Qozog'istonning Qozog'iaton bilan hamkorligi.
Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatini ta'sis etish
to'g'risidagi shartnomaga qo'shilishi to'g'risidagi protokol, «YeOIHni ta'sis etish to'g'risidagi shartnomaga
o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida» qarorlar imzolandi.
YeOIH a'zo mammlakatlar o'rtasida integratsiyani rivojlanishiga, yagona umumiy bozorning
shakllanishiga, Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tarkib topishiga ko'maklashadi.
Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar o'rtasida ko'p tomonlama hamkorlik bilan birga ular
o'rtasida ikki tomonlama aloqalar ham yo'lga qo'yildi. O'zbekistonning Qozog'iston bilan ikki tomonlama
munosabatlari 1992— yil 24-iyunda Turkiston shahrida O'zbekiston Prezidentining Qozog'istonga rasmiy
davlat tashrifi paytida N.Nazarboyev bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O'zbekiston Rcspubtikasi
bilan Qoozog'iston Respublikasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma asosida
mustahkamlanib bormoqda. Qozog'iston Prezidenti N.Nazarboyev 3994— yil 10-12-yanvarda rasmiy
davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'ldi. Ikki Prezident O'zbekiston bilan Qozog'iston o'rtasida tovarlar,
hizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o'tib turishini nazarda tutuvchi hamda o'zaro
kelishilgan kredit-hisob- kitob, budjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta'minlash to'g'risida
shartnomani imzoladilar. 1998— yil 31-oktabrda O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida abadiy do'stlik
shartnomasi imzolangan.
O'zbekiston va Qozog'iston Prezidentlarining Toshkentda 2000— yil 20-21-aprel kunlari bo'Igan
uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag'ishlangan uchrashuvi bo'ldi. Muzokaralar
yakunida «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog'iston Respublikasi Prezidenti
N.A.Nazarboyevning qo'shma bayonoti» imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari
daxlsizligini ta'minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada
mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. «Davlat rahbarlari, - deyiladi qo'shma
bayonotda, - O'zbekiston Respublikasi bilan Qozog'iston Respublikasi o'rtasidagi chegara ikki davlat
qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do'stlik va yaxshi qo'shnichilik chegarasi bo'lib O'zbekiston va
Qirg'iziston aloqalari qolishda yakdildirlar». 2001— yil 16-17-noyabr kunlari O'zbekiston Prezidenti
Islom Karimov rasmiy tashrifbilan Qozog'istondabo'ldi. Ikki davlat Prezidentlari O'zbekiston-Qozog'iston
davlat chegarasi to'g'risida Shartnoma imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab
olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada
tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002— yil 9-sentabrda Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton
Nazarboyevning taklifiga binoan Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O'zbekiston-
Qozog'iston davlat сhegaralarming alohida uchastkalari to'g'risida bitim» imzolandi. Ikki mamlakat
o'rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o'z yechimini topdi. Ikki mamlakat
o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002— yilning birinchi yarmida 124 mln. AQSH dollarini tashkil
etdi. 2002— yilda O'zbekistonda 38 ta o'zbek-qozoq qo'shma korxonasi, Qozog'istonda 92 ta o'zbek-
qozoq qo'shma korxonasi faoliyat yuritdi.
O'zbekistonning Qirg'iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi O'zbekiston Respublikasi bilan
Qirg'iziston Respublikasi o'rtasida do'stlik, hamkorlik va o'zaro yordam haqida shartnoma asosida yo'lga
qo'yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg'iziston Prezidenti Askar Akayevning O'zbekistonga
rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992— yil 29-sentabrda I.Karimov va A.Akayev tomonidan
imzolangan edi.
I.Karimovning 1993— yil avgustida Qirg'izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O'sh
shahrida O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasida 1994-2000 yillarga mo'ljallangan iqtisodiy integratsiyani
rivojlantirish to'g'risida Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy
dasturlarni muvofiqlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga
qaratilgan. Ikki davlat o'rtasida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan va ta'lim, sport va
turizm bo'yicha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan.
