• hamdo'stlik qatnashchilarining o'zaro aloqalari ular o'rtasidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar
hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muas-sasalar
orqali amalga oshiriladi;
• MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi
tuzilma ham emas;
• Xalqaro strategik barqarorlikni va havfsizlikni ta'minlash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning
birlashgan qo'mondonligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi;
• MDH ochiqdir, uning barcha a'zolari roziligi bilan sobiq SSSR ning a'zolari va boshqa davlatlar ham
unga qo'shilishi mumkin;
•
umumiy iqtisodiy makonni, umumiy bozorni vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga
sodiqlik tasdiqlanadi;
• MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to'xtatiladi;
• Hamdo'stlik qatnashchilari o'z Konstitutsiyalaridagi tartib, qoi-dalarga binoan sobiq SSSR ning
shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarini bajarilishiga kafolat
beradilar;
• MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalarigaog'ishmay rioya etish majburiyatini oladilar.
MDH kengashlarini tayyorlash bo'yicha ishchi guruhini tuzish to'g'risida protokol imzolandi. Shu
tariqa, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi tashkil topdi.
1993—yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo'ldi. Unda
MDHning Nizomi imzolandi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi.
1991-1999— yillarda MDH davlat bosliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo'lib, ularda hammasi
bo'lib iqtisodiy, ijtimoiy,
harbiy-
siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 gа yaqin masalalar
muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi.
Hamdo'stlik mamlakatlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan
mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog'ozda qolib ketdi. Bunga sabab
tomonlarning muammolarni yechishni istamayotganida emas, aksincha, o'zaro hamkorlik teng huquqli
asosda, har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan
bog'liq edi. O'tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi
yaratilmadi, o'zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi.
2001— yil 29-30-noyabrkunJari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga
bag'ishlangan yubiley sammiti bo'lib o'tdi. Sammit qatnashchilari Afg'onistondagi voqealar to'g'risida
bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baholandi.
Yubiley sammitida yana bir hujjat - MDH tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi.
Bayonotda 10 yil davomida rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta'kidlandi.
Hamdo'stlik barcha a'zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo'lida salohiyatga ega ekanligi,
undan foydalanish zarurati e'tirof etildi.
MDHnnig 10 yilik tarixi guyohlik beradiki, Hamdo'stlikning tashkil etilishi foydali bo'ldi.
Hamdo'stlik 10 yil oldin qanday kerakii tashkilot bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda ham shunday keraklidir.
Sobiq Ittifoq
parchalangach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog'langan iqtisodiyotini
to'ldirib turish zarur edi. Hamdo'stlik mana shuntday to'ldiruvchilik rolini bajardi, parchalanish jarayonida
nizo-janjal chiqishiga yo'l qo'ymadi..
Do'stlaringiz bilan baham: