Maktabgacha ta’lim muassasalari
О‘sib kelayotgan yosh avlodga ekologik ta’lim-tarbiya berishni uzluksiz
ta’limning boshlang‘ich bosqichi hisoblangan maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlash ayni muddaodir.
Ta’lim muassasalarida fan asoslaridan mustahkam bilim berish bilan birga, turli fanlarni о‘qitish jarayonida о‘quvchilarni hozirgi ekologik muammolar mohiyatini ochib beruvchi bilimlar bilan qurollantirish va shu bilimlarni ularning amaliy faoliyatiga, ijtimoiy mehnati bilan mustahkamlab borish maqsadga muvofiq. Bunday mas’uliyatli vazifani hal qilish uchun о‘qituvchi shu soha bо‘yicha bilimga, pedagogik mahoratga, yuksak ekologik madaniyatga ega bо‘lishi, shuningdek, tinimsiz izlanishi, о‘rganishi talab qilinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tabiat haqidagi bilimlarni egallab olib о‘simliklarni о‘stirish, hayvonlarni parvarish qilishning oddiy usullarini о‘rganib, tabiatni kuzatish, uning gо‘zalliklaridan bahra olishni bilgan taqdirdagina, ularda tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bо‘lishni tarbiyalash imkoniyati tug‘iladi. Bolalarda ona Vatanga, uning tabiatiga, jonajon о‘lkasiga muhabbat hissi shu asosda shakllanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |