Ekologik ekspertizaning antropologik xususiyati mundarija kirish I bob. O‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishi tarixi



Download 164,58 Kb.
bet8/16
Sana11.01.2022
Hajmi164,58 Kb.
#344604
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Ekologik ekspertizaning antropologik xususiyati

tо‘rtinchidan, qabul qilingan ekologik qonun talablarini hamda ularning mohiyatini aholiga va yoshlarimizga kengroq tushuntirish;

beshinchidan, xalqaro standartlarga mos har tomonlama ekologik-huquqiy bilim bera oladigan zamonaviy yangi avlod darsliklarini yaratish ham maqsadga muvofiqdir.

Xullas, hozirgi ekologik muammolar keskinlashib borayotgan globallashuv sharoitida ularni hal qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiat boyliklarini kelajak avlodga qoldirish, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, bu maqsadda ekologik qonunchilikni takomillashtirib borish, ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyani yanada kuchaytirish ustuvor vazifamiz bо‘lib qoladi. Bu esa, mamlakatimizdagi mavjud tabiiy boyliklarni kelajak avlod uchun bus-butun qoldirishga, ularni asrab-avaylashga, e’zozlashga, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga hamda sog‘lom ona va bolaning uzoq yashashi uchun xizmat qiladi.



Ekologik muammolarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar

Ma’lumki, har qanday davlatning rivoji, aholi turmush farovonligining oshirib borishida uch tamoyilga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi: iqtisodiy о‘sish, ijtimoiy himoya va nihoyat, ekologik xavfsizlikdir.

Bu borada mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq kuchli, uzoqni kо‘zlovchi siyosat amalga oshirilayotganligini bugun nafaqat о‘zbekistonliklar, balki jahondagi rivojlangan davlatlar, xalqaro tashkilotlar ham ochiq e’tirof etmoqda. Yuqoridagi uch tamoyil О‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojiga asos qilib olingan desak, xato qilmaymiz. Kengroq fikr yuritadigan bо‘lsak, Prezidentimizning “О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobiga yana bir bor murojaat etamiz. Dunyoning kо‘plab mamlakatlarida chop etilgan ushbu kitobda О‘zbekistonning ekologik xavfsizligi masalasiga alohida о‘rin berilgan.

Umuman, О‘zbekistonda ekologik xavfsizlikka, bu xavfsizlikka tahdid solayotgan va endilikda global muammoga aylanib qolgan Orol va Orolbо‘yi ekologik fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, transchegaraviy daryolar suvidan oqilona foydalanish masalalariga faqat bugun e’tibor qaratilayotgani yо‘q. Bu masalalar Yurtboshimiz tomonidan о‘tgan asrning 80- yillari oxirida ham kо‘tarilgan va mustaqillikka erishilgandan keyin yanada rivojlantirilgan edi.

О‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Orol ekologik fojiasini tо‘xtatish va yumshatish yо‘lida keng kо‘lamdagi mislsiz ishlar amalga oshirildi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbuslari bilan Orolbо‘yi genofondini muhofaza qilish hayriya jamoat fondi tashkil etildi.



Xalqaro donorlarni Orol va Orolbо‘yi muammolarini yumshatishborasidagi harakatlarga jalb qilish maqsadida 2008 yilning 11-12 martida Toshkent shahrida Xalqaro konferensiya о‘tkazildi. Unda “Orolbо‘yi mintaqasida iqlim о‘zgarishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshirish uchun xalqaro donorlarga taklif etilayotgan majmuaviy harakat dasturi” qabul qilindi.

Orol va Orolbо‘yi muammosini hal qilishda О‘rta Osiyo davlatlari hamkorligi 1993 yili Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining (OQXJ) tashkil etilishida namoyon bо‘ldi. Uning doirasida “Orol dengizi havzasi Dasturi” hayotga tatbiq etildi.

2009 yil aprelida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga a’zo davlatlar rahbarlari uchrashuvida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti



I.A. Karimov jahon hamjamiyatini Orol dengizi havzasi muammolarini hal etishga yanada kengroq jalb qilishga qaratilgan Orolni qutqarish xalqaro

jamg‘armasiga a’zo mamlakatlarning 2011-2015 yillardagi faoliyati Dasturi konsepsiyasini taklif etdi.



Mintaqada ekologik muvozanatning buzilishi oqibatlarini yumshatish maqsadida Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini yaratish, tо‘qayzorlarni saqlab qolish, Orolbо‘yining olis aholi yashash joylarida quyosh energiyasidan foydalanishga qaratilgan bir qator xalqaro va davlatlararo loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tо‘qayzorlar, qamishzor о‘simliklari, tabiiy yaylovlar maydonining hamda noyob turdagi jonivorlar va qushlar sonining qisqarishi yoki ularning butunlay yо‘qolishi natijasida yetkaziladigan umumiy ziyon eng kamida yuzlab million AQSH dollariga baholanmoqda. Ammo flora va faunadagi haqiqiy qayta tiklab bо‘lmaydigan yо‘qotishlarni moliyaviy jihatdan о‘lchab bо‘lmaydi.

Bu sohada mavjud vazifalar kо‘lamining kengligi, murakkabligi hamda miqyosi mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash muammolarini kompleks ravishda hal etishda nafaqat davlat organlarining, balki jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlarining say-harakatlarini birlashtirishni talab etadi. Shu bois О‘zbekistonda bu ishga keng jamoatchilikni jalb qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish davlat, jamiyat va har bir fuqaroning ishiga aylanishi yо‘lida jiddiy qadamlar tashlanib,keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, mustaqillik yillarida Respublikamizda atrof- muhitnimuhofaza qilish, tabiiy resurlardan oqilonafoydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam, yaxlit qonunchilik bazasi yaratildi.Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi (1992 y.), “Suv va suvdan foydalanish tо‘g‘risida”gi (1993 y.), “Veterinariya tо‘g‘risida”gi (1993 y.), “Yer osti boyliklari tо‘g‘risida”gi (1994 y.), “О‘simliklar karantini tо‘g‘risida”gi (1995 y.), “Atmosfera havosini muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi (1996 y.), “О‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida”gi (1997 y.), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida”gi (1997 y.), “О‘rmon tо‘g‘risida”gi (1999y.), “Ekologik ekspertiza tо‘g‘risida”gi (2000y.), “Chiqindilar tо‘g‘risida”gi (2002y.), “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tо‘g‘risida”gi (2004 y.) qonunlari atrof-muhitni, tabiiy resurslarni huquqiy jihatdan muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining 50- moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona nosabatda bо‘lishga majburdirlar”, 54-moddasida, “Mulkdor mulkiga о‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.



Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”, 55-moddasida esa “Yer, yer osti boyliklari, suv, о‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deya alohida ta’kidlangan. Qonunchilikdagi yangiliklar, ayniqsa, atrof tabiiy muhit muhofazasi masalalariga doir qonun hujjatlariga kiritilgan

yetkazish yoshlarning ekologik bilim va kо‘nikmalarining oshishida, ekologik tafakkur va ongining yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekologik talim-tarbiyaning zarurati

Bugungi kunda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari ekologik muammolarni hal etishda nafaqat xо‘jalik faoliyatida resurs tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish, shu bilan birga, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlarning о‘zigina ushbu sohadagi muammolarni hal etish uchun yetarli emasligini kо‘rsatmoqda. Bu borada aholining, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, har bir insonda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish, mamlakatning noyob tabiatini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini hakllantirish, ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitga salbiy antropogen ta’sirning oldini olish asosiy omillardandir.

Tabiatda rо‘y berayotgan noxush hodisalar oqibatini bartaraf etish, rо‘y berishi mumkin bо‘lgan bunday vaziyatlarning oldini olish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Insonning tabiatga notо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatishi natijasida yuzaga keladigan salbiy holatlarning oldini olishda ekologik ta’lim-tarbiyaning о‘rni nihoyatda katta.

О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi va “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonunlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi shuningdek, boshqa qator normativ- huquqiy hujjatlar ekologik ta’lim-tarbiya tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi har tomonlama barkamol, о‘z mutaxassisligi bо‘yicha yetuk, yetarli darajada bilim va tafakkurga ega jamiyat, davlat hamda oila oldida о‘z javobgarligi, mas’uliyatini chuqur his etadigan shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutadi. О‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun barcha turdagi ta’lim muassasalarida “Ekologiya” fanini о‘qitishning majburiyligini ta’minlash mustahkamlab qо‘yilgan.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan “Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi”, “О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining davlat ta’lim standartlari” hamda



2001 yil 16 avgustdagi Qarori bilan “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari” tasdiqlangan. Mazkur meyoriy hujjatlarda о‘quvchi-yoshlarda ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasida muayyan bilim va madaniyatni shakllantirish, ularga tabiat va jamiyatning о‘zaro ta’siri, uning oqibatlarini tushuntirib borish, tabiiy fanlarning о‘zaro fundamental birligini anglatish, ekologik huquqdan xabardor qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sohaga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik Atrof-muhit musaffoligiga erishish va ekologik falokatlarning oldini olishda aholining ekologik madaniyatini oshirish, ayniqsa, о‘sib kelayotgan avlodlarning ekologik ta’limi, madaniyati yuksak bо‘lishi hal qiluvchi omillardan biri sanaladi. Shu maqsadda О‘zbekiston Respublikasida barqaror rivojlanish uchun ta’lim bо‘yicha BMT Dekadasining (2005-2014 yillar) amalga oshirilishi yuzasidan izchil faoliyat olib borilmoqda.

Hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri fan-texnika yutuqlari asosida aholi о‘rtasida ekologik ta’lim-tarbiya va madaniyatga oid bilimlarni oshirish yо‘li bilan tabiat muhofazasini ta’minlashning turli chora-tadbirlarini ishlab chiqishdir.


Download 164,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish