Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

8.
 
Turonzaminda turkiy xalqlarning azaliy etnos ekanligi 
Milliy istiqlolga erishganimizdan keyin o'zbek xalqining etnologiyasi, etnik tarixini o'rganish, 
haqqoniy yoritish tarix fanining muhim va dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Negaki, mustaqillik 
sharofati bilan xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o'zligini anglashga 
qiziqishi o'sdi. Farzandlarimiz tarix ijodkori bo'lgan o'z ajdodlari kimlar bo'lganligini, o'zbek xalqi qachon 
va qanday shakllanganligini chuqur anglashni, bilishni xohlaydi. 
Prez
identimiz  I.A.Karimovning  «Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo'q»  asarida  ta'kidlanganidek:  «Наг 
qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar bo'lgan, millatimning ibtidosi 
qayda, uning oyoqqa turish, tikianish, shakllanish jarayoni qanday kechgan, degan savollarni o'ziga 
berishi tabiiydir. Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta, bir kun mana shunday savollarga duch keladi va 
aminmanki, to'g'ri xulosalar chiqaradi».1 
Ko'plab ishonchli tarixiy ma'lumotlar, manbalar, ashyoviy dalillar barcha  xalqlarning etnik 
shakllanishi uzoq davrlar davomida, murakkab tarixiy shart-sharoitlar va omillar ta'sirida sodir 
bo'lganligini tasdiqlaydi. O'zbek xalqining shakllanishi ham uzoq tarixiy jarayon mahsuli bo'lib, uning o'q 
tomirlari shu yurt zaminida azal-azaldan yashab, uni o'ziga makon tutib, chuqur ildiz otib, muttasil 
moddiy va ma'naviy madaniyat namunalarini yaratib kelgan qadimiy urug', qabila va elatlarga borib 
taqaladi. Shu o'rinda, urug', qabila, xalq tushunchalari to'g'risida ham bir qadar to'xtalib o'tmoqlik joiz 
bo'ladi. Negaki, ular haqida aniq tasawur hosil qilish, nazarimiz-da, etnik jarayonlar o'zgarishining 
mazmun-mohiyatini to'g'ri tushunishda g'oyatda muhimdir. 
Qabila ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik bo'lib, qon-qarindoshlik munosabatlari, bir necha 
Lirug'larningbirikuvi natijasida tashkil topgan. Qabilaning o'ziga xos till, hududi, qabila a'zolarining 
o'zaro ham-korligi, qabila nomi, o'ziga xos an'analari bo'ladi. Qabila hayotiga doir ishlarga boshchilik 
qiladigan qabila oqsoqoli saylangan, munim masalalar bo'yicha qabila yig'inlari o'tkazilgan. 
Qabilalar o'rtasida etnik, xo'jalik, moddiy va madaniy aloqalar rivojlanishi natijasida ular 
qo'shilishib, birlashib ketadilar. Natijada ularning yetakchi, nufuzli guruhi nomi bilan yangi etnik birlik - 
elat yoxud xalq shakllanadi. Xalq hududiy, iqtisodiy, til va madaniy umumiylik asosida tarkib topadi. 
Qadimshunos olimlarimiz tomonidan arxeologik tadqiqotlar yo'li bilan o'rganilib, isbotlangan 
qanchalab daliliy ashyolar bu hududda yashagan ulug' o'tmishdoshlarimiz miloddan awalgi ming yilliklar 
mobaynida ibtidoiy-jamoa tuzumining barcha asosiy bosqichlarini boshdan kechirib, istiqomat qilib, 
o'ziga xos hayot tarzini yaratib kelganligidan dalolat beradi. Buni Xorazm, Surxon, Zarafshon 
vohallarida, Farg'ona vodiysi hududida olib borilgan qidiruv ishlari, Markaziy Osiyo hududida joylashgan 
270 dan ortiq tarixiy yodgor-liklar tahlili hamda boshqa ko'plab mo'tabar dalillar ham to'la tasdiq etadi. 
Shularga asoslanadigan bo'lsak, miloddan avvaigi ming yilliklar davomida bu zaminning yashashga 
qulay, tabiiy sharoitlari o'ng'ay bo'lgan joylarida yashagan har xil mahalliy urug', qabilalar dehqonchilik, 
chorvachilik, yilqichilik, ovchilik, baliqchilik, hunar-mandchiiik bilan shug'ullanib kelganlar. Masalan, 
daryo, ko'llar atroflarida yashagan aholi asosan dehqonchilik yoxud baliqchilik bilan mashg'ul bo'lgan 


bo'lsa, cho'lli, adirli joylarning odamlari esa ko'proq chorva, yilqi boqish bilan band bo'lganlar. Qadimiy 
manbalarda aytilishicha, hozirgi O'rta Osiyo hududlarida massagetlar, saklar, so'g'diylar nomi bilan 
atalgan qabilalar yashaganlar. 
Taniqli etnograf olim K.Shoniyozovning ta'kidlashicha, «O'zbek xalqi mazkur hududda yashagan 
tub yerli etnoslardan tomir olgan; ikkinchi ildizi esa qadimgi turkiy xalqlardan boshlangan. Har ikkala 
ildizlarning birikishi - o'zaro sintez o'zbek elatini va keyinchalik, o'zbek xalqini tashkil etgan. Har qanday 
xalq alohida etnik birlik (elat) bo'lib ma'lum bir hududda, ma'lum tarixiy davrda shakllanadi. O'zbek xalqi 
ajdodlari  ham elat bo'lib, Movarounnahr va Xorazm hududida hamda ularga tutash mintaqalarda 
shakllangan».'Eron manbalarida O'rta Osiyoda yashagan sak (yoki shak) qabila uyushrhalarining 3 xil 
toifasi tilga olinadi:Bu qabilalar aholisi ham o'ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy turmush tarziga ega 
bo'lib, nisbatan to'Iaqonli hayot kechirgan, kelgusi nasllar uchun o'zlaridan munosib meros qoldirish 
yo'Iida sa'y - harakatlarda bo'lgan. 
Muqaddas «Avesto» kitobida ham vatanimiz hududida yashagan qavm, elatlar haqida ko'plab 
ishonchli ma'lumotlar bor. Jumfadan, unda Xorazm, So'g'd, Baqtnya singari yurtlarning iqtisodiy va 
madaniy-ma'naviy taraqqiyotda yuksak darajada bo'lganligi qayd etiladi. 
Firdavsiyning «Shohnoma» asarida va boshqa mo'tabar manbalarda turkiy etnoslar O'rta Osiyoda 
yashovchi azaliy qavm ekanligi ta'kidlanadi. Shu bois, bu o'lka qadimdan Turon deb atalib kelindi. 
Turonzamindagi qo'shni qardosh elatlar o'zaro hamjihatlikda yashab, chuqur ifdiz otib borish barobarida 
tabiiy zaruriyat taqozosi o'laroq bir-birlari bilan qo'shilishib, birikishib o'zaro etnik jarayonlarni boshdan 
kechirganlar. Bu esa asta-sekin bu hududda turkiy va so'g'diyda so'zlashuvchi ikki tilli xalqning 
shakllanib borishida o'z ifodasini topgan. 
O'rta Osiyo aholisi to'g'risidagi ma'lumotlarni yunon-rim tarixchilari asarlarida ham uchratamiz. 
Ular Qora dengizning sharqiy  hududlarida yashovchi qabilalarni umumiy nom bilan «skiflar» deb 
ataganlar. Gerodot: «bu xalqlar qadimiylikda misrliklardan qolishmaydi»,—  deb qayd etadi. Yozma 
manbalarda skiflarning ikkita yirik qabilasi - massagetlar va saklar xususida ko'proq eslatiladi. 
Ayniqsa, Ona yurt tinchHgi va osoyishtaligini ta'minlash, uni ajnabiy kuchlar tajovuzi va 
bosqinidan himoya qilish zaruriyati turli qardosh va qondosh urug', qabilalar, elatlarni bir-birlari bilan ya-
qinlashtirgan, do'stlashtirgan, bir yoqadan bosh chiqarib faol ha-rakatlarga chorlagan. Shu tarzda davom 
etgan o'zaro yaqinlik, birodarlik, og'a-inilik tuyg'usi bu qavm, elatlarni ma'nan, ruhan va jismonan bir 
jonu bir tan bo'lib o'zaro intensiv etnik jarayonlarga kirishib borishlariga sabab boigan. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish