Еkiston rеspublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi o`zb еkiston davlat jismoniy tarbiya instituti


 Mustaqillik yillarida ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyot



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#406722
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117
Bog'liq
pdffox.com maruza-matni

3. Mustaqillik yillarida ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyot 
Ma'naviy merosning tiklanishi va rivojlanishi  jamiyat ma'naviyati mamlakat barqa-rorligi va 
taraqqiyotinig muhim sharti va kafolatidir.  Biron-bir mamlakat o'z ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar 
ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg'otmay va 
mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko'tarila olmaydi. Shuning uchun  ham, jamiyat 
ma'naviyatini yuksaltirish O'zbekiston taraqqiyotining ustivor yo'nalishi deb belgilandi. 
Tarixdan ma'lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqin-chilar hujurriiga duchor bo'Igan, 
qaramlik va zulm ostida qoigan. Buning oqibatida, xalqimizning boy ma'naviy merosi, urf-odatlari 
qadrsizlanishga mahkum bo'Igan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy 
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma'naviy merosimiz qadrsizlan-tirildi, 
ko'plab masjid-u madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O'zbekiston 
davlat mustaqilligini qo'lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma'naviy merosimizni tiklash 
va rivojlantirish, jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Jamiyat 
ma'naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta'minlovchi ma'naviy-ma'rifiy islohotlarning yo'nalishlari beigikib 
olindi. 


"Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o'z yo'liga. Ularni hal qilish mimkin. Xalqning ta'minotini 
ham amallab turish mumkin. Ammo,  ma'naviy islohotlar -  qillik va mutelik iskanjasidan ozod bo'lish,  
qandi baland tutish, ota-bobolarimiz udunlarini tiklab, ularga munosibvoris bo'lish-bundan og'irroq va 
bundan sharafliroq vazifa yo'q budunyoda"  
Mustaqillik yillarida boy ma'naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga oshirildi. Milliy 
madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo'shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, 
Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xo'ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg'oniy, Ibn Sino, 
Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur vaboshqa ko'plab ajdodlarimizning milliy va ma'naviy 
merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat bo'yicha nishonlandi, ruhlari shod 
etildi, asarlari nashr etildi." Ularning ma'naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda 
ma'naviy kuch-qudrat bag'ishlamoqda, jamiyatimizni ma'naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 
Jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat 
hamda an'analar va muqaddas dinimizning o'rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq  o'z tarixini bilmay, 
asrlar osha yaratilgan ma'naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o'z kelajagini 
tasawur eta olmaydi. Shu bois, mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, 
haqqoniy yoritish, barcha o'quv maskanlarida Vatan tarixini o'qitish borasida muhim tadbirlar amalga 
oshirildi. 
O'zbek xalqi va o'zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy 
asosda yoritish vazifalari Prezident I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998—  yil iyun oyida 
bo'Igan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998—  yil 27-iyulda qabu! qilingan «O'zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to'g'ri-sida»gi qarorida 
belgilab berildi. 
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o'rganish masalalari partiyaviy, 
sinfiyyondashuvlardan, hukmron kommunistik mafkura ta'siridan xalos etildi. Necha 10 yillar davomida 
buzib ko'rsatilgan yoki so'z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik 
tamoyillari asosida yoritgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o'quv adabiyotlari yaratildi. 
Prezident Farmoni bilan 1996— yil Amir Temur yili deb e'lon qilindi. Amir Temur tavalludining 
660 yilligini nishonlashga bag'ish-langan tadbirlar O'zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakat-
larida o'tkazildi. UNESCO qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir 
Temurga bag'ishlangan madaniyat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab 
yashnashi» mavzusida  xalqaro konferensiya va ko'rgazmalar bo'lib o'tdi. Toshkent shahrida Amir 
Temurga haykal qo'yildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, lining nomi bilan bog'liq tarixiy 
yodgorliklar ta'mirlandi. 
1999— yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, 
xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000 yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular 
xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy 
g'ururni ko'ta-rishga xizmat qilmoqda. 
Vatanimiz ozodligi yo'Iida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosir va 
boshqa xalq jigarbandlarining nomi, hurmati o(z joyiga qo'yildi, asarlari chop etildi. Prezidentimiz islom 
Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish 
maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag'on qurbonlari xotirasi» muzeyi, fashizmga 
qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira 
maydoni» majmuasi barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani 
tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g'oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish