Fotosintezni cheklovchi omillar. Hosil biomassasi X = FP x SFM iborat bo’lib, FP va SFM to’g’ri proporsional. Ammo ular omillar ta’siri ostida turli darajada o’zgaradi. Fotosintez sof mahsuldorligi sekin o’zgaradigan konservativ ko’rsatkichdir. O’simlikning o’sishi uchun zarur omillar oziqlantirish, suv ta’minoti va boshqalar yaxshilansa o’sish jarayoni jadallashadi, barglar yuzasi kattalashadi. SFM begona o’tlar yo’qotilganda, retardantlar qo’llanilganda, chekanka qilinganda, kasalliklar, zararkunandalarga qarshi kurashilganda ham ortadi.
Tik bargli, arxitektonikasi yangicha genotipli intensiv tipdagi yangi navlarni yaratish ham SFM ni oshiradi.
Madaniy o’simliklarda fotosintez S3 tipida o’tganda SO2 konsentrasiyasi ortishi, yorug’likka to’yinishi bilan fotosintez jarayoni kuchayadi. YOrug’likka to’yinish to’la quyosh yorug’ligi 50 % ga yetganda kuzatiladi. SHu bilan birgalikda fotosintez jarayonida fiksasiya qilingan uglerodning 15-30 % qismi fotonafas olishga sarflanadi.
Fotosintez S4 tipida o’tadigan o’simliklarga shakarqamish, makkajo’xori, oq jo’xori, tariqning ayrim turlari, gultojixo’roz kiradi. Ularda yorug’lik bilan to’yinish va sezilarli fotonafas olish kuzatilmaydi. Hamda SO2 kompensasiya nuqtasi juda past. SHuning uchun SFM S4 o’simliklarda S3 o’simliklarga nisbatan juda yuqori, ayniqsa, barg yuzasi katta bo’lganda.
So’nggi yillarda aniqlanishicha bo’yi past, barglari poyaga nisbatan o’tkir burchak ostida joylashgan navlarda SFM yuqori bo’lishi aniqlangan. Qand lavlagida barglarning voronkasimon bo’lib joylashishi ham ular SFM ni oshiradi.
O’simlik navlarida barglarda hosil bo’lgan oziqa moddalarni generativ organlarga tez, jadal o’tkazishi ham muhim jarayon hisoblanadi.
Biomassa hosilini oshishida FP va SFM ning ahamiyati bir xil qimmatga ega. Hosildorlikni 2 baravar oshirish uchun FP yoki SFM ni ikki marta oshirish kerak. Sug’orish, o’g’itlash, qator oralarini ishlash va boshqa agrotexnik uslublar barg yuzasining keskin ortishiga, ular faoliyat ko’rsatish davomiyligining uzayishiga olib keladi. Bunday holda fotosintetik potensial (FP) ortadi, ammo SFM kamayib borishi mumkin. Tadqiqotlarda hosildorlik bilan FP va SFM o’rtasida kuchsiz korrelyativ bog’lanish bo’lib, salbiy (teskari) yo’nalishga ega.
YUqori hosil olish uchun ekinzorda yetarli darajada fotosintetik potensial hosil qilinishi kerak. Kechpishar navlar nisbatan yuqori FP hosil qiladi, ertapishar navlar uchun FP ... 1,5...2 mln. m2 kun/ga, o’rtapishar navlar uchun 2,5...3, kechpishar navlar uchun 3...5 mln.m2 kun/ga bo’lishi talab qilinadi.
Bitta nav doirasida FPni oshirish barglar yuzasini va uning maksimal ko’rsatkichini ko’paytirishga asoslanadi. Tup qalinligi ham FPni boshqarishning muhim omillaridan biridir. Ammo tup qalinligini juda oshirish o’simliklarning bir-birini soyalashiga va SFMning kamayishiga, reproduktiv organlarning kam hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
O’zbekistonda ekilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarining navlari yuqori potensial hosildorlikka ega, lekin bu imkoniyat ekin o’stirishdagi noqulay omillar tufayli, FP shu nav, mintaqa uchun xos optimal kattalikka yetmasligi tufayli foydalanilmaydi. Odatda ekinlarning dastlabki rivojlanish fazalarida barglar yuzasi sekin kattalashadi, optimal barg yuzasi qisqa davr mobaynida faoliyat ko’rsatadi.
Barg yuzasining sekin ortishi ayniqsa, o’simliklar siyrak bo’lgan ekinzorlarda mutlaqo maqsadga muvofiq emas, sababi FAR foydalanish uchun zarur bo’lgan vaqtdan samarasiz foydadanishga olib keladi.
Barg yuzasining ortishi juda tez sodir bo’ladigan (tup qalinligi yuqori) bo’lsa xo’jalik jihatdan qimmatli boshoq, dukkaklar, so’talarning shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’g’itlash va sug’orish bir paytda amalga oshirilganda o’sish jarayonlarini shunday kuchaytiradiki, natijada barglar yuzasi optimal ko’rsatkichdan yuqori bo’ladi. Bu hol yorug’lik rejimining buzilishiga, generativ organlar rivojlanishining sekinlashishiga sabab bo’ladi.
Ekinzorda suv yetishmaganda barglar yuzasi va FP hamisha past bo’ladi. Bunday sharoitda yuqori miqdordagi ma’danli o’g’itlarni qo’llab mo’l hosil olib bo’lmaydi. Bunday holda namlik cheklovchi omil bo’lib xizmat qiladi.
YUqori hosil olish uchun namlik bilan bir qatorda ma’danli oziqlanish ham muhim ahamiyatga ega. Ma’danli o’g’itlarni ayniqsa, azotni ko’p qo’llash o’simlikning shiddat bilan o’sishiga, barg yuzasining optimal kattalikdan ham oshib ketishiga, o’simliklarning yotib qolishiga, fotosintez jarayoni ko’rsatkichlarining pasayishiga olib keladi. Namlikning va azotli oziqning ko’p bo’lishi bug’doy hosilida don hissasi kamayib somon miqdori ortishiga olib keladi.
Juda ko’p navlar seleksiya jarayonida suv ta’minoti va tuproq unumdorligi cheklangan sharoitda yaratilib, bu ko’rsatkichlar (fon) yaxshilanganda kuchli o’sish xususiyatiga ega qilib yaratilgan. Bu foydali xususiyat yuqori me’yorlarda o’g’it, suv yetarli sharoitda qo’llanilsa salbiy natija berishi mumkin (yotib qoladi).
O’simlikning suv ta’minoti va ma’danli oziqlanishini muqobillashtirib, o’sish jarayonlarini va fotosintezni boshqarish usullari mavjud:
-o’suv davrining ikkinchi yarimida suv ta’minotini chegaralash;
-ma’danli oziqlantirishni optimallashtirish;
-mikroo’g’itlardan samarali foydalanish;
-qirqish, shakl berish, chekanka yo’li bilan hosil elementlarining shakllanishini boshqarish;
-fiziologik faol moddalar (retardantlar, o’sish regulyatorlari) dan foydalanish.
Fotosintez mahsuldorligini oshirishda, yangi navlarda foydali hosil (don, ildizmeva, tuganak qismi) ko’p, vegetativ organlarining kam bo’lishi, nisbatan past bo’yli, barglarda hosil bo’lgan assimilyatlarni hosil elementlariga tez o’tkazish talab qilinadi.
Hosilning shakllanish jarayoni bosqichlarga bo’linadi. Dukkakli don ekinlarida boshlang’ich (ekish-unib chiqish) va oxirgi (pishish) bosqichlari bor. Oxirgisida fotosintez bo’lmaydi. O’simliklarning maysalanishdan pishishigacha biologik davri farqlanadi:
-maysalash-gullashning boshlanishi;
-gullash va mevalarning hosil bo’lishi;
-mevalarning o’sishi;
-donning to’lishi;
Birinchi davrda barglar va FP oshib boradi. Ikkinchisida – barg yuzasi va FP maksimal ko’rsatkichga yetadi. Uchinchi davrda barglar asta-sekin kamayib boradi, ammo hali yuqori darajada bo’ladi, biomassa oshib boradi. To’rtinchi davrda o’simlik uchinchi davrda to’plagan mevalar va urug’lar soniga bog’liq holda fotosintez o’tadi. Bu davrda donlar to’lishadi, barglar, poyalar, ildizlar, dukkaklarning po’stidagi plastik moddalar urug’larga o’tadi.
Urug’lar, mevalar ko’p bo’lsa to’rtinchi davrda o’simlikni faol ravishda fotosintez jarayonini o’tkazishga majbur qiladi. To’rtinchi davrda 1000 urug’ massasi, hosildorlik va oqsil hosili ko’rsatkichlari shakllanadi.
Ekinzorda uchinchi va to’rtinchi davrlarda fotosintez tizimi faol faoliyat ko’rsatadi va bu davrlar davomiyligi birinchi davr davomiyligiga teng bo’lsada, umumiy biomassaning 60...70 % i to’planadi.
SHunday qilib, ekinzordagi hosil va uning sifati o’suv davridagi fotosintetik tizimning faoliyatiga ko’p jihatdan bog’liq.
Ekish. Urug’larni ekishga tayyorlashda serhosil, kasallik, zararkunandalar va tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli, davlat reyestriga kiritilgan navlarning urug’lari tanlanadi. Urug’lar ekishdan oldin tozalanadi, saralanadi, fitosanitar holati yaxshilanadi va Davlat andozasi talabiga javob beradigan holatga keltiriladi.
O’zbekiston sharoitida ekinlar bahorda, yozda, kuzda, qishda ekilishi mumkin. ekish muddatlari ekin turi, navi, ekilish maqsadi va biologiyasiga bog’liq bo’ladi. Tur, nav, duragay biologik xususiyatlaridan kelib chiqib har bir tuproq –iqlim mintaqasi uchun eng maqbul ekish muddatlari aniqlanadi.
Uzun kunli donli ekinlar urug’lari 1-2 0S haroratda una boshlaydi, maysalari 3-8 0S sovuqqa bardosh beradi. Bu o’simliklar erta bahorda ekilishi mumkin.
Kuzgi ekinlar tuplanish fazasida past haroratga chidamli bo’ladi. SHuning uchun ular shunday muddatda ekilishi kerakki, doimiy sovuqlar tushguncha ular tuplanib olishlari kerak. Kuzgi ekinlar qish tushguncha 40 –60 kun qolganda, O’zbekiston sharoitida sentyabrining oxiri oktyabr oyida ekilishi tavsiya etiladi.
Qisqa kun o’simliklari issiqsevar, urug’lari 8-12 0S unib chiqadi, maysalari – 1 0S sovuqda nobud bo’ladi. Bu ekinlarni ekishda tuproq harorati shuningdek kalendar muddatlar hisobga olinadi.
Lalmikorlikda ekish muddatlari tuproqdagi namlikka, yog’ingarchiliklarning boshlanishiga bog’liq holda belgilanadi.
Ekish usuli, me’yori ekindan olinadigan mahsulot turiga bog’liq bo’ladi. Bitta ekinning o’zi don, urug’ yoki ko’k massa uchun ekilishiga qarab turli me’yorda, qalinlikda ekiladi.
Ekish muddatlari tuproqning mexanik tarkibi, sizot suvlarining joylashish chuqurligiga bog’liq holda o’zgarishi mumkin. Mexanik tarkibi yengil, qumoq tuproqlar tez isiydi, loy tuproqlar aksincha sekin isiydi, sizot suvlar uzoq joylashgan tuproqlar tez yetiladi, yaqin joylashgan tuproqlar kech yetiladi. SHunga ko’ra bir xo’jalikning o’zida ham ekinlar dala sharoiti hisobga olinib turli muddatlarda ekilishi mumkin.
Ekinlar keng qatorlab, tor qatorlab, qatorlab, yoppasiga, lenta usulida, qo’shib ekilishi mumkin. ekish usullari ekinning turi, navi, biologik xususiyatlari, ekilish maqsadi, dalaning begona o’tlar bilan ifloslanishi hisobga olinib belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |