Vakolatli organlar
1.2 rasm. Vakolatli davlat o’rganlari
Yuridik shaxslarni davlat byudjeti bilan o’zaro moliyaviy munosabatlarini tashkil qilishda soliqlar alohida o’ringa egadir. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar vositasida yuridik shaxslarning daromadlari davlatning markazlashtirilgan pul fondlariga mobilizatsiya qilinadi. Soliq majburiyatini bajarish bevosita soliq to’lovchi tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik shaxsning alohida bo’linmalari bo’yicha soliq majburiyati mazkur alohida bo’linmalar tomonidan, agar ularga alohida mol-mulk ajratilgan bo’lsa va ular mustaqil balansga ega bo’lsa, mustaqil ravishda belgilanadi. Soliq solish – yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qat`i nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |