Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

5.Qoraxoniylar 
Yettisuv, Sharqiy Turkiston o'lkalarida IX asr ikkinchi yarmida turli turkiy qavmlar, elatlarning 
o'zaro birikuvi natijasida va qo'shiluvi davomida Qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Mazkur davlatga asos 
solgan siymo Abdulkarim Sotuq Bug'roxon (859-955) yag'molar qavmiga mansub bo'lgan. Bu davlat 
hukmdorlari «arslonxon» yoki «qoraxon» unvonlari bilan yuritilgan. Qoraxon so'zining lug'aviy ma'nosi 
esa turkiy qabilalarda «u!ug'»« «buyuk» degan tushunchalarni anglatgan. Qoraxon «Tamg'achxon» ham 
deb yuritilgan. 
Bu davlatning qudrati yuksalib, u tez orada katta hududlarni o'z qo'l ostiga kirita boradi. Uning 
poytaxti Sharqiy Turkistonning Bolasog'un shahri bo'lgan. Abdulkarim Bug'roxon vafotidan keyin uning 
vorislari davrida Markaziy Tyan-Shan va Yettisuv o'lkalari egallanadi. Endilikda Qoraxoniylar 
Somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr yerlarini ham butunlay egallashga kirishadilar. Bu 
davrda Somoniylar davlati chuqur ichki ziddiyatlar, sinfiy ixtiloflar orqasida tanglik holatiga tushib 
qolgan edi. Bundan foydalangan Qoraxoniylar hukmdorlari -  Hasan va Nasr Bug'roxonlar 
yetakchiligidagi qo'shin Somoniylar qarshiligini qiyinchiliksiz yengib, (992-996 va 999—  yillarda) 
Buxoroni egallaydi, somoniylar sulolasining so'nggi Vakili Ismoil al-Muntasir (1000-1005) hukmronligi 
barham topdi. Oqibatda butun Movarounnahr hududlari Qoraxoniylar tasarrufiga o'tadi. Shu Lariqa, 
Qoraxoniylar hukmronligi katta hududlarga yoyiladi. 
Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahaliiy hududiy boshqarish tartibiga asoslangan. 
Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo'lganligidan,  har bir yirik hudud yoki viloyat eloqxonlar 
(mahaliiy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, 
Yettisuv v.b.). Eloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to'lovlarni markaziy hokimiyat hukmdori - 
Tamg'achxonga yuborib, amalda o'z mulklarini mustaqil boshqarganlar. 
Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda, turli 
sulolaviy urushlar, ziddiyatli jara-yonlar girdobida kechgan. Ayniqsa, xonlikning muhim hayotiy 
markazlari hisoblangan Samarqand, Buxoro, Balx va Termiz kabi joylarni qo'lga kiritish uchun 
saljuqiylar, qoraxitoylar bilan ko'p bor urush harakatlari olib borilgan. 


Xususan, saljuqiylarning so'nggi podshohi Sulton Sanjar (1118-1157) Qoraxoniylarning 
Movarounnahrdagi hukmdori Arslonxon (1102-1130)ning zaifiashib qolganligidan va mahaliiy 
ruhoniylar fitnasidan foydalanib, Samarqand va uning atroflarini bosib oladi. Shundan so'ng, 
Qoraxoniylar sulolasiga mansub mahaliiy xonlar amalda Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladilar. Biroq ko'p 
o'tmay, bu hududlar sharqdan qayta bostirib kelgan Qoraxitoylar ta'siriga tushib qoladi. 
Faqat 1211—  yilga kelib, ya'ni so'nggi Xorazmshoh Alouddin Muhammad (1200-1220) davrida 
Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi rasmiy boshqaruviga butunlay barham beriladi. 
Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim o'zgarishlar yuz 
beradi. Birinchidan, Qoraxoniylar ollkani zabt etgach, bu yerda ko'p asrlardan buyon hukm surib kelgan 
yerga egalik qilishning muhim shakli -  dehqon mulkchiligini tugatib, bu mulklarni davlat tasarrufiga 
oladilar. Bu mulklar o'z navbatida qoraxoniylarga tobe bo'lgan sodiq amaldorlar, harbiy lashkarboshilar, 
davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. 
"Dehqon" tushunchasi shu vaqtdan boshlab, amalda, yerni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi 
ijtimoiy toifa maqomiga ko'chdi. 
Ikkinchidan,  Qoraxoniylar  davriga  kelib  уег-mulkka egalik qilishning "iqto"' va iqtodorlik 
munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar o'z tasarrufidagi hududlarda yashovchi aholidan 
olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar. Uchinchidan, O'rta Osiyo hududlarining 
Qoraxoniylar davlati tarkibiga o'tishi yerli aholi etnik tarkibida ham muhim o'zgarishlarni vujudga 
keltiradi. Qoraxoniylar hokimiyatining bu hududga yoyilishi, ayni zamonda, sharqiy hududlardan turkiy 
qavmlar, elatlarning bu yerlarga kelib, o'rnashib, o'troqlashuviga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bu esa, 
shubhasiz, o'zbek xalqining etnik shakllanish jarayoniga ta'sir etadi. Ayni chog'da turkiy tilning iste'mol 
doirasi to'xtovsiz kengayib bordi. 
Shu biian birga bu tiining mahalliy xalq, elatlarning adabiy tili sifatidagi mavqeyi va maqomi ham 
tarkib topib bordi. Go'zal va nafis qadimgi turkiy, ya'ni eski o'zbek adabiyotining yuksak badiiy 
namunalari hisoblangan Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylarning betakror 
ijodiyoti bunga yorqin dalil bo’la oladi. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish