Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar monitoringini o‘tkazish
Namunalar olishdan oldin hududning aerodinamik parametrlari, atmosfera havosining harorati, bosimi va boshqa jihatlarini asbob-uskunalar bilan o‘lchovdan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash;
Ifloslaniruvchi manba joylashgan sex yoki bo‘limning texnologik jarayoni ekologik nuqtai nazardan o‘rganishda chang-gaz tozalash qurilmalariga tortilgan aspiratsiya sistemalarini ko‘rib chiqish;
Chang-gaz tozalash qurilmalari bilan jihozlangan ifloslantiruvchi manbalarning chang-gaz tozalash qurilmalari samaradorligini baholash maqsadida changlarni qurilmaga kirish va chiqish joylaridan namunalar olishdan iborat bo‘ladi.
Oqova suv tozalash inshoatiga kelayotgan suvlarni haqiqiy miqdori to‘g‘risida ma’lumotlarni olish;
Inshoatning texnologik qurilmalarining holati, kanalizatsiya nasos stansiyasi tarkibiga kiruvchi panjara qurilmasi holati, tozalash inshoatiga oqovalarni kirish joyida suv namuna-larini olish;
Qum tutgich qurilmasi, birlamchi va ikkilamchi tindirgilarni, aeratsiya hovuzlarining holatini o‘rganish va gidrobiologik tahlillar uchun namunalar olish;
Illarni to‘plash maydonchasida hosil bo‘ladigan sizindi suvlarni hovuz osti kuvurlari orqali nasos stansiyasiga qaytarilayotganligini aniqlash;
Xlorlash bo‘limida oqavalarni xlorlash holativa tozalangan oqova suvlardagi qoldiq xlor miqdorini inshoatning laboratoriyasida tahlil qilish yo‘li bilan belgilangan me’yorlarga mosligini aniqlash;
Suv tozalash inshoatidan tozalanib chiqayotgan oqova suvlardan hamda tozalovdan o‘tganva ochiq suv havzasiga tashlanayotgan oqova suvni qo‘shilishidan so‘ng (quyi) suv namunalarini olishdan iboratdir.
Monitoring o‘tkaziladigan hududdagi tuproqning tashqi holatiga baho berish;
Tuproq namunasi olayotgan xududda yetishtirilayotgan qishloq ho‘jalik mahsulotlarining nomlarini daftarda qayd qilish;
Tuproq ifloslanishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan kimyoviy tahlil uchun ikki usulda tuproq ifloslangan qismidan konvert usulida kompleks namunalar olish;
Ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish dinamikasini o‘rganish uchun obyekt chegarasidan shamol yo‘nalishibo‘yicha aniq masofalardan tuproq namunalarini olish ;
Monitoring o‘tkazilayotgan obyektlardannamunalar olingandan so‘ng tegishli tartibda dalolatmoma tuzish, namuna olish jarayonida ishtirok etgan boshqarma xodimlari va monitoringda ishtirok etgan korxona xodim (lari) hamda rahbar tomonidan imzolanadi.
Yer osti va ustihamda oqova suvlarni monitoring va tahlil qilish sektori.
Oqova suvlar va suv havzalari monitoringini o‘tkazish :
Suvlarni ifloslovchi manbalar quyidagiturlarga bo‘linadi :
1.Qishlok ho‘jaligi xisobidan chiqqan oqava suvlar.
2.Ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan oqavalar, butunlay tozalanmayjigan okova-
suvlar.
Tabiiy ifloslangan suvlar. Sel vaktidagi va yog‘in sochinlardan
hosil bo‘ladigan oqava suvlar.
4.Zilzila va magmatik holatdagi okava suvlar va hokazolar.
Kanalizatsiya tarmog‘iga ifloslanganoqova suvlar lokal oqova suvlarnitozalash inshoatlari qo‘yiladi. Oqova suvlarni tozalash uchun quyidagi mexanik, fiziko-mexanik, fizik-kimyoviy va biologik usullarda tozalanadi. Tozalash inshoatlariningaerotenk, metantenk, oksitenk, biologik xovuzlar, mexanik turlarimavjud.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi. Mazkur kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlar- ni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha taklifl ar o‘rtaga qo‘yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi. Shu munosabat bilan fanda yangi monitoring (lotincha «monitor» – esga soladigan, ogohlanti- radigan) tushunchasi paydo bo‘ldi.
Monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.
Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv tadbirlarini qo‘llashdir.
Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifl oslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi.
Akademik I.P.Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan.
Bioekologik monitoring bosqichida atrof-muhitning iflslanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtayi nazaridan kuzatiladi. Mazkur bosqichda odamlarning kasallanishi, o‘lim, tug‘ilish, uzoq umr ko‘rish va boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu ma’lumotlar insonning atrof-muhit o‘zgarishiga aks ta’siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzatish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena xizmati ma’lumotlariga tayanib ish ko‘riladi.
Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan chiqindi va moddalar bo‘yicha kuzatishni tashkil qiladi.
Geoekologik monitoring bosqichida, asosan, tabiiy, tabiiy-antropogen geotizimlar, rekreatsion hududlar kuzatiladi va nazorat qilinadi. Mazkur bosqich uchun tabiatni ifl oslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miqdori va geotizimlarning o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Kuzatishlar geografl k statsionarlarda, maxsus zona yoki poligonlarda olib boriladi. Geotizimli monitoringni amalga oshirishda hududda havo, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha kuzatish tashkil etiladi. Bu borada geotizimlarning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinmog‘i lozim.
Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning changlanishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘proq e’tibor beri ladi. Kuzatishning asosiy maqsadi dunyo miqyosida bo‘ladigan o‘zgarishlarning aholi salomatligi va faoliyatiga ta’sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga qo‘riqxonalar va aholining xo‘jalik faoliyati zonalari kiradi.
Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib ketishiga, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.
O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish. O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, konchilik, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarining so‘nggi 50–60 yil davomida tez sur’atlar bilan rivoj- lanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o‘zgarishlar ro‘y berdi, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqdi. Natijada atrof-muhit holatini muntazam kuzatish, nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |