Ulug'bekning bu asari XVII-XVIII asrlarda Ovrupo munajjimlari uchun xam muhim dastur bo'lib xizmat qildi. 1643
125
yilda oksford (Angliya) lik munajjim professor Jon Grins Ulug'bek “Zichi" haqida yirik kitob yozib nashr qildi. Undan tashqari, bu asarning Grive nashrga tayyorlangan bir qismi 1648 yili Beynbridj tomonidan chop etildi. Asarning to'liq nashri (forscha matni va lotincha tarjimasi bilan) 1665 yili Tomas Xayd tarafidan nashr qilindi va 1767 yili Grigoriy Sharl va 1843 yili Frensis Beyli tomonidan Londonda qayta chop qilindi. Ulug'bek "Zichi”ni 1889 yili Fransiyada Se dino, 1917 yili esa amerikalik olim Eduard Bell Nobl nashr qildi. Lekin hanuzgacha buyuk vatandoshimizning bu qimmatli asari matnshunoslik nuqtai nazaridan oʻrganilmagan. Xullas, uning na ko'p nusxalar asosida tuzilgan tanqidiy matniga va na hozirgi zamon tillariga qilingan tarjimasiga ega emasmiz. Qolaversa, unga bagʻishlangan juda ko'p sharhlar va oʻsha zamonlarda yozilgan boshqa astronomik asarlar har tomonlama oʻrganilmagan. Bunday asarlar faqat O'zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi Sharqshunoslik institutining o'zida oʻnlab topiladi. Bu ahvol shuni koʻrsatadiki, bu muhim ish sharqshunos olimlarning astronomlar bilan yanada yaqinroq hamkorlikda ishlashi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Jahonga dong'i ketgan Samarqand rasadxonasining koʻp yillik samarali kuzatishlarining ajoyib natijasi o'laroq XV asrning birinchi, qisman ikkinchi yarmida bu yerda yaratilgan yana boshqa ilmiy asarlar ham jahon ilm-fan xazinasining durdonalari qatoridan mustahkam oʻrin oldi. Gʻiyosiddin Jamshidning “Zichi hoqoniydan sharx-i Elxoniy” ("Elxoniy zichi"ni takomillashtirish asosida [tuzilgan] “Hoqoniy zichi”), "Risolat al-muhitiya" (“Muhit haqida risola”), “Miftox al hisob” (“Hisoblar kalidi”), "Risolat al-vatar al-jayb" (“Xorda va sinus haqida risola”) kabi asarlari, Salohiddin Muso ibn Muhammad Qozizodaning "Risolat fil-l hisob" (“Hisob haqida risola”), “Sharh ashkol at-taʼsis" ("Shakllar asosining sharhi”), “Risolat al-jayb” (“Sinus haqida risola”), Alouddin Ali ibn Muhammad Ali Qushchining “Risolat fi-l-haycha” (“Ilmi hayʼat haqida risola”), "Risolat fi-xall ashkol al-qamar" ("Oy shakllarini yechish haqida risola") kitoblari va bosh1a juda koʻp asarlar shular jumlasidandir.
9
Salohiyatli olim, isteʼdodli shoir, mohir sarkarda va yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning yaqin qarindoshlaridan biri atoqli muarrix Muhammad Haydar (1500-1551) o'zining mashhur “Tarix-i Rashidiy” nomli asarida Mirzo Ulugʻbek oʻz davrining yetuk riyoziyot va falakiyot olimi boʻlish bilan birga, yirik tarixchi boʻlganligini ham aytgan. U, xususan, mana bunday deb yozgan: "Mirzo Ulug'bek tarixnavis donishmand edi [va] "To'rt ulus [tarixi]" ni yozib
126
qoldirgan edi. Olimning mana shunday asar yozganligini o'rta asrlarda o'tgan boshqa olimlar, xususan, G'iyosiddin Xondamir va yirik qomusiy olim Mahmud ibn Vali ham aytganlar. Afsuski, bu asarning to'liq nusxasi bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. To‘grisi, hali qidirib topilmagan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, "Tarix-i-arba'i ulus"ning ikkita nusxasi hozirda Istambul kutubxonalarida saqlanadi, qisqartirilgan nusxalari esa Londondagi "Indiya offis" kutubxonasida va Britaniya muzeyida, shuningdek AQSHning Xarvard universiteti kutubxonasida mavjud. Bu haqida mashhur ingliz sharqshunoslari Ete va Riyo o'z kataloglarida batafsil ma’lumotlar keltirganlar. Asarning «Britaniya muzeyi"da saqlanayotgan nusxalaridan biri polkovnik Uilyam Mayls tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib, 1838 yili Londonda nashr etildi. Lekin bu tarjimani mufassal va ilmiy deb bo‘lmaydi.
Taassufki, Ulug'bekning bu asari hanuzgacha qadrlanmaydi. Bunga uning juda kam o‘rganilganligini sabab deb bilmok kerak. Asar bilan izchil tanishib chiqish va uni boshqa tarixiy asarlar bilan solishtirish natijasida uning qimmatli bir kitob ekanligiga to‘la ishonch hosil qildik. «Tarix-i arba'i ulus" bir vaqtlar Chingizxon bosib olgan mamlakatlarning XIII-XIV asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy hayotini o‘rganishda qimmatli manbadir. Chig‘atoy ulusi va uning ana o‘sha vaqtlardagi Oltin Urda va Elxoniylar (Eron) davlati bilan bo‘lgan munosabatlarini o‘rganishda esa bu asar birdan bir manbalardandir.
Asar Sharq tarixi bilan qiziquvchilarga ma’lum emasligini nazarda tutib, uning haqida bir necha so‘z aytishni lozim topdik. Lekin bundan ilgari, keng kitobxonlar ommasini ham hisobga olib, to‘rt ulus xususida qiska ma’lumot keletirib o‘tmoqchimiz. Chingizxon vafotidan so‘ng uning ulkan imperiyasi to‘rt mustaqil ulus (davlat) ga bo‘linib ketdi. Bulardan biri Juchi ulusi deb atalib, unga Dashti qipchoq, Volga bo'yidagi viloyatlar, Krim va Xorazmning g‘arbiy qismi qarar edi. Bu ulus Oltin Urda nomi bilan mashhur bo‘lib, uning tepasida Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘chixon, uning vafoti dan (1227) keyin esa avlodi turgan edi. Chingizxonning ikkinchi o'gli Chig'atoy va uning farzandlari esa Movarounnaxr, Yettisuv viloyati va Chu vohasi ustidan hukmronlik qildilar. Xorazmning sharqiy qismi ham shu ulusga qaragan. Bu ulus tarixda Chig'atoy ulusi nomi bilan mashhurdir. XIII asrning o‘rtalarida, aniqrog'i 1256 yilda Chingizxonning nabirasi Halo kuxon Eron, Ozarbayjoy hamda Iroqni bosib oldi va Halo kunylar davlatiga asos soldi. Ulug' ulus nomi bilan mashhur bo'lgan Mug'uliston va Shimoliy Xitoyda esa Chingizxonning boshka o'g'illari Ug'adoy qoon va Tuluyxon avlodlari hukmron edilar. Garchi boshqa uluslar ulug' ulusga rasman tobe hisoblansalar-da, aslida ular mustaqil davlat edilar.
"Tarix-i arba’ ulus" turklarning afsonaviy ota-bobolari
127
Do'stlaringiz bilan baham: |