1994— yil 16-yanvarda O'zbekiston Prezidenti I.Karimov Qirg'i-zistonda bo'ldi. Rasmiy tashrif
yakunida ikki davlat Prezidentlari tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o'zaro
kelishilgan kredit-hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona O'zbekiston va Tojikiston aloqalari va valyiita
siyosatini belgilovchi shartnomani imzoladilar. O'zbekiston va Qirg'izisgon o'rtasida 1994— yil uchun
savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniyat, sog'liqni saqlash, fan va ta'lim, sport va turizm bo'yicha
hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida ikki mamlakat
o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda. 2000— yilda O'zbekistonda 22 ta o'zbek-
qirg'iz qo'shma korxonasi, Qirg'izistonda 62 ta qirg'iz-o'zbek qo'shma korxonasi faoliyat yuritdi.
Tojikistonda 1992-1996- yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy
taraqqiyotiga salbiy ta'sir etdi, lining qo'shni mamlakatlar, jumladan, O'zbekiston bilan hamkorligiga ham
salbiy ta'sir etdi.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998-yil 4-yanvar kuni Tojikiston
Prezidenti Imomali Rahmonov O'zbekistonga amaliy tashrifbilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif
yakunlari bo'yicha qo'shma axborot imzoladilar. O'zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari sog'liqni
saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo'yicha hamkorlik to'g'risida
bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida yuk tashish hamda gaz yetkazib berish,
Tojikistonniig qarzi bo'yicha o'zaro hisob-kitob to'g'risidagi bitimlar ham imzolandi. O'zbekiston va
Tojikiston munosabatlari o'zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o'tdi. O'zbekiston bilan
Tojikiston o'rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997— yilda 50 mln. AQSH dollaridan oshdi, bu awalgi
yilga nisbatan 50 foiz ko'pdir. O'zbekiston Tojikiston hududidan o'tgan transport kommunikatsiyalaridan
foydalanmoqda. 2000— yilda O'zbekistonda 15 ta o'zbek-tojik qo'shma korxonasi, Tojikistonda 3 ta
o'zbek-tojik qo'shma korxonasi faoliyat yuritdi.
1991—yilda O'zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida O'zbekiston Respublikasi
bilan Turkmaniston Respublikasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida
shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz
bo'lib xizmat qilmoqda.
O'zbekiston Prezidenti I.Karimov 1996— yil 16-yanvar kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonda
bo'ldi. Chorjo'y shahrida O'zbekiston va Turkrnaniston aloqalari Ovbekistonning Yaqin va O'rta Sharq
mamlakatlari bilan hamkorligi S.Niyozov bilan I.Karimov o'rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari
o'rtasida muzokaralar bo'ldi. Prezidentlar O'zbekiston bilan Turk-maniston o'rtasida do'stlik, hamkorlik va
o'zaro yordam to'g'risidagi shartnomani, O'zbekiston bilan Turkmaniston o'rtasida davlat chegarasini
qo'riqlashda hamkorlik qilish to'g'risidagi va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha bitimlarni imzoladilar.
Ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida esa sarmoyalarni rag'bat-lantirish va o'zaro himoyalash, havo
yo'li, bojxona ishlarida hamkorlik va o'zaro yordam, uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy
yo'nalishlari, daromad va mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash,
sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to'g'risidagi 20 dan ziyod bitimlar imzolandi. 4.
O'zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan o'zaro manfaatli aloqalari O'zbekiston Respublikasi birinchi
nav-batda Yaqin va O'rta Sharq hamda arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosa-batlar o'rnatish va
rivojlantirishga kirishdi. Negaki, O'zbekistonning guruhi, dini, urf-odatlari va an'analari Osiyodagi
mamlakatlarga yaqindir.
1991— yil 16-19-dekabr kunlari I.Karimov boshliq O'zbekiston davlat delegatsiyasi
mamlakatimiz mustaqiUigini birinchi bo'lib tan olgan mamlakat - Turkiyadabo'ldi. Turkiya Prezidenti
Turg'ut O'zol, Bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar bilan amaliy
uchrashuvlar, suhbatlar bo'lib o'tdi. Safar chog'ida O'zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati
o'rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to'g'risida shartnoma, konsullik
vakolatxonalarini ayirboshlash to'g'risida Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to'g'risida
bitim, madaniyat, fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o'zaro hamkorlik to'g'risida
bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to'g'risida bitim, axborot ayirboshlash,
televidenie va radio eshittirish bo'yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va boshqa hujjatlar imzolandi.
O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi munosabatlar keyingi yil-larda ancha kengaydi. 1992— yil
28-aprel kuni O'zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada O'zbekiston elchixonasi ochildi va faoliyat
ko'rsatmoqda. Hamkorlikning yanada chuqurlashtirishda Turkiya davlati rahbarlari-Turg'ut O'zol,
Sulaymon Demirel, Tansu Chiller, Mesut Yilmazar, Ahmet Sezerlarning O'zbekistonga rasmiy tash-riflari
chog'ida imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik gazlama va
tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash, qo'shma korxonalar
qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda.
O'zbekistonda Turkiya sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiqroq qo'shma korxonalar Ьафо etildi.
1996— yil iyun oyida O'zbekiston avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi - "O'zavtosanoat"
Turkiyaning "KochXolding" konserni bilan Samarqand shahrida "SamKochavto" o'zbek-turk qo'shma
korxonasini barpo etish to'g'risida shartnoma tuzdilar. Tez oradabu qo'shma korxonabunyod etildi va
sig'imi o'rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha yuk ko'taradigan yuk avtomobillar yig'ish yo'lga qo'yildi.
Ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992- yilda 75 mln. AQSH dolJarini tashkil
etgan bo'lsa, 1998-yilda 275 mln. AQSH dollariga ko'paydi.
1992— yil 27-28-iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz
Sharifning O'zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o'rtasidagi aloqalarga asos soldi. Safar
kunlarida «O'zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o'rtasida davlatlararo
munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to'g'risida» shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi to'g'risida,
madaniyat, sog'liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm sport va ommaviy axborot sohasida
hamkorlik qilish to'g'risida bitimlar imzolandi.
O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi hamkorlikni O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning
1992— yil 13-14-avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va unda imzolangan hujjatlar yanada yangi
pog'onaga ko'tardi. lkki davlat o'rtasida suv resurslari, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya sohasida
hamkorlik qilish to'g'risida, pochta va telekommunikatsiya sohasida, davlat banklari va milliy banklar
o'rtasida vakolatxonalar ayirboshlash to'g'risida, investitsiyalar va sarmoyalarni himoya qilish to'g'risida
bitimlar imzolandi.
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxutto 1995— yil may va noyabr oylarida
O'zbekistonga ikki marta tashrif buyurdi.
Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va Markaziy Osiyo xavfsizligi, Afg'onistonda
birodarkushlik urushini to'xtatish masalalari bo'yicha fikr almashildi. Iqtisodiyot, sog'liqni saqlash, fan,
texnika, sayyohlikni rivojlantirish haqida bitimlar imzolandi.
O'zbekistonda Pokiston sarmoyalari ishtirokida 120 qo'shma korxona tuzilgan, Tabani, Merkuriy,
Metro, Laksan Taraka kabi 19 ta tirik firma va komnaniyalar fsoliyat ko'rsatmoqdalar. 1994-yilda
O'zhekiston va Pokiston o'rtasida tovar ayirboshlash hajmi 4,3 mln. AQSH dollarini lashkil etdi.
O'zbekistonPokistonga charm xomashyosi, pilla. shoyi matolar, shisha. billur, yengil sanoat uchun
mashina va uskunalar eksporl qilmokda. Pokistondan esa xalq iste'moli mollari, xususan, tayyor kiyimlar,
poyafzal, charm buyumlar, какао va shakar keltirilmoqda.
1992— yil 24-25-noyabr kunlari respublikamiz Prezidenti LKari-movning Eron Islom
Jumhuriyatiga rasmiy davlat tashrifi O'zbekiston va Eron o'rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi.
Safar chog'ida «O'zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Jumhuriyati o'rtasida davlatlararo
munosabatlarning asoslari to'g'risida» Deklaratsiya, havo transporti sohasidagi hamjihatlik to'g'risida
memorandum, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi hamjihatlik to'g'risida memorandum,
pochta, telefon va telegraf sohasidagi hamjihatlik to'g'risida memorandum, davlat Markaziy banklari
o'rtasida bitim imzolandi. 1993- yil 18-oktabrda Eron Prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniyning
O'zbekistonga rasmiy tashrifbilan kelishi ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga
ko'maklashdi. Safar chog'ida tranzit aloqalarni tartibga solish to'g'risida hamda xalqaro O'zbekiston bilan
Eron o'rtasidagi o'zaro aloqalar transport sohasida keng rivojlandi. 1006-yilda O'zbekiston Eron hududi
orqali 34 ming tonna yuk tashigan bo'lsa, 2001- yili lui korsatkich 487 ming tonnani tashkil etdi. 2001-
yili O'zbekiston hududi orqali Eronning 750 ming tonna tranzit yuki olib o'tildi. O'zbekiston yuklari
asosan Eronning Bander Abbos va Chobahor portlari orqali Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasiga
chiqarilmoqda. 2002 -
yil boshlarigacha Eron tadbirkorlari sarmoyalari ishtirokida mamlakatimizda 50 gа
yaqin Ovbekiston-Eron qo'shma korxonasi barpo etildi va ular asosan ishlab chiqarish bilan
shlug'ullanmoqda.
2002— yil 26-aprel kuni Eron Prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiyning O'zbekistonga qilgan
rasmiy tashrifi paytida O'zbekiston va Eron o'rtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa tortilishga yo'l
qo'ymaslik, daromad va sarmoya soliqlariga taalluqli ma'lumotlarni almashish, transport vositalari
haydovchilari uchun viza masalalarini yengillashtirish, O'zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilari va
tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog'-kon sanoati palatasi o'rtasida hamkorlik
to'g'risida hujjatlar ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini yanada boyitdi.
O'zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrifbilan Saudiya
Arabistoni, Misrda bo'ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari to'g'risida shartnomalar,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari imzolandi. Saudiya Arabistoni, Misr davlat va
hukumat vakillarining O'zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan hujjatlar esa davlatlararo
munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O'zbekistonlik yoshlar Kohira universitetida,
«Al-Azhor» va «Ayn Shams» universitetlarida, Misrliklar Toshkent texnika va agrar universitetlarida
tahsil ko'rmoqdalar. Toshkentda Misr Respublika-sining fan va ta'lim markazi faol ishlab turibdi.
1992— yilda O'zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik
tashkiloti (EKO)ga a'zo bo'lib kirdi.
O'zbekistonning yirik mamlakat - Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993— yil 23-25-
may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'ldi. Safar
kunlarida «O'zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o'rtasida davlatlararo munosabatlar va
hamkorlik prinsiplari to'g'risida» shartnoma, foyda va mulkka ikki yoqlama soliq solmaslik to'g'risida,
havo yo'llari to'g'risida va savdo-iqtisodiy hamkorlik to'g'risida bitimlar imzolandi.
O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1993— yil 17-19-avgust kunlari Hindistonga rasmiy tashrifi
chog'ida ikki mamlakat o'rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamkorlik to'g'risida bitim,
madaniyat, sog'liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish
to'g'risida bitim imzolandi. O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda.
1995— yil 25-avgust kuni Toshkent shahrida Hindistonning «TATA Projekt LTD» firmasi tomonidan
qurib bitkazilgan 600 o'rinli salomatlik zali, majlislar xonasi, servis xizmati, yer osti garaji, sauna, barlari,
katta restoranlari bo'lgan zamonaviy mehmonxona-ning ochilishi fikrimizning dalilidir.
Ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik munosabatlarini Tslom Karimovning 2000— yil l-3-may kunlari
Hindistonga qilgan safari yanada yuqori pog'onaga ko'tardi. Safar paytida O'zbekiston Prezidenti
Hindiston Prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borib, iming yakunida 10 ga yaqin hujjatlar
imzolandi. Ular orasida xalqaro jinoyatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-
yarog' kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasida
hamkorlik to'g'risida Qo'shma bayonot, jinoyat-qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya
to'g'risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, iqtisodiy, madaniy, ta'lim, axborot, bojxona
sohalari bo'yicha hamkorlik qilish bo'yicha hujjatlar imzolandi.
O'zbekiston va Hindiston o'rtasida o'zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin
hujjatlar qabul qilingan. O'zbekistonda 2000— yilda Hindiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 30 ga
yaqin qo'shma korxona faoliyat ko'rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |