Ekliptika og'maligi:
Eratosfen bo’yicha 23° 51’ 20’’ xatosi +7’ 35”
Gepparx 23° 51' 20" ----“---- +8’ 23”
Ptolemey 23° 51' 20" ----“---- +10’ 10”
Al-Battoniy 23° 35' ----“---- +0’ 17”
Al-Sufiy 23° 35' 45" ----“---- -0’ 50”
Abulvafo 23° 35' ----“---- +0’ 35”
Al-Quhiy 23° 51' 01" ----“---- +16’ 36”
Ibn Yunus 23° 34' 52" ----“---- +0’ 33”
Nosiriddin Tusiy 23° 30’ ----“---- -2’ 9”
Ulug’bek 23° 30' 17" ----“---- -0’ 32”
Muqaddimaning to'rtinchi bobi to'lig'icha falakkiyot ilmiga bag‘ishlangan. Bunda sayyoralarning turli-tuman moslashuvlari va bu holning kishi taqdiriga ta’siri masalalariga to'xtab o'tilgan. Undan tashqari, kishi taqdirini oldindan belgilash uchun qanday qilib qur’a (goroskop) tuzish yo‘llari ham ko‘rsatib berilgan. Bundan Ulug'bek o‘z ijodida dinga ham keng yo‘l bergan ekan, degan xulosa chiqarish xato bo‘lur edi, chunki olim xalq o‘rtasidagi taassublik, ya’ni dinga bo‘lgan qattiq e’tiqodni hisobga olmay iloji yo'q edi. Qolaversa, uning o‘zi ham musulmon edi.
Ulug'bekning sana va sayyoralarning yillik harakatlari haqidagi hisoblari ham hozirgi hisob-kitoblarga juda yaqindir. Bir-ikki misol keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |