2.2 O’zbekiston Respublikasi norezidentlaridan qanaday soliqlar olinadi ?
O`zbekiston Respublikasi norezidentlarining to`lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
1. dividendlar va foizlar;
2. ushbu Kodeksning 157-moddasiga muvofiq belgilanadigan, oddiy shirkat shartnomasi asosida birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;
3. O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
4. O`zbekiston Respublikasi norezidentiga tegishli tovarlarni O`zbekiston Respublikasi norezidentining o`zi yoxud O`zbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasи asosida O`zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
5. royalti;
6. ushbu Kodeksning 134-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, O`zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga topshirishdan olinadigan daromadlar;
7. tavakkalchiliklarni sug’urta qilish, birgalikda sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish shartnomalarи bo`yicha to`lanadigan sug’urta mukofotlari;
8. o`tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnitli tizimlar orqali belgilar, signallar, matnlar, tasvirlar, tovushlarni uzatganlik, qabul qilganlik va qayta ishlaganlik uchun O`zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O`zbekiston
Respublikasi norezidentlariga haq to`lanishini nazarda tutuvchi xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar xizmatlariga to`lov;
9. Dengiz, daryo va havo kemalaridan, temir yo`l yoki avtomobil' transporti vositalaridan xalqaro tashishlarda foydalanishdan olinadigan daromadlar;
10. Xalqaro tashishlarda va O`zbekiston Respublikasi hududidagi tashishlarda transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko`rsatishdan olinadigan daromadlar;
11. O`zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar hamda penya;
11-1) tekinga olingan mol-mulk;
12. O`zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan O`zbekiston Respublikasi hududida ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatishdan olingan boshqa daromadlar.
O`zbekiston Respublikasi norezidentining O`zbekiston Respublikasidagi manbalardan olgan daromadlariga quyidagilar kirmaydi:
“O`zbekiston Respublikasi norezidentining, faqat shu norezident nomidan amalga oshiriladigan va faqat tovarlar xarid qilish (olish), shuningdek tovarlarni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish bilan bog’liq tashqi savdo operatsiyalari (shu jumladan tovar ayirboshlash operatsiyalari) bo`yicha olingan daromadlari;
“Banklarning - O`zbekiston Respublikasi rezidentlarining vakillik hisob varaqlarini ochish va yuritish hamda ular bo`yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bog’liq xizmatlar ko`rsatishdan, shuningdek xalqaro to`lov kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
“O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlardan olinadigan daromadlar mustasno.
Daromadni to`lash deganda naqd pulli va (yoki) naqd pulsiz shaklda pulni, qimmatli qog’ozlarni, ishtirok etishdagi ulushni, tovarlarni,mol-mulkni berish, ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatish yoki O`zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar to`lash bo`yicha O`zbekiston Respublikasi norezidenti oldidagi qarzdorlikni uzish hisobiga amalga oshiriladigan, daromad oluvchining O`zbekiston Respublikasi norezidentining qarzi talabini hisobdan chiqarish yoki hisobga olish tushuniladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasi daromadni O`zbekiston Respublikasi norezidentiga to`lash sanasida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo`yicha hisoblab chiqariladi.
Sug’urta badallaridan olingan daromadlar bo`yicha soliqlarning to`langan summalari sug’urta hodisasi yuz berganda qayta ko`rib chiqilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining norezidenti O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq soliqlar bo`yicha imtiyozdan foydalanish uchun O`zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organiga chet davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan, O`zbekiston Respublikasi soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomaga ega bo`lgan davlatda mazkur shaxsning doimiy joylashgan joyi (rezidentligi) borligini tasdiqlovchi rasmiy tasdiqnomani taqdim etishi shart.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasini kamaytirish yoki yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to`lashdan ozod qilish to`g’risidagi ariza O`zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organiga ilova xat va O`zbekiston Respublikasi norezidenti O`zbekiston Respublikasidagi manbadan daromad olayotgan shartnomaning nusxasi bilan birga beriladi. Bunday ariza davlat soliq xizmati organiga O`zbekiston Respublikasi norezidentining vakolatli shaxsi tomonidan berilganda ishonchnoma taqdim etilib, mazkur vakolatli shaxs arizani shu ishonchnoma asosida taqdim etadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasini kamaytirish yoki yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’iini to`lashdan ozod qilish to`g’risidagi qaror O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi tomonidan ariza topshirilgan paytdan e`tiboran o`ttiz kun ichida qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |