Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti


Sovetlarning O'zbekistonda yuritgan iqtisodiy siyosati va



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

2. Sovetlarning O'zbekistonda yuritgan iqtisodiy siyosati va 
uning mustamlakachilik
 
mohiyati 
XX asr 20—  yillari boshlariga kelganda o'lka hayoti, yerli aholining maishiy -  turmush tarzi 
nochor ahvolda edi. 1-jahon urushining og'ir asoratlari, yangi Sovet tuzumini o'rnatishda bolshevik 
hukmdor-larning mahalliy aholiga nisbatan qo'llagan zo'rlik siyosatining oqibatlari har qadamda ko'zga 
tashlanib turardi. Sanoat izdan chiqqan, transport va aloqa vositalari ishlamayotgan, ekin maydonlari 
payxon bo'lib ketgandi. Eng yomoni, o'lkada ochlik, qashshoqlik, ommaviy ishsizlik hukm surardi. 
Buning ustiga, Sovetlar hokimiyati tomonidan ishlab chiqilib hayotga zolrlik bilanjoriy etilgan 
oziq-ovqat razvyorstkasi va u bilan uyg'unlashgan "harbiy kommunizm" siyosati o'lka hayotini yana ham 
mushkul ahvolga solib qo'ydi. Sovet hokimiyatini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan bu 
favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erki, mustaqilligini qat'iyan cheklab, savdo, 
bozor munosabatlariga izn bermay, oqibatda, bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yanada 
murakkablashib ketishiga sabab bo'ldi. 
  
Yangi iqtisodiy siyosat. Vaziyat Sovetlar yo'lboshchilari oldiga ahvolni o'nglash, tang vaziyatdan 
chiqish va xo'jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko'ndalang qilib qo'ydi. Bu vazifalar 1921— 
yil mart oyida bo'lib o'tgan RKP (b) X syezdi belgilab bergan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) da o'z 
ifodasini topdi. Bu siyosatning muhim bo'g'inlari oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig'i bilan 
almashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, mayda hunarmandchilik va boshqa sohalarda 
xususiy tadbirkorlikka ruxsat berish, bozorni tartibga solish, yollanma mehnat  cheklanishini bekor 
qilishdan iborat bo'ldi. 
Eng muhimi, bu siyosat shahar bilan qishloq O'rtasidagi o'zaro munosabatlarni izga solishga, 
yangi hokimiyatning tayanch negizi hisoblangan ishchilar bilan dehqonlar ittifoqini, iqtisodiy aloqalarni 
mustahkamlashga xizmat qilardi., Yangi iqtisodiy siyosatning bosh maqsadlaridan biri -  bu dehqon 
xo'jaligini oyoqqa turg'izish, uni rivojlantirish edi. Negaki, busiz sanoatni ham, xalq xo'jaligining boshqa 
sohalarini ham hech ham yuksaltirib, yctarli xomashyo bazasini yaratib bo'lmasdi. Oziq-ovqat solig'i 
talabiga ko'ra, ekish mavsumi oididan yakka dehqon xo'jaligi bilan davlat o'rtasida mahsulot yetkazib 
berish majburiyati to'g'risida shartnoma tuziladigan bo'ldi. Bu esa dehqonlarni yerdan ko'proq hosil olish 
uchun astoydil mehnat qilishga undardi. Xullas, yangi iqlisodiy siyosat dehqonning o'z mehnatidan 
manfaatdorbo'lishini tayin qildi. Endilikda dehqonning ortiqcha g'allasi tortib olinmaydigan bo'ldi, o'zi 
yetishtirgan oshiqcha mahsulotni bozorda erkin sotish huquqi berildi. 
Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega edi. Birinchidan, 
Turkiston qoloq chekka, asosan qishloq xo'jaligi o'lkasi edi. Demak, bu yerda zamonaviy qishloq xo'jaligi 
va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, o'lkada milliy ishchilar sinfmi shakllantirish 
zarur edi. Uchinchidan, Turkiston ko'p millatli o'lka bo'lib, yangi iqtisodiy siyosatga o'tishda yerli 
xalqlarning qadriyatlari, an'analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo'lardi. Ammo RKP 


(b) va Sovet hukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o'z manfaatlaridan kelib chiqib 
ish yuritdi. 
1921—yil aprelda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi oziq-ovqat, yem-xashak va 
xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig'i bilan almashtirish to'g'risida qaror qabul qildi. Unda 1921-
1922—yillar uchun soliq miqdori belgilandi. Turkiston mehnatkashlaridan olinadigan soliq markaziy 
rayonlardan farqli o'laroq yil oxirida yig'ib olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan yerning har 
desyatinasi, shuningdek, qora mol va mayda mollar hisobidan olinadigan bo'ldi. Bu esa Turkiston 
dehqonining kamsitilishini bildirardi. 
Bundan tashqari, Sovet hukumati o'lkada birinchi navbatda o'zi uchun zarur bo'lgan tarmoqlarni, 
chunonchi, paxta, qand lavlagi, tamaki va boshqa texnik ekinlarni rivojlantirishga alohida e'tiborni 
qaratdi. Yordam ko'rsatish bahonasida 300.000 dan ortiq ishchi va dehqon oilalari Rossiya markaziy 
rayonlaridan Turkistonga keltirilib joylashtirildi. 
Yangi iqtisodiy siyosat asosida sanoatni xo'jalik hisobiga o'tkazish jarayoni amalga oshirib borildi. 
Bu esa sanoat korxonalari ishlab chiqarishining biroz bo'lsa-da, jonlanishiga olib keldi. Mayda va O'rta 
sanoat korxonalari, yirik kooperativ tashkilotlari va ularning birlash-malari tadbirkorlarga ijaraga berildi. 
O'lkada yangi sanoat korxonalari, temir yo'llar qurildi. Xilkovo sement zavodi, Farg'ona pillachilik 
fabrikasi, Toshkent guruch /avodi, Qizilqiya, Xilkovo temir yo'l shahobchalari shular jumlasidandir. 
O'lkada. ayniqsa, paxtachilik va u bilan bevosita bog'liq bo'lgan paxta tozalash korxonalari tez 
sur'atda o'sdi. Bu Markaz to'qimachilik sanoatining o'zbek paxtasiga talab-ehtiyoji ortib borayotganiga 
ko'p jihatdan bog'liq edi. 
Natijada, paxta ekiladigan maydonlar 1924—yilda 1921—yilga nisbatan 3 barobar ko'paydi. 
Ishlab turgan sanoat korxonalari soni 144 taga yetdi. Birgina paxta tozalash sanoatida yalpi mahsulot 
ishlab chiqarish 1923—yildagi 23,9 mln. so'mlikdan 1924—yilda 57,8 mln.so'mga yetdi. Bundan 
ko'rinadiki, yangi iqtisodiy siyosat asosida Turkiston sanoati tiklanib, sezilarh darajada rivojlana boshladi. 
Biroq partiya va Sovet hukumati: «Yangi iqtisodiy siyosat Turkistonda sinfiy kurashning 
keskinlashuviga olib kelmoqda, mahalliy boylar, milliy burjuaziya  qoldiqlari, yirik savdogarlar, 
musulmon ruhoniylari va boshqa ekspluatator unsurlar jonlan-moqda»,-  deb ularga qarshi mafkuraviy 
tashviqot va targ'ibot ishlarini kuchaytirib yubordi. Jumladan, RKP(b) XII syezdida (1923) Buxoro va 
Xivada turkman va qirg'izlarga qarshi "o'zbek shovinizmi" mavjud, deb qayd yetishgacha borildi. Bu 
asossiz da'vo va e'tirozlar o'lkada milliy nizolarni keltirib chiqarishdan boshqa narsa emas edi. 
Bu xol asta-sekinlik bilan o'lkada yangi iqtisodiy siyosat yo'lidan chekinishga olib  keldi. 
Dehqonga berilgan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular qishloq xo'jalik artellariga birlashtirila boshlandi. 
Sanoatni milliylashtirish jarayoni avj oldirildi. Ayniqsa, 20—yillarning oxir-lariga kelib ittifoqning, shu 
jumladan, O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy hayotida ma'muriy-buyruqbozlik 
boshqaruvi tizimining kuchayishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat o'z mazmuni va mohiyatini tobora 
yo'qota bordi. 
XX asr 20—yillari O'rtalaridan e'tiboran sovetlarning butun diqqat-e'tibori mamlakatni 
industrlashtirishga qaratildi. Buning asosiy sababi shundaki, industrlashtirish SSSRda sotsializm qurish 
dasturiy rejasining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanardi. VKP (b) XIV syezdida (1925) mamalakatni 
industrlashtirish sotsializmni barpo etishning bosh strategik vazifasi deb belgilandi. Hukrnron Markaz bu 
asosiy vazifani bajarishga xalqni safarbar etar ekan, bunda bu ishni mamlakatning barcha mintaqalarida, 
jumladan, O'zbekistonda ham jadal sur'atlarda amalga oshirish kirishdi. 
O'zbekistonda  industrlashtirish ishini amalga oshirish orqali sovetlar ko'p narsaga umid 
bog'lagandilar. Eng asosiysi, ular bu oikada ko'plab sanoat korxonalari va tarmoqlarini yaratish yo'li bilan 
uning boy tabiiy va mineral resurslarini ishga solish, arzon ishchi kuchidan foydalanish va oxir-oqibatda 
Markaz uchun ko'proq foyda undirib olishni ko'zlaganlar. Industrlashtirish jarayoni O'zbekistonni Markaz 
ta'siriga olish, uning hukmiga yanada bo'ysundirish uchun qulay imkoniyatlar yaratardi. Gap shundaki, 
zamonaviy sanoat tarmoqlarini vujudga  keltirish, ishga tushirish respublikaning iqtisodiy taraqqiyoti 
uchun g'oyatda katta ahamiyat kasb etardi. Biroq bu jarayon juda ko'p miqdordagi moliyaviy resurslar
pul mablag'lari, xilma-xil texnika jihozlari, ilmiy-tcxnika salohiyati, ko'p sonli yuqori ma'lumotli 
muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchi kadrlar va hokazo omillar bilan bog'liq edi. Bunday 
salohiyatga O'zbekiston mutlaqo ega emas edi. Negaki, respublika bu davrga kelib, xalq xo'jaligi 


tarmoqlarini qaytadan tiklashga  arang erishib borayotgan edi. Shu bois, bu mintaqada industriashtirish 
jarayonining tashabbuskori va tashkilotchisi bevosita Markaz va Kommunistik partiyabo'ldi. Bu o'rinda 
aytish joizki, ittifoq hukumatming rejasida O'zbekistonda zamonaviy yirik industrial tarmoqlarni emas, 
balki ko'proq xomashyoni qayta ishlaydigan sanoat korxonalari, tog'-kon sanoatini rivojlantirishga asosiy 
urg'u berilgandi. Negaki, bu hudud Markaz uchun ko'proq xomashyo mahsulotlari yetkazib berishga 
ixtisoslashtirilishi kerak edi. Shu bois ham, muhim e'tibor paxtachiiik va u bilan bevosita bog'liq 
tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgandi. O'zbekistonda 1925—yilda atigi 21 sanoat tarmog'iga taalluqli 
149 ta korxona mavjud edi, xolos. Ular ham asosan qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlashga 
moslashgan edi. 
Industriashtirish davrida respublikada 17 ta paxta tozalash zavodlari barpo etildi. Shuningdek, 
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg'ilon va Shahrisabzda pillachilik fabrikalari, Farg'ona va Toshkent 
to'qimachilik, Chirchiq elektrokimyo kombinatlari, Toshkent mashinasozlik zavodi va shu singari 
korxonalar qurildi. O'sha davr rasmiy ma'lumotlariga ko'ra O'zbekistonda birinchi besh yillik (1928-
1932)da 289 ta va ikkinchi besh yillik (1933-1937) davrida 189 ta sanoat korxonalari barpo etilgan. 
Ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham yil sayin ortib bordi. Chirchiq, Olmaliq, Bekobod, Angren, 
Yangiyo'l, Quvasoy kabi sanoat shaharlari vujudga keldi. 1925-1940—  yillar davomida respublikada 
qurilgan GESlar soni 49 taga yetdi. Toshkent-Angren temir yo'li, Toshkent-Termiz katta avtomobil yo'li 
qurildi. Ikkinchi jahon urushiga qadar O'zbekistonning sanoat salohiyati 1445 ta yirik va O'rtacha sanoat 
korxonalari va 19 mingga yaqin mayda korxonalarni o'z ichiga olardi. Garchand sanoat qurilishi ancha 
ko'zga ko'rinarli tarzda rivojlanib, muayyan yutuqlarga erishgan bo'lsa-da, biroq bu sohada ko'plab jiddiy 
muammolar, nuqsonlar mavjud edi. 
Awalo, yuqoridan tazyiq o'tkazish amaliyoti, rahbarlikning ma'-muriy-buyruqbozlik usullari 
O'zbekiston sanoati tarmoqlarida chuqur ildiz otgan edi. Jumladan, respublika metropoliyaning rangli va 
nodir metallar, oltingugurt, volfram, molibden, paxtatolasi, xom ipak bilan ta'rriirtfovchi mintaqasiga  
aylantirildi. 
Markaz amri bilan respublikaning xomashyo, tabiiy resurslari ayovsiz ekspluatatsiya qilingan 
holda uning o'ziga xos iqtisodiy manfaatdorligi hech qanday nazar-pisand qilinmasdi. O'zbekistonda 
qurilgan sanoat korxonalarining talay qismi to'lig'icha ittifoq ixti-yoriga bo'ysunardi. Binobarin, ularning 
ishlab chiqargan mahsulotlari va undan keladigan tushumlar ham Markaz xazinasini boyitishga xizmat 
qilardi. 
Respublikada industrlashtirishning muhim bir xarakterli tomoni shundaki, bu jarayon davomida 
malakali ishchi kuchi yetishmagan-ligidan, xususan, RSFSR hududidan bu yerga juda ko'plab odamlar 
oqimi kirib keldi. Ular hisobiga respublikaning ishchilar sinfi saflari to'ldirilib borildi. Jumladan, 1926—
yildan to 1940—yilga qadar O'zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming kishiga yoki 10%dan 
ortiqroqqa ko'paydi. SSSRning markaziy tumanlaridan aholini sun'iy tarzda ommaviy ko'chirib kelinishi 
ko'p jihatdan xalq xo'jalik mulohazalari bilan emas, balki ko'proq siyosiy mulohazalar taqozosi bilan, 
respublika ishchi va xizmatchilariga g'oyaviy, ma'muriy bosim o'tkazish maqsadida amalga oshirilgan edi. 
Agar joylarda o'zining malakali ishchi kadrlarini keng miqyosdatayyorlash tashkil etilganda edi, ko'plab 
mahalliy yoshlarni foydali ishga jalb etish hamda ularni malakali ishchi kadrlar qilib tarbiyalashga 
sezilarli ta'sir ko'rsatishi shubhasiz edi. 
Shunday qilib, industriashtirish yillarida partiya va sovet huku-matining so'zi bilan amaliy ishi 
O'rtasida yakdillik va uyg'unlik bo'lmadi. Sotsializmning kapitalizmdan afzalligi, mehnatkashlar turmush 
farovonligini tubdan yaxshilash, ularning hayoti maz-munini chuqur o'zgartirish to'g'risidagi g'oyalar 
amalda puch bo'lib chiqdi. Xalq ommasining o'n yillar davomida to'kkan peshona teri, amalga oshirgan 
tinimsiz mehnati, chekkan zahmati, fido-korligi unga farovonlik kcltirmadi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish