yoqilgʻidan foydalanishning yangi texnologiyasi va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish kabi muhim tadqiqot ishlariga ahamiyat kuchaytirildi (R. A. Zohidov, S. Q. Ismatxoʻjayev). Sanoatning bir qancha sohalarida energotejamkorlik, energiyadan oqilona foydalanish, GES lar jihozlarini diagnostika qilish, mashina yordamida sugʻoriladigan nasos st-yalari uchun yangi elektr yuritmalar yaratish (T. S. Kamolov), Oʻzbekiston elektr korxonalarining normal ishlashini EHM yordamida hisoblash (E. Payziyev), elektrofizikaning fiziktexnik muammolari boʻyicha bir qancha ilmiy natijalarga erishildi. Oʻzbek olimlari tomonidan avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarining yangi avlodi yaratildi. Yarim oʻtkazgichli elementlar asosida invertorlarning bir qancha sxemalari taklif etilib, ularni chastotasiga koʻra boshqariluvchi asinxron, bir fazali kondensatorli asinxron va sinxron motorli aylanish tezligini oʻzgartirishga qoʻllashlik muammolari ishlab chiqildi.
Issiqlik elektr stansiyalari (IES) da yondiriladigan organik yoqilg`ilardan tashqi muhitga jiddiy zarar etadi. Yonish jarayonida ularning tarkibidagi uglerod, azot, oltingugurt va boshqa elementlar oksidlanib, yuqori harorat bilan havoga chiqariladi. Hozirgi kunda IES lar yoqilg`isida etakchi o`rinni ko`mir egallab turganligini nazarda tutadigan bo`lsak, uning tarkibida 0,2 - 10% gacha pirit shaklidagi oltingugurt, temir moddasi, gips va boshqa murakkab moddalar mavjud. Shuning uchun ham bunday elektr stansiyalari havoga katta miqdordagi sulfat angidridi, karbonat angidrid, is gazi, azot oksidlari, shuningdek inson organizmida rak kasalligini qo`zg`atuvchi benzopiren va shu singari kanserogen chiqindilarni chiqaradi. Bu chiqindilar tarkibidagi kremniy oksidi va alyuminiy insonning nafas olish organilarini zararlab, silikoz kasalligini keltirib chiqaradi. IES mo`risidan chiqadigan sulfat angidridi havodagi namli qulay sharoitga tushganda oksidlanib, sulfat kislotasiga, azot oksidlari esa nitrat kislotasiga aylanadi. Shuning uchun ham issiqlik elektr stansiyalari joylashgan hududlarda ba’zan «kislotali yomg`irlar» paydo bo`ladi.
Hozirgi kunda jiddiy ekologik muammolardan biri IES lardan chiqadigan qattiq chiqindilar va aerozollardir. Ularning yillik umumiy massasi 250 mln. t. atrofida bo`lib, havoda bundan aerozollarning ko`payishi Er yuziga etib keladigan quyosh radiasiyasining kamayishiga olib kelmoqda. Bu aerozollar shuningdek troposferadagi suv bug`larini kondensasiyalab, yomg`irlarning ko`payishiga olib kelmoqda. Keyingi yillarda yomg`irli kunlarning ko`payganligi, yomg`irning ba’zan sutkalab tinmay yoqishi, havoning tez ochilmaslib ketmasligi – bularning barchasida havodagi aerozollarning alohida roli bor.
Ekologik madaniyat – bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo‘llay bilish faoliyati, atrof–muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko‘rsatkichi, ongli va ma’suliyatli yondashuvdir. Ekologik bilim va ekologik madaniyatning tayanch fazilatlari: 1) axloqiy-ekologik onglilik shaxsning muhim madaniyatlilik sifati bo‘lib, uning atrof – muhitni hissiy bilish jarayoni atrof – muhitdagi obyektlar va hodisalarni sezishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, ziyraklik va teranlik asosida tabiat muhofazasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozimligini nazarda tutadi; 2) ekologik ma’suliyatlilik shaxsda munosabat va ma’sullikni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi, bunday munosabat shaxsning bilib-bilmay, uzoqni o‘ylamay tabiatga ko‘rsatgan salbiy ta’siri oqibatlarini anglash va bunday ta’sirni bartaraf etish istagi natijasidagina shakllanadi; 3) ekologik irodaviylik shaxsning o‘zi va o‘zgalarning atrof – muhitdagi hatti-harakatlarini baholashi va nazorat qilishi shaxsdagi qat’iyatlilik, tejamkorlik, ozodalik va pokizalik bilan bog‘liq. Shaxsning ekologik madaniyatini shakllantirishda ekologik qadriyatlar alohida ahamiyatga ega, ularga tabiatni asrab-avaylashga intilish, tashabbuskorlik, izchillik, mehnatsevarlik va ongli faollik kabilar kiradi. Masalan, ekologik qadriyatning bir turi, ya’ni global, mintaqaviy va lokal ekologik muammolarni bilish yer, suv, energetik muammolar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, bioxilma-xillikni saqlash, cho‘llanish jarayoni, atmosfera havosining ifloslanishi kabi tushunchalar bilan chambarchas bo‘gliq. Ekologik ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash bog‘chalar, maktablar, lisey, kollejlar, oliygohlarda mutaxassislar tomonidan olib borilishi maqsadga muvofiq.
Aholining boshqa tabaqalarida esa O‘zbekiston ekologik partiyasi va boshqa ko‘ngillilar, tashkilotlar tomonidan targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Ekologik ta’limning nazariy asosi - atrof muhit muhofazasiga oid ta’limni bog‘cha, maktab, katta-kichik o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurtlarida ma’lum o‘quv reja va dasturlari asosida olib borish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Yig‘ilgan tajribalar umumlashtirilib bir pedagogik shaklga keltirilib o‘quv dasturi darsliklari tuzilishi lozim.
Oliy va o‘rta maxsus ta’limga ega bo‘lgan tarbiyachi, ekologik metodist, ekologik pedagog, ekologik instruktor, injener-ekolog, ekolog-agroximik, ekolog-texnolog kabi mutaxassislar tayyorlanishi lozim. Ekologik ma’naviyatli shaxs tabiatdagi obyekt va hodisalarni qiyoslay olishi, ongli tushunchalar hosil qilishi, tabiatga munosabatni oldindan rejalashtirishi, atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga nisbatan ziyrak bo‘lishi, tabiatga qiziquvchan bo‘lishi, tabiat go‘zalligini his eta olishi, tabiatni muhofaza qilishda qat’iyatli bo‘lishi, tabiatga zarar yetkazmaslik, boshlangan ishni oxirigacha yetkazishi, atrof-muhit muhofazasida tashabbus ko‘rsatishi, tabiatni asrash uchun yangi g‘oyalar, ekologik bilimlarni targ‘ib qilishi, ijtimoiy foydali mehnatga havas hissini shakllantirishi, mehnat malakalarini egallashi, o‘z-o‘zini nazorat qila olishi, tabiat bilan munosabatga kirishish va undagi faoliyatda me’yor darajasini belgilashni bila olishi, vatanparvarlik, ona tabiatga mehr-muxabbat hissiyotiga ega bo‘lishi, o‘zi yashab turgan uy, mahalla, shahar tabiatini sevishi, undan g‘ururlanishi, uni ardoqlashi lozim, tabiat boyliklaridan bugungi va kelajak avlodlar ehtiyojlarini qondirishni hisobga olgan holda barqaror foydalana olishi, atrof - muhitni obod qilishga intilish, uni ozoda va xushmanzara holda saqlashi, tabiatni asrab-avaylashda, tabiat boyliklarini maqsadli ishlatishda jonbozlik namoyon eta olishi, atrof - muhit, obyekt va boshqa narsa-hodisalarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi, o‘zining ekologik bilimlarini muntazam ravishda tabiatni asrab-avaylashga oid qadriyatlarimizga tatbiq qilishi lozim.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, mamlakimizning har bir fuqarosi ekotizimning yaxshilanishiga munosib hissa qo‘shish uchun ekologik qoidalarga qat’iy amal qilsagina, kelajak avlod uchun ulkan tabiiy nemat hadya etgan bo‘lamiz.
Download 60,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish