Ekologik ekspertiza to‘G‘risida 1-modda. Ekologik ekspertiza tushunchasi


-modda. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining javobgarligi



Download 28,5 Kb.
bet7/8
Sana16.03.2022
Hajmi28,5 Kb.
#493244
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalarning maksimal konsentratsiyalari

18-modda. Davlat ekologik ekspertizasi ekspertining javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘z vazifasini buyurtmachining huquqlariga yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazgan tarzda bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shuningdek ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzganlik uchun davlat ekologik ekspertizasining eksperti qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
19-modda. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish muddati o‘ttiz kundan oshmasligi lozim. Uni o‘tkazish muddati davlat ekologik ekspertizasi obyektining murakkabligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi tomonidan ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
20-modda. Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi
Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa tuzilib, u davlat ekologik ekspertizasi obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligi yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi yakunlarni o‘z ichiga olgan bo‘ladi.
21-modda. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini ijro etishning majburiyligi
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi obyektini moliyalash va ro‘yobga chiqarishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmay turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan moliyalanishi, shuningdek ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi.
Davlat ekologik ekspertizasining davlat ekologik ekspertizasi obyektini ro‘yobga chiqarish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lgan taqdirda, buyurtmachi xulosadagi mavjud takliflarga muvofiq loyiha maromiga yetkazilishini ta’minlashi hamda materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta taqdim etishi yoxud rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatdan voz kechishi shart.

Download 28,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish