Yulduz yilining hisobi:
Hindlar -365 kun 6 soat 12 minut 30 sekund
Xaldeylar -365 kun 6 soat 11 minut 00 sekund
Aristarx -365 kun 6 soat 10 minut 49 sekund
Sobit ibn Qurra -365 kun 6 soat 9 minut 12 sekund
Ulug’bek -365 kun 6 soat 10 minut 8 sekund
Aslida -365 kun 6 soat 9 minut 6 sekund
Shunday qilib, Ulug'bek bu yerda hammasi bo'lib bir minutu ikki sekundga yanglishgan, xolos.
124
Sayyoralarning yillik harakati:
|
Ulug’bek hisobicha
|
Hozirda
|
Zuhal
Mushtariy
Mars
Hulkar
Atorud
|
12° 13’ 39”
30° 20’ 34”
191° 17’ 15”
234° 17’ 32”
53° 43’ 13”
|
12° 13’ 36”
30° 20’ 31”
191° 17’ 10”
224° 17’ 30”
53° 43’ 3”
|
Asarning falakiyot va ilmi salosiya (trigonometriya)ga oid jadvallar keltirilgan ikkinchi qismida 1018 ta yulduzning holati koʻrsatib berilgan. Jadvallar oʻzining aniqligʻi bilan kishini hayratda qoldiradi.
Bu jadvallarni tuzish, shubhasiz, ogir ish edi. “Ulugʻbek jadvallaridan faqat sinus mohiyatining toʻgʻriligini tekshirishga,- deb aytgan edi Samarqand qishloq xoʻjalik institutining katta oʻqituvchisi marhum Rahmat Ibodov,- bir yildan ortiq jiddiy mehnat sarfladim”. Shuni ham aytish kerakki, R. Ibodov bu hisob-kitobni oddiy usul bilan emas, balki maxsus hisoblash mashinasi bilan bajargan. Shunga koʻra u, rasadxonada maʼlum hisoblash markazi boʻlgan, yaʼni sayyora va yulduzlarni kuzatishdan toʻplangan materiallarni hisob kitob qilib turgan yuzdan ortiq kishi boʻlgan, degan fikrga kelgan. R. Ibodovning bu taxmini haqiqatga o'xshaydi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, haqiqatan ham rasadxonada yuzdan ortiq munajjim va matematik xizmat qilgan.
“Zichi jadidi kuragoniy” falakiyot ilmining ajoyib mahsullaridan biri sifatida Sharq mamlakatlaridagina emas, balki Ovrupo va Amerikada ham katta shuhrat topdi. Uni jahon ilmiy jamoatchiligiga yetkazishda olimning shogirdi Alouddin Ali Qushchi (1404—1474) va oʻqimishli, maʼrifatparvar temuriy Abulqosim Bobur (1452-1457) ning xizmati katta boʻldi. Abulqosim Bobur 1450 yili Samarqand podshosi sulton Abusaid berib yuborgan “Zichi jadidi kuragoniy” nusxasini koʻpaytirishni buyurdi. Ali Qushchi esa bu asarni boshqa noyob kitoblar bilan qoʻshib 1471 yili Turkiyaga olib ketdi va shu bilan uning Ovrupoga ham tarqalishiga sababchi boʻldi.
Sharqning birmuncha atoqli munajjimlari Ulug'bek “Zichi” ga sharh bogʻlaganlar. Bulardan eng mashhurlari Nizomiddin Abduvali Birjandiy (1525 yili vafot etgan), Qozizoda Rumiy va Ali Qushchining nabirasi Mirim Chalabiy (1525 yili vafot etgan) lardir. Birjandiy “Sharhi Zichi Ulugʻbek” ("Ulugbek “Zichi”ning sharxi") nomli asar yozdi va uni shoh Ismoil Safaviyning (1502-1524) Xurosondagi vaziri amir Habibulloga taqdim qildi. Mirim Chalabiyning sharhi esa Ulug'bek “Zichi”ga Sharqda yozilgan eng toʻla va puxta sharh hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |