X = FP · SFM
Bunda: FP – fotosintetik potensial ming yoki mln.m2 kun/ga, SFM – sof fotosintez mahsuldorligiga, g/m2 - kun.
Fotosintetik potensial quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
FP = Sy · T
Bunda: Sy – o’suv davrning boshlanishi va oxirida bargning yuzasi, ming, m2/ga, T – davrning davomiyligi, kun.
Barglarning o’rtacha yuzasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Bunda S1 va S2 – davrning boshlanishi va oxirida bargning yuzasi ming m2/ga.
SHunday qilib:
X = SuT · SFM
TSenozning asosiy ko’rsatkichlari hosildorlik singari 1 m2 yoki 1 gektarga hisoblab chiqiladi. Barglar yuzasi ham ming m2/ga hisobida bo’ladi. Bulardan tashqari barg yuzasi indeksi ham qo’llaniladi.
Assimilyasiya yuzasining asosiy qismini barglar yuzasi tashkil qiladi va ularda fotosintez amalga oshadi. Fotosintez poyalarda, qiltiqlarda, boshoq qipiqlarida, yashil mevalarda va boshqa organlarda ham sodir bo’lishi mumkin, ammo umumiy fotosintezda ularning salmog’i juda kam. ekinzorlarni bir-biri bilan solishtirish hamda ekinzorning o’zgarib turadigan barg yuzasini "assimilyasiya yuzasi" deb atash qabul qilingan.
Barglarning yuzasi ekinzorda asta-sekin oshib boradi. Dastlab barg yuzasi sekin (maysalashda) keyin tez (tuplanish, naychalash) oshadi va boshoqlash fazasidan keyin pastki barglarning sarg’ayishi va nobud bo’lishi bilan kamayib boradi, O’suv davrining oxirida yashil barglar o’simlikda bo’lmaydi (donli ekinlar).
Barglar yuzasi ekinlarda o’sish sharoitiga, qo’llanilgan agrotexnikaga bog’liq holda o’zgarib boradi. ekinzorda qurg’oqchilik yillari barg yuzasi 5...20 ming m2/ga, namlik va azotli oziqlanish yetarli bo’lganda 70 ming m2/ga gacha ortishi ham mumkin. ekinzorda barg indeksi 4...5 (4-5 m2/m2)ga teng bo’lganda fotosintez tizimi optimal rejimda ishlaydi va eng ko’p FAR yutiladi. Barglar yuzasi kam bo’lganda FAR barglar yuzasi bilan kam ushlanib qoladi. Optimal barg yuzasi 50 ming m2/ga dan oshganda pastki barglar soyalanib qoladi, ularning fotosintezda ishtiroki kamayadi va hatto yuqorigi barglar pastkilarini «boqadi».
Eng ko’p barg yuzasi ko’ng’irboshsimonlarda boshoqlash, gullash, donning sut pishish, dukkakli don ekinlarida dukkaklarning yuqorigi yaruslarda hosil bo’lishi davrida, ko’p yillik o’tlarda gullash fazasida kuzatiladi. Oziqa ekinlarida barglar oziqa massasining asosiy qismini tashkil etadi, ularda barg yuzasi 60-80 ming m2/ga ga yetishi mumkin.
Fotosintetik potensial (FP) barglarning yuzasi va ularning faoliyat ko’rsatish davrining davomiyligiga bog’liq bo’ladi. Fotosintetik potensialni har 10 kunda, bir oyda yoki rivojlanish fazalari oralig’ida aniqlash mumkin. Bu ko’rsatkichni dastlabki aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi. Misol uchun, barglarning FPi dastlabki aniqlanishda 20 ming m2/ga, 10 kun o’tgach aniqlanganda 30 ming m2/ga, o’n kun ichida FP (20 + 30) / 2 x 10 = 250 ming m2/ga ni tashkil etadi. O’suv davri 100...110 kun bo’lsa fotosintetik potensial o’suv davrida 2,0...2,5 mln.m2-kun/ga tashkil etadi. O’zbekiston sharoitida kuzgi bug’doy sug’oriladigan yerlarda 3...4 mln. m2-kun/ga FP hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